Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlari 
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, 
A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananyev, N.V.Nagorniy, Ye.D.Aleksandrova 
va boshqalar uzoq umr ko’rish sirlarini ekologik omillar orqali tushuntirishga 
harakat qiladilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning 
yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan 
omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, 
madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi. 
Jahon fani to’plagan ma’lumotlarga ko’ra, ochiq havoda ortiqcha 
zo’riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug’ullangan odamlarda harakatning tezligi, 
qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollik uzoqroq saqlanadi. Mana 
shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug’ullanuvchi kishilarda ham bo’ladi. 
“Umrni uzaytirish muammolari” nomli (1952) kitobda dog’istonliklarda 
uzoq umr ko’rishnipg acosiy sabablari quyidagilar ekani ta’kidlangan:
1) Respublikaning tog’li qismidagi iqlim sharoiti va jo’g’rofiy omillar;
2) sutkasiga 3−4 marta iste’mol qilinadigan go’shtli, o’simlik moyli va sutli 
oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning ta’qiqlangani;
3) avlodan-avlodga asrlar davomida o’tib kelayotgan madaniy an’analar, 
o’ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari;


73 
4) gigiyenaning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr 
bo’yi jismoniy mehnat bilan shug’ullanish;
5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiq chiqarish;
6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxshilanishi va 
hokazolar. 
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim 
psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining 
uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy 
mehnat bilan doimo shug’ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi.
Shu bilan birga iqtidorli va aqlni peshlash mashqlari bilan shug’ullangan 
kishilarda 
ham 
intellektning 
yuksak 
darajasi 
saqlanib, 
boshqa bilish 
funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi. 
Uzoq umr ko’rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi 
kasb-korlik faoliyatiga bog’liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu 
holatga insonning ko’rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati 
kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre “Gerontologiya asoslari” 
(1960) kitobidan joy olgan “Ko’zning keksalarga xos o’zgarishi” asarida ilmiy-
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda 
presbioniya (grekcha, qarilikda ko’rishning zaiflashuvi) hodisasi ro’y berib, 
yaqinni ko’rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 yoshdan ko’rish 
akkomodasiyasining kuchi pasayishi, agarda 10 yoshda akkomodasiya kuchi 16 
dioptriyaga (grekcha optik o’lchov) teng bo’lsa, 40−45 yoshda−4, keyinchalik esa 
1 bir dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50−60 yoshlarda akkomodasiya o’zining 
eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi yosh davrlarida barqarorlashib 
boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodasiyaning 
kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat kuzoynak bilan ko’riladigan 
bo’ladi. 
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug’ullanmaydigan, ko’zi uzoqni 
ko’rishga o’rgangan odamda akkomodasiya yuksak darajada saqlanishi, ko’z 
xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro’y bermasligi mumkin. 
M.Ya.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchilar, 
temiryo’lchilar, ovchilarning ko’rish sezgirligi yoshligida 1 yoki 1,5 birlikka teng 
bo’lsa, uzoq yillardan keyin ham o’zgarmasligi mumkin. 
I.V.Davidovskiy va B.G.Ananyevlar ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr 
ko’rish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko’p 
omillari bor. Yuqorida uzoq umr ko’rishning ekologik omillari ifodalandi, lekin 
uning psixologik, ijtimoiy-psixologik omillari, manbalari va mexanizmlari ham 
mavjuddir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin