Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Biologik keksayish 
Nafaqat yoshiga to’lgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan 
foydalanish ehtiyoji tibbiyot va ruhiyat ilmi oldiga bir qancha talablar qo’yadi. Bu 
talablar M.D.Aleksandrova va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, 60 yoshdan 
oshgan odamlarning somatik sihatliligi ularning ishlab chiqishda qatnashishiga 
qanchalik imkon berishini, insonning ruhiy salomatligi ishlashda qay darajada 
yordamlashishini, sog’lom keksa odamning psixofiziologik funksiyalari, psixik 
jarayonlari, shaxsiy xususiyatlari va kasb-korlik uchun zarur talablarga mos kelish-
kelmasligini aniqlashdan iboratdir. Shularning so’nggi qismini tadqiq qilish 
bevosita psixologlarning zimmasida bo’lib, yosh ulg’ayib borishiga qarab 
fiziologik funksiyalarning o’zgarishini psixometriya ma’lumotlariga tayanib 
muayyan usulda o’rganilishi lozim.
Bu usulda bir qancha elat, jamoa, hududning xuddi shu yoshdagi aholisi 
bilan solishtiriladi. Tadqiqotning bu usuli ayrim ruhiy jarayonlarning yosh 
dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi. 
Asab 
sistemasining 
qarishi 
V.D.Mixaylova 
− 
Lukasheva, 
M.M.Aleksandrovskaya kabi olimlarning fiziologik va gistologik tadqiqotlarida 
keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi o’zgarishi o’rganilgan bo’lib, bu 
hol makroskopiya va mikroskopiya ma’lumotlari asosida ifodalangan. 


66 
Makroskopiya ma’lumotlariga ko’ra:
a) keksalik davrida miyaning og’irligi 20−30 foiz yengillashadi:
b) bir davrning o’zida miya bilan kalla suyagining hajmi o’rtasida 
disproporsiya kuchayadi;
v) keksayish davrida miya burmalari kamayadi va ariqchalari kengayishi 
kuzatiladi, bular ayniqsa miya qobig’ining peshona qismida yaqqol ko’rinadi va 
yetuk yoshdagi odamlarga qaraganda 3−4 ta yo’l qisqaradi;
g) miyaning zichligi ortadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin