Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Akselerasiya nazariyalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Akselerasiya nazariyalari 
O’smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o’rin egallaydi. U inson 
kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O’smirlik davrida g’oyat katta 
axamiyatga ega bo’lgan psixologik o’zgarishlar ro’y bepadi, bolaning muayyan 
ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya 
ta’sirida barqaror, mustahkam iz qoldiruvchi, ijobiy xislatlar namoyon bo’ladi. 
Tadrijiy ravishda izchil vujudga kelayotgan psixik o’zgarishlar, shakllanayotgan 
fazilatlar va shaxsning o’sishi, avvalo, mazkur yoshdagi o’g’il-qizlar 
faoliyatlarining (yetakchi va yordamchi faoliyat turlari: o’qish, mehnat va o’yin 
kabilar nazarda tutiladi) xususiyatiga bevosita bog’liqdir. O’smirning boshqa yosh 
davrlaridan farqlanadigan o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, ular his-tuyg’u 
va irodaviy sifatlarda o’z ifodasini topadi. O’smir kichik maktab yoshidagi 
o’quvchidan farqli ravishda hayotni ilk bor shaxs sifatida faol ilmiy bilishda 
ishtirok eta boshlaydi, birinchi galda faqat narsa va hodisalarning ayrim 


91 
alomatlarini emas, balki ularning umumiy va obyektiv qonuniyatlarini anglab 
yetish, tushunish imkoniyatiga ega bo’lib boradi.
Shaxsning har tomonlama, uyg’un rivojlanishiga mehnat faoliyati salmoqli 
ta’sir ko’rsatadi. O’smirlarning sinf va maktab yer uchastkasidagi mehnat faoliyati 
o’z mohiyati bilan zarur axborot va ma’lumotlar berib, murakkablashib, ularning 
kuchiga kuch, g’ayratiga g’ayrat qo’shib, mehnat samarasidan, mahsulidan 
lazzatlanish his-tuyg’ularini shakllantira boshlaydi. 
O’smirlik davrida ham o’yin faoliyati ma’lum vaqtgacha shaxsning 
kamolotida o’z ahamiyatini saqlab qoladi. Jamoa bo’lib amalga oshiriladigan 
o’yinlar va ularning keng ko’lamda o’tkazilishi o’tish davrida vujudga keladigan 
qiyinchiliklarni yengillashtirishga xizmat qiladi. O’yin faoliyati o’smirda yuksak 
axloqiy his-tuyg’ularni vujudga keltiradi, matonatlilik, jasurlik kabi fazilatlar 
shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Mazkur faoliyat o’smirning aqliy 
jihatdan o’sishiga, fikr yuritishiga, o’z his-tuyg’usini boshqarishiga, jismoniy 
kamol topishiga turtki vazifasini o’taydi. O’yinning har xili bilan mashg’ul bo’lish 
o’smirni fahmlashga, eslab qolishga, biror ishni amalga oshirishdan oldin uni 
rejalashtirishga va diqqatni bir nechta obyektga taqsimlashga odatlantiradi. 
Tiyraklik, tezkorlik, farosatlilik kabi muhim xususiyatlar, xislatlar ham o’yin va 
sport mashg’ulotlarida tarkib topadi. 
O’smir kamolotga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va 
sifatlar paydo bo’la boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir bo’ladi. 
O’zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo’yadi, bu esa o’z navbatida ko’proq 
huquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va o’z xulq-atvorini 
maqbul deb hisoblab amalga oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish, 
kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o’smirlik davrining eng muhim xususiyatlari 
hisoblanadi. 
Hozirgacha balog’atga erishish va jinsiy yetilishning jadallashishi to’g’risida 
bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. Shuning uchun o’sishdagi jadallashuv, 
ya’ni akselerasiya bo’yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan 
har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo bo’lgan. 
Quyida akselerasiya muammosiga oid qarashlar bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin