Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

 
yoshdan 10 yoshgacha: asosiy faoliyat − 
o’qish; 
5) kichik o’smirlik davri − 10 yoshdan 15 yoshgacha: asosiy faoliyat − 
shaxsning intim muloqoti; 
6) katta o’smirlik yoki ilk o’spirinlik davri − 16 yoshdan 17 yoshgacha: 
asosiy faoliyat − o’qish, kasb tanlash. 
D.B.Elkonin tasnifini, ko’pchilik psixologlar ma’qullashiga qaramay, unda 
ayrim munozarali jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.Elkoninning mazkur 
nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa rivojlanish psixologiyasida muhim o’rin 
tutadi. 
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A.Lyublinskaya inson 
kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiya, faoliyat nuqtai 
nazaridan unga yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: 
1. Chaqaloqlik davri − tug’ilganidan bir oylikkacha. 
2. Kichik maktabgacha davr − 1 oylikdan 1 yoshgacha. 
3. Maktabgacha tarbiyadan oldingi davr − 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
4. Maktabgacha tarbiya davri − 3 yoshdan 7 yoshgacha. 


83 
5. Kichik maktab yoshi davri −7 yoshdan 11 (12) yoshgacha. 
6. O’rta maktab yoshi davri (o’smirlik) − 13 yoshdan 15 yoshgacha. 
7. Katta maktab yoshi davri − 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyandasi V.A.Kruteskiy insonning 
ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi: 
1. Chaqaloqlik (tug’ilganidan 10 kunlikkacha). 
2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha). 
3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha). 
4. Bog’chagacha yoshi (3 yoshdan 5 yoshgacha). 
5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha). 
6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha). 
7. O’smirlik (11 yoshdan to 15 yoshgacha). 
8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15−18 yosh). 
Har ikkala tasnif ham puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan 
yondashilganidan qat’i nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi. 
Mazkur nazariyalar insonning shaxs sifatida shakllanishi bosqichlari haqida 
ko’proq ma’lumot beradi, xolos. Ularda yoshlik, yetuklik, qarilik davrlarining 
xususiyatlari, qonuniyatlari to’g’risida nazariy va amaliy ma’lumotlar yetishmaydi. 
Shunga qaramay, ular o’rta maktab pedagogik psixologiya fani uchun alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
XXI asr psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, 
shaxsning tarkib topishiga sosial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, yosh 
davrlarining o’ziga xos tasnifini yaratdi. A.V.Petrovskiygacha psixologlar 
shaxsning bir tekis kamol topishini o’rgangan bo’lsalar, u shaxs shakllanishining 
prososial (ijtimoiy qoidalarga muvofiq) va asosial (aksilijtimoiy) bosqichlari ham 
bo’lishi mumkinligini isbotlab berishga harakat qiladi: shaxsning kamol topishi 
uchta makrofazadan iboratligini qayd etib, birinchisi − bolalik davriga to’g’ri 
kelishini, unda ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptasiya) ro’y berishini; 
ikkinchisi − o’smirlarga xos individuallashish; uchinchisi − o’spirinlikda, ya’ni 
yetuklikka intilish davrida o’ziga xos holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) 
xususiyatlari paydo bo’lishini bayon qiladi, shaxsning shakllanishi quyidagi 
bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi: 
1. Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oldingi davr) − tug’ilganidan 3 
yoshgacha. 
2. Bog’cha davri − 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshi davri − 7 yoshdan 11 yoshgacha. 
4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri − 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri − 15 yoshdan 17 yoshgacha. 


84 
A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsa-da, kamolotning oraliq 
bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi. Vaholanki, o’sish 
ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksilijtimoiymi, baribir, har ikki yo’nalishning 
ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan holi emas. Lekin bu g’oyani chuqur 
ifodalab berish joiz.
D.I.Feldshteyn tasnifi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa-
da, A.V.Petrovskiy tasnifidan keskin farq qiladi. Uning fikricha, inson shaxs 
sifatida shakllanishda ikkita katta bosqichdan o’tadi, ulardan biri − “Men jamiyat 
bilan” nuqtai nazardan iborat bo’lib, quyidagi yosh pallalarini qamrab oladi: 1) ilk 
bolalik − 1 yoshdan 3 yoshgacha; 2) kichik maktab yoshi davri − 6 yoshdan 9 
yoshgacha; 3) katta maktab yoshi davri − 15 yoshdan 17 yoshgacha. 
Shaxs kamolotidagi ikkinchi nuqtai nazar − “Men va jamiyat” deb nomlanib, 
quyidagi yosh bosqichlaridan iborat: 1) go’daklik − tug’ilganidan 1 yoshgacha; 2) 
maktabgacha davr − 3 yoshdan 6 yoshgacha; 3) o’smirlik − 10 yoshdan 15 
yoshgacha. 
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli ravishda o’smirlik davrini 
uch bosqichga ajratadi: birinchi bosqich (10−11 yosh) o’ziga munosabatni kashf 
qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida his qilish va qat’iy qarorga kelish bilan 
yakunlanadi. Ikkinchi bosqich (12–13 yosh) bir tomondan o’zini shaxs sifatida tan 
olish, ikkinchi tomondan o’ziga salbiy munosabatda bo’lishdir. Uchinchi bosqich 
(14–15 yosh) tezkorlik, o’zini o’zi baholashga moyillik bilan farqlanadi. 
Bolalarda “Men jamiyat bilan” nuqtai nazari ilk bolalik, kichik maktab 
yoshi, katta maktab yoshi davrlarida faol va keng tus oladi, faoliyatning amaliy-
predmetli jihatlari jadal o’sish jarayonida bo’ladi. Ularda “Men va jamiyat” nuqtai 
nazari vujudga kelishi maktabgacha va o’smirlik dvvrlariga to’g’ri kelib, ularning 
ijtimoiy xatti-harakat majburiyatlarini, qoidalarini o’zlashtirishlari va boshqa 
shaxslar bilan munosabat o’rnatishlari, o’zaro muloqotga kirishishlari bilan 
ifodalanadi. Ana shu murakkab ijtimoiy-psixologik harakatlarga asoslangan 
D.I.Feldshteyn bolaning ijtimoiy o’sishdagi jamiyatga munosabatini asosiy (bosh) 
va oraliq munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga munosabatning shakllanishi 
ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir davrdan 
ikkinchi davrga o’tish orqali amalga oshadi. Asosiy (bosh) munosabat − insonning 
kamol topishida keskin siljish nuqtalari paydo bo’lishi, ichki sifat o’zgarishlari 
vujudga kelishi va yangi xislatlar tarkib topishining mahsulidir. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, D.I.Feldshteynning yosh davrlariga ajratish 
nazariyasi rivojlanishdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash 
imkoniyatiga ega emas, ammo u ta’lim-tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta’sir 
ko’rsatishi bilan amaliy ahamiyat kasb etadi. 


85 
Umuman psixologlar tomonidan rivojlanishni davrlarga tabaqalashtirishning 
puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. 
Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa bo’lib qo’shildi, amaliy va 
nazariy muammolarni hal qilishda keng qo’llanmoqda. Ammo hozir rivojlanishni 
to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug’ildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin