65
Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini
o’rganishda ko’proq test (sinov) dan foydalaniladi.
Testlar o’z maqsadi, mohiyati hamda tizmiga binoan bir nechta ko’rinishga
ega:
1) maqsadga yo’naltirilgan, bilim hajmini aniqlovchi standart testlar −
imtihon − sinov varaqasi;
2) insonning aql-zakovatini o’lchashga moslashtirilgan aql testlari;
3) inson shaxsining fazilatlarini tekshirishga mo’ljallangan testlar;
4) inson iste’dodi, iqtidori hamda qobiliyatining darajasini aniqlashga
qaratilgan testlar.
Keksayish davrida odamlar psixologiyasini o’rganish testlar yordamida
amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-quvvat sarflash, aqliy zo’riqish,
asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat qiladi, tajribada vaqtdan
tejamli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang-
barangligi uchun) qiziqish, tabiiy mayl, shug’ullanish his-tuyg’usini uyg’otadi.
Testlar bilan ishlashda vaqt cheklanganligi sababli ayrim nuqsonlarga yo’l
qo’yiladi, lekin ularni aynan o’sha sinaluvchilarda muayyan vaqt o’tgandan keyin
takror o’tkazilsa, kamchiliklar barham topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini
tadqiq qilishga oid tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng
foydalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: