4-ma’ruza. O‘smirlik davrida
psixik rivojlanish xususiyatlari.
1.O‘smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma.
2.Psixologiyada o‘smirlik tadqiqotlari. O‘smirlikda “kattalik” va
“bolalik” dialektikasi.
3.Yosh chegaralari. O‘smirlik inqirozi. O‘smirlik davrida faoliyatning
asosiy turlari.
4.Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot. Intellektual qiziqishlar va
nazariy tafakkur elementlarini shakllanishi.
5.O‘smir shaxsini xususiyati. Kattalik ko‘rinishlari.
6.O‘zini
o‘zi anglashni shakllanishi. Psixoseksual rivojlanish.
Identiklikni shakllanishi.
Hozirgi davrda o’smirlarni voyaga yetkazishning o’ziga xos xususiyatlari,
qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga
kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
o’smirlarni kamol toptirishda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda
ta’limiy-tarbiyaviy
tadbirlarni
qo’llash
shaxslararo
munosabatda
anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq psixologik
muhitni yaratadi.
Turg’unlik yillaridagi so’z bilan ishning nomuvofiqligi", axloq tarbiyasidagi
qo’pol xatolar o’smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Insonning
ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish
harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oyat jiddiy tus
oldi. O’smirlik davri taqlidchanligi, muqim nuqtai nazarning shakllanmaganligi,
hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga
beriluvchan o’smir o’g’il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur.
O’smirlar muammosiga e’tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari:
1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san’at va adabiyot,
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotgani;
2) ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o’smirlar ongliligi
darajasining ko’tarilgani;
86
3) o’g’il va qizlarning dunyo voqyealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan,
tarixdan yetarli darajada xabardorligi;
4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani;
5) o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal
tarbiyaga alohida yondashish zarurligi;
6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy
hayotga chuqur kirib borayotgani;
7) o’quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi
boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.
O’smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko’chish jarayoni sodir
bo’ladi. O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham
burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda o’quvchi bilan
o’qituvchining muloqotida, kattalar bilan o’smirlarning muomalasida qat’iy
o’zgarishlar vujudga keladi. Bu o’zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug’iladi.
Bular avvalo ta’lim jarayonida ro’y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon
qilish shakli, uslubi va usullari o’smirni qoniqtirmay qo’yadi. O’qituvchining
yangi mavzuni batafsil tushuntirishi, darslar ma’ruza shaklida olib borilishi
o’quvchilarni zeriktiradi, ularda o’qishga loqaydlik tug’iladi. Ilgari o’quv
materialini ma’nosiga tushunmay yodlab olishga odatlangan o’smir endi zarur
o’rinlarni mantiqiy xotira va tafakkurga suyangan holda o’zlashtirishga harakat
qiladi, o’zlashtirilgan bilimlarni talab qilinganda o’quvchi bilan o’qituvchi
o’rtasida anglashilmovchilik paydo bo’ladi, tahsil oluvchi unga qarshilik ko’rsata
boshlaydi.
Odobli, dilkash o’smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo’pol, serzarda
bo’lib qoladi. Kattalarning yo’l-yo’riqlariga, talablariga muloyimlik bilan javob
qaytarib yurgan o’smir ularga tanqidiy munosabatda bo’ladi. Uning fikricha,
kattalarning talablari, ko’rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, yetarli
obyektiv va subyektiv omillarga ega bo’lishi kerak. O’smirda shaxsiy nuqtai
nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o’qituvchining qayg’urishi,
koyishiga qaramay, o’zining fikrini o’tqazishga harakat qiladi. Uning o’z qadr-
qimmati haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan
uzoqlasha boshlaydi, u ayrim ma’lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan
bo’lib qoladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatning ajralmas qismiga aylanadi.
O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar tajribasiz o’qituvchi yoki ota-onani qattiq
tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o’quvchiga munosabatini
o’zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar, nizolar kelib
chiqadi.
Ayrim pedagoglar o’smirlik davri inqirozi to’g’risida kuyinib gapiradilar,
ba’zi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga
87
intiladilar. Aslida esa o’smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo’l
qo’yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab
chiqa olmaydilar.
Bu masalaga to’g’ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda asoslab berilgan
va o’smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko’ra, kattalar bilan
o’smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to’g’riroq bo’ladi, deb xulosa
chiqarilgan.
Xo’sh, o’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch nima?
O’smirning psixik o’sishini harakatga keltiruvchi kuch – uning faoliyatini vujudga
keltirganligi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-
qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Mana shu dialektik qarama-
qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy imkoniyatlar bilan
barqarorlashgan stereotipga aylangan tashqi olamni aks ettirishning shakllari
o’rtasida sodir bo’ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni,
psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o’smir
shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo’qotish
mumkin. Bu davr insonning kamoloti yuqoriroq bosqichiga ko’tarilishi bilan
yakunlanadi. Kamol topish o’smirdan umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish,
mavhumlashtirish, obyektlar o’rtasidagi ichki munosabatlarni o’rnatish, muhim
qonun, qonuniyat, xossa, xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy
diqqat, barqaror qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi.
Bularning barchasi fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy
ko’nikmalarni shakllantiradi, o’zini o’zi nazorat qilish, baholash, anglash singapi
xususiyatlarni tarkib toptiradi.
Maktab va bilim yurtida oilada mustaqil faoliyatga keng imkoniyatlar bo’lsa,
o’quvchi muayyan vazifa va topshiriqlarni, bajara boshlaydi. Natijada o’smirning
ijtimoiy mavqyei ortib, faoliyati takomillashib, psixikasi har tomonlama rivojlanib
boradi.
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy
jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni,
psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni
10–11 dan 14–15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik psixolog Z.Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda
insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan
o’z mavqyeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu
intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo’lishga, atrof-
muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va
mayllari shaxsning faolligini belgilar emish.
88
Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining mutlaqo asossizligini
ta’kidlab, o’smirda imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini
ko’rsatishga moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan
tavsiflanishini asoslab berdilar.
Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy
yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan
inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi subyektiv ichki kechinmalari o’g’il va
qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik,
qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar
jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xatti-
harakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda.
O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga
bog’liq emasligi hammaga ayondir.
Amerikalik psixolog R.Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenegik
nazariyani qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degan
g’oyani ilgari suradi. Ammo noto’g’ri nuqtai nazardan o’smirlikni biologik va
psixologik kategoriyadan tashqari deb hisoblaydi. R.Kulenning fikricha, o’smirlik
davrida uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy tamoyil mavjud bo’lib, ular emansipasiya
(kattalar ta’siridan qutulish) va mustaqillikka erishish, hayot yo’li va kasb-hunar
tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni
o’zlashtirishdan iboratdir. Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e’tibor
bermas ekan, o’smirlik davri qancha bo’lishidan qat’i nazar, u bolaligicha
qolaveradi. R.Kulen o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi
o’sishning psixologik xususiyatlarini ham hisobga olmaydi, aksincha, ularni
batamom inkor qiladi.
Psixologlarning fikricha, o’smirlarga real ijtimoiy turmush shart-sharoitlari
va shaxs faoliyatining mahsuli deb qarash mumkin emas, chunki o’sishning bio-
logik va psixologik qonuniyatlarini inkor qilishga haqqimiz yo’q. Shuningdek,
o’smirlik davrining muayyan hyech o’zgarmas xususiyati va xarakteristikasi
mavjud emas. O’smirlar o’rtasidagi o’ziga xos tipologik farqlarni ijtimoiy
omillarning ta’siri bilan, ta’lim va tarbiya sharoitlarining xususiyatlari bilan
izohlash mumkin.
Shu bilan birga, o’smirning jismoniy o’sishi xususiyatlari, jinsiy
yetilishining iqlim va milliy-etnografik omillari ham bor.
Dostları ilə paylaş: |