Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Ilk o’spirinlar tafakkurining o’sishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Ilk o’spirinlar tafakkurining o’sishi 
Ilk o’spirinlik yosh davri ma’ruza tipidagi darslar, laboratoriya ishlari va 
amaliy mashg’ulotlar, referat, tuzish, konspekt yozish kabi o’quv faoliyati turlari 
akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari o’zlashtirishi zarur bo’lgan 
materiallarni mustaqil tushunishga olib keladi.
Mazkur faoliyat tiplarining kundan-kunga ko’proq ahamiyat kasb etishi 
natijasida tafakkur borgan sari faol, mustaqil, ijodiy xislatlar bilan boyib boradi. 
O’quvchilarning aqliy faoliyati o’zining umumlashtirish va abstraksiyalash 
jarayonining yanada yuqoriroq darajasi hamda narsa va hodisalarning kelib chiqish 
sababini tushuntirish an’anasining ortib borishi ajralib turadi. Bu ba’zi
holatlarning chin yoki chin emasligini ko’rsatish bilan, chuqur xulosa chiqarish 
bilan, o’rganilayotgan narsani tizimga kiritish bilan tavsiflanadi va tafakkurning 
tanqidiyligi bilan boshqa yosh davrdagi o’quvchilardan ham sifat, ham miqdor 
jihatidan tafovutlanib turadi. Bulariing barchasi ilmiy-nazariy tafakkurning 
shakllanishiga va tevarak-atrofdagi voqyelik haqidagi umumiy qonuniyatlarni 
bilish qobiliyatiniig o’sishiga intellektual-ijodiy, zaxira va imkoniyatining 
ochilishiga, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarini anglab olishga muhim shart-
sharoitlar yaratib beradi. Ilk o’spirinlar u yoki bu holatni asoslangan, isbotlagan 
davrda ularning asosiy tomoniga, muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga 
sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar.
Darsliklardan o’qigan va o’qituvchi tomonidan bayon qilingan axborot va 
ma’lumotlarga ishonch va qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar, biroq 
o’smirlar singari obro’ ketidan ko’r-ko’rona ergashish holati ularda juda kam 
ko’zga tashlanadi. Ular har bir darsda tanishishga to’g’ri kelgan materiallarning 
chin mohiyatiga, inson uchun zaruriyatligiga, haqiqat ekanligiga ishonch hosil 
qilish uchun to’xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida ilk o’spirin tomonidan 
u yoki bu narsaga nisbatan e’tiroz yoki shubha tug’ilsa, o’qituvchi uni nohaq 
ravishda qoralaydi va «ishonmovchi» deb ayblaydi. Tafakkurni oqilona yo’llari 
bilan o’stirish uchun favqulodda holatlarda o’quvchining mazkur xususiyatini 
qoralamasdan, balki uni rag’batlantirish to’g’riroq bo’ladi. Chunki bu xislat 
rivojlanishi natijasida narsa va hodisalarni asoslash, dalillash, isbotlash, ishontirish 
kabi aqliy kamolotga yordam beruvchi, bilimlarni puxta o’zlashtirishga eltuvchi 
aqliy faoliyat komponentlari takomillashadi. 
Bu yosh davriga kelib, akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari 
aqliy faoliyat texnikasi va metodikasi bilan yetarli darajada qurollangan bo’ladilar. 
Ammo mazkur yuksalishga qaramasdan, ularda bu sohada ma’lum darajada 
kamchiliklar uchrab turadi. Bir tomondan, narsa va hodisalarning to’la isbotlanmay 
qolishi hodisasi ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan esa, tafakkurni 
faollashtiruvchi turli xususiyatli, maxsus o’ziga xoslikka ega bo’lgan o’quv 


54 
faoliyati usullariga yetarli darajada ega bo’lmasligidir. Ma’lumki, fikr yuritish 
operasiyalarini faollashtiruvchi aqliy usullardan oqilona foydalanish ko’zlagan 
maqsadga yetishda asosiy rol o’ynaydi. 
Fikrlash faoliyatida mustaqillikning yo’qligi yoki kamligi akademik lisey va 
kasb-hunar kolleji o’quvchilarining muhim kamchiliklaridan biri hisoblanadi. 
Ularga badiiy adabiyot obzorini tavsiflab berib, mazkur asar yuzasidan mustaqil 
hukm chiqarish topshirilgan taqdirda qanday xatti-harakatni amalga oshirish 
mumkin? Birinchidan, asarni bir necha bor o’qishi, ammo hyech qanday xulosa 
chiqarmasligi mumkin. Ikkinchidan, o’qituvchi so’zlarining har birini eslab qolib, 
ularni mexanik ravishda so’zlab berishga harakat qilishi mumkin. Uchinchidan, 
o’zi shaxsan boshqalardan eshitganlari bilan o’qituvchi axborotini o’zaro 
aralashtirib, sintez qilib javob berishga intiladi. To’rtinchidan, o’z shaxsiy fikrini 
bayon etishga qiyinchilik tug’ilsa, u holda asardan parchalar keltirishga urinadi va 
hokazo. 
Ilk o’spirin o’quvchilar fikr yuritishdan erinib, materiallarni hyech 
o’zgarishsiz «tayyor holda» egallab olishga intilib, hatto darsliklarda va boshqa 
manbalarda kam uchraydigan, javobini topish mumkin bo’lmagan taqdirda ham 
ijodiy izlanishlarga harakat qilmaydilar. Lekin ta’lim mazmuni va o’quv 
faoliyatining xususiyati bu yoshdagi o’quvchilarning fikr yuritish operasiyasiga 
ulkan talab qo’yishini ular xayollariga ham keltirmaydilar. Bu yoshga kelib, ular 
o’quv materiallarini mustaqil ravishda abstraksiyalash va umumlashtirishga qodir 
bo’ladilar. Mana shunday fikr yuritish zaminida nazariy tafakkur vujudga keladi. 
O’qishga qiziqish esa asta-sekin aniq fanlarga qiziqishga aylana boradi. 
Agar o’smir tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkurdan abstrakt (mavhum) 
tafakkurga o’sib o’tish bilan tavsiflangan bo’lsa, katta maktab yoshidagi 
o’quvchilarda dialektik-nazariy tafakkur qilish qobiliyati rivojlana boshlaydi. Bu 
tafakkur tabiat va jamiyatning umumiy taraqqiyot qonunlari bilan bevosita 
aloqadordir. Mazkur qonuniyatlarning vujudga kelishi, o’zgarib borishi, o’ziga xos 
xususiyatga ega bo’lishi, shuningdek, ularning o’zaro uzviy bog’liqligi singari 
murakkab bilimlar ilk o’spirinlar yosh xususiyatiga mutlaqo mos keladi. 
Akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarida nazariy tafakkurning 
shakllanishida darsdan va sinfdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga ega, jumladan, 
turli to’garaklar o’quvchi bilimini chuqurlashtirib, uning bilim doirasini 
kengaytiradi. Ayniqsa, bu borada mustaqil bilim olish faoliyati muhim rol 
o’ynaydi.
Agar to’garaklar shaxsiy tashabbuskorlikka asoslanmay tashkil etilsa va 
ijodiy xususiyatga ega bo’lmasa, u holda ko’zlagan natijasini bermasligi mumkin 
(mustaqil ishlar, testlar, kompyuter, internet). 


55 
Fizika o’quv predmeti sifatida o’quvchilarda abstrakt tafakkurni 
rivojlantiruvchi asosiy manbadan biri bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, fizika fani 
bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalar, qiziqarli ijodiy bahslar, qo’shimcha 
manbalardan topilgan dalillar, kashfiyotlar, koinot sirlaridan ma’lumotlar, jahon 
energetikasi masalalari, laboratoriya metodi orqali fizik qonuniyatlar bilan 
yaqindan tanishish imkoniyatlari ilk o’spirinda fikr yuritish faoliyatida siljishni 
vujudga keltiradi. Bu narsalarning barchasi o’quvchilarda bilishga qiziqishni 
taraqqiy ettiradi. 
Masalan, kimyo fani bo’yicha tashkil etilgan to’garakda ishtirok etish 
natijasida o’spirinlarda moddalarning kimyoviy xususiyatlari va xossalari hamda 
ularning tuzilishi haqida qo’shimcha bilim oladilar. Kimyoning sanoat va qishloq 
xo’jaligidagi ahamiyati to’g’risida ko’pgina qo’shimcha ma’lumotlar bilan 
tanishishga muvaffaq bo’ladilar. Matematika asosan o’quvchilarning abstrakt 
tafakkurini o’stirishga qaratilgan fan bo’lib, algebraik, geometrik, trigonometrik 
shakllar va ularning turli variantlari bilan chuqur va har tomonlama tanishish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot ilk o’spirinlarda mantiqiy va ijodiy tafakkur-
ni o’stirishda asosiy rol o’ynaydigan fan hisoblanadi. To’garaklar ta’siri ostida 
mustaqil fikr yuritish, aqlning tanqidiyligi, nutq madaniyati tez sur’atlar bilan 
taraqqiy eta boshlaydi Bundan tashqari, ilk o’spirinning badiiy san’atga bo’lgan 
qobiliyati o’sadi, badiiy didi, ijodiy qobiliyati, ijodiy fikri va xayoli kamolot sari 
ko’tarila boradi. 
Ilk o’spirin o’quvchilar tafakkurining mustaqillik darajasini vujudga 
keltirishda o’qituvchining o’zi ulkan rol o’ynaydi. Birinchidan, u o’quvchilarni 
o’rganilayotgan qonuniyat va xossalarning to’g’riligi haqida ishonch hosil qilishga, 
mavzular yuzasidan qanoatlanishga, isbotlash va dalillashga o’rgatib borishi kerak. 
Bundan tashqari, sanab o’tilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun eng qulay usul 
va metodlardan foydalanish kerakligi to’g’risida to’la ma’lumot berilishi maqsadga 
muvofiqdir. Ikkinchidan, o’qituvchi o’quvchilarni narsa va hodisalar haqida 
original yoki nostandart fikr yuritishga, ijodiy yondashishga o’rgatishi lozim. 
Buning uchun ularni mantiliy fikr yuritish usullari bilan tanishtirish darkor. 
Uchinchidan, qo’llanaverib eskirib tarixiylikka aylangan so’zlardan, terminlardan, 
iboralardan foydalanishga, umuman, shablonizmga yo’l qo’ymaslik, ilk 
o’spirinlarni ijodiy izlanishga yetaklashni hyech vaqt diqqat-e’tibordan chetga 
chiqarmaslik zarur.
To’rtinchidan, o’qituvchi ilk o’spirinlarning oldiga bilimlarni amalda tatbiq 
qilish vazifasini qo’yishi shart. Beshinchidan, o’qituvchi ilk o’spirinlarning 
individual xususiyatlarini hisobga olib, zaxiradagi aqliy imkoniyatlarning ishga 
solishi maqsadga molik. Oltinchidan, o’qituvchi ilk o’spirinlar oldida muammoli 
vaziyatni vujudga keltirishi va ularni hal qilish bosqichlari bilan tanishtirib, 


56 
yechishga da’vat etishi ayni muddao. Yettinchidan, ilk o’spirinlarning emosional-
irodaviy xususiyatlarini, mustahkamlashda yo’l-yo’riq ko’rsatishi, ustanovka 
berishi, ularni qiyinchiliklarni yengish va oldini olishga o’rgatish o’qituvchining 
kasbiy burchidir. 
O’qituvchi zimmasiga qo’yilgan vazifalar va shartlarning barchasi 
pedagogik faoliyatga tatbiq qilishga muyassar bo’linsa, hamisha ularga rioya 
qilinsa, u taqdirda akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilari tafakkurining 
mustaqilligini shakllantirish bosqichida yuksak amaliy vazifalar ro’yobga chiqqan 
bo’ladi. Bunday ulkan talab va vazifalarni pedagog sharaf bilan bajarish uchun o’z 
fanini mukammal egallash yo’lida ko’p mehnat qilish, siyosiy savodxon bo’lishi, 
psixologik bilimlarni puxta egallashi, o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini 
to’la o’zlashtirishi, psixologik ta’lim va tarbiya qonuniyatlari bilan qurollanishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda taraqqiy etishi mumkin 
emas. Shu sababdan tafakkur rivojlanishi bilan birgalikda ilk o’spirinlarning 
axloqiy-ma’naviy sifatlarida ham muhim o’zgarishlar vujudga keladi, uning nutq 
madaniyati o’sadi. Bu esa o’quvchining o’z fikrini to’g’ri ifodalash malakasini 
tarkib toptirib, nutq tuzilishini mustahkamlaydi, uni murakkablashtiradi va lug’at 
tarkibini yanada boyitadi. 
Akademik lisey va kasb-hunar kolleji ta’limi oxiriga kelib, o’quvchi 
mustaqil fikrlash malakasini egallab, mustaqil aqliy mehnat texnikasini, uning 
metodlarini o’zlashtirgan holda mustaqil bilim olish ko’nikmasini shakllantirishi 
lozim. Biroq fikr yuritish faoliyati mustaqilligining rivojlanmaganligi ularning 
o’quv faoliyatida katta kamchilik hisoblanadi. Bu kamchilikning asosiy sababi 
o’quv topshiriqlarining noto’g’ri qo’yilishi, o’quvchilardan mulohaza yuritishni 
uzluksiz talab etmaslik va mustaqil fikrlash qobiliyatiga e’tibor bermaslikdir. 
O’quv topshiriqlarining noto’g’ri qo’yilishi natijasida o’spirinlar «tayyor 
mulohazalar quli» bo’lib qolaveradilar. Shu sababli o’qituvchi yuqoridagi fikrlarni 
e’tiborga olishi mutlaqo shart. Akademik lisey o’quvchilarida va kasb-hunar kolleji 
subyektlarida u yoki bu xildagi vaziyatni to’g’ri aniqlashga, asoslashga va 
isbotlashga, butun diqqatini qaratishga moyillik kuchli bo’ladi.
Dars jarayonida duch kelinadigan narsa va hodisalarning chin ekanligiga 
ishonch hosil qilishga intilish bu yoshdagi yigit­qizlarda o’ta kuchlidir. Lekin, 
ba’zi hollarda o’qituvchilarimiz o’quvchilarning ana shu intilishiga noto’g’ri 
munosabatda bo’lib, ularni o’rinsiz tanqidchilikda qoralaydilar, ulardagi bunday 
intilishning yosh xususiyatidan kelib chiqishini nazarga olmaydilar. Shu sababli 
o’quvchilardagi tanqidiylikni faqat qoniqtiribgina qolmasdan, balki uni 
rag’batlantirish kerak, chunki bu yoshdagi kontingentlarga xos xususiyatdir. Bu 
xususiyat ularning aqliy faoliyati taraqqiyoti uchun foydalidir. Ishonch, dalillashga 


57 
talabchanlik, asoslash va isbotlash, o’zlashtirilgan bilimlarni anglash, shaxsiy 
nuqtai nazarga ega bo’lish kabi xislatlarni e’tibordan chiqarmaslik zarur. 
O’qituvchi fikrlash, analiz qilish yo’lini shunday tushuntirishi kerakki, o’quvchi 
mustaqil va to’g’ri xulosa chiqara olsin. Buning uchun o’qituvchida didaktik 
qobiliyat mavjud bo’lishi shart. 
Ilk o’spirinlar o’zlariga xos bo’lgan tanqidiylikni, o’zlarining aniq nuqtai 
nazarini adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik fanlaridan ko’ra aniq fanlarni o’rganish 
paytida namoyish qilishlari qiyinroq bo’ladi. Ulardagi tanqidiy tafakkurning, qat’iy 
mulohaza qilishning yetarli darajada taraqqiy etmaganligi, badiiy did va 
umummadaniyat hissining kamligi badiiy asar qiymatini yuzaki baholashga olib 
keladi. Asar to’g’risida chuqur fikr yuritmasdan turib uning qiymatini aniqlashga 
shoshish mazkur yoshdagi o’quvchilarning real turmush bilan badiiy asar 
o’rtasidagi farqni anglay olmasligidan kelib chiqadi. 
Ilk o’spirin o’quvchi adabiyot faniga o’smirga qaraganda boshqacharoq 
yondashadi. Bu ko’p tarmoqli bo’lib, turli xususiyatli masalalarni hal etishni 
nazarda tutadi. Jumladan, ilk o’spirinni hayajonga solgan savollarga kitobdan 
javob topish, shaxsiy dunyoqarash pozisiyasi bilan o’zini qoniqtirish, personaj 
idealini yaratish kabilar. Berilgan bu tavsifnoma ilk o’spirin ruhiy olamining to’la 
shakllangan holda turmushga kirib kelishidir. Bayon etilganlarga ko’ra, o’quvchiga 
o’qituvchining «tayyor» bilim berishi, ularni zerikarli holatga tushirib qo’yadi. Shu 
sababdan, bunday ko’ngilsiz holni vujudga keltirmaslik maqsadida mustaqil fikr 
yuritishga undovchi yo’lni topish juda zarur. 
O’quvchilarga ma’naviy ozuqa bera olmaydigan darslar fanga nisbatan 
qiziqishini susaytiradi. O’quvchi, ma’naviy boylik orttirish yo’llarini izlaydi. 
Vujudga kelgan ma’naviy talabini qondirishni istaydi. Ko’pincha ular bunday 
ehtiyojini qondirish uchun mustaqil bilim olish yo’l va usullarini qidiradi. Oqibat 
natijada ijodiy izlanish va evristik uslublarni intuisiyadan ustun ekanligini anglab 
yetadilar. 
Odatda ta’lim jarayonida an’ana tusiga kirib qolgan bir qolipdagi, monoton 
darslardan qochish zarur. Iloji boricha o’ng’aysiz holatni yuzaga keltirmaslik 
maqsadida pedagog butun kuch, va irodasini, mahoratini ishga solishi maqsadga 
muvofiqdir. Darsning jonli va qiziqarli o’tishi uchun ilk o’spirinlarni doimiy 
faollashtirib borish yaxshi natija beradi. 
Ushbu yoshdagi o’quvchilar xususiyatlaridan yana biri – darslikda bayon 
qilingan fikr va qarashlardan foydalanmay turib, adabiy asarni mustaqil tushunish 
sari intilishdan iboratdir. Ammo bunday intilish, izlanish hamma vaqt ham badiiy 
did malakasi bilan mustahkam aloqada bo’lavermaydi. Buning asosiy sababi, 
ularda estetik did saviyasining yetarli rivojlanmaganligidir. 


58 
Adabiyot fani mehnatning yangilik yaratuvchi, o’zgartuvchi faoliyat 
ekanligini ilk o’spiringa tushuntirsa, shaxsiy hayot va turmush sharoitini 
tanishtirsa, nozik ezgu-tilak yoki his-tuyg’uga ma’lum yo’l bilan yetishga ko’mak 
bersa, u holda o’quvchining bu fanga nisbatan munosabati ijobiy tomonga 
o’zgarishi mumkin. 
Ilk o’spirin u yoki bu xildagi adabiy asarni o’qish, tushunish orqali mustaqil 
fikr yuritish, mulohaza qilishga kundan kun o’rganib boradi. Uning mustaqil nuqtai 
nazari, qarashi, shaxsiy pozisiyasi shakllanadi. O’z-o’zidan ma’lumki, bu fazilat ilk 
o’spirinning shaxsiy fikri, mustaqil o’ylashi va qarorga kelishining natijasi bo’lib, 
o’zgalarning tashqaridan bergan maslahati mahsuli emasdir. Balki bu narsa fikr 
yuritish faoliyatining rivojlanib borishidan dalolatdir. 
Adabiy asarni baholash, unga nisbatan shaxsiy fikrini bildirish, munozaraga 
kirishish kabi xislatlarning mavjudligi tafakkur tanqidiyligining o’zginasidir. 
Noo’rin tanqidiylik esa uning badiiy didi, nutq madaniyati va turmush tajribasining 
kamchiligidir. 
Psixolog V.A.Kruteskiy mazkur yoshdagi o’quvchi aqlining (tafakkurining) 
tanqidiyligini ko’rsatish maqsadida, L.A.Shumeyeva ma’lumotidan foydalanib, 
quyidagi dalillarni keltiradi. 
"Men hyech vaqt hayajonlanmayman, ammo siz chuqur hayajonlanib, 
to’lqinlanib turibsiz. O’ylaymanki, bunday holatni vujudga keltirishingiz pedagog 
burchingizni ado etishlik bo’lsa kerak. Mana siz M. Gorkiy asarining tilidan o’ta 
hayajondasiz — menga esa uning tili mutlaqo yoqmaydi. M. Gorkiy asarini 
o’qiganman. Birinchi satrda shunday iboralarni ishlatadi: “Dengiz qah-qaha 
uradi?” Bu jumla mening qalbimni hyech qachon larzaga keltirmaydi, aksincha, 
kulgimni qistatadi. Men bu kulayotgan dengizni tasavvur qilishga harakat qilaman, 
ancha zo’rma-zo’rakilikdan keyin, baqaloq, puchuq, yuzlari qip-qizil, kichkinagina 
pirpiroq ko’zli allaqanday bir ayolni xayolimga keltiraman. Uning yuzlari 
shamoldan qimirlaganday bo’lib turadi. Keyinroq bo’lsa, Quyosh nur sochishi 
bilan o’zini behad baxtiyor hisoblaydi Dengiz esa, quyoshning erkalovchi purini 
aks ettirish bilan ovora. Bu nima degani?! Buni qanday tushunmoq kerak? Qanday 
tasavvur qilish mumkin?! Men faraz qilayapman, sap­sariq odam har kuni ertalab 
baxtiyorona ko’zguga tikiladi, ko’zgu ham o’zicha go’yo baxtiyor, chunki u bu 
baxtiyor chehrani o’zida aks ettirgani uchun behad baxtiyor. Bu narsa hyech 
qachon mening kulgimni qistatmaydi. Qani, bunda kulish uchun yumoristik 
iboralar?! Nega bunday yozishadi?! Bu nima degan gap, axir?! Nahotki, oddiyroq 
yozishning iloji bo’lmasa, ha?!” 
V.A.Kruteskiy tavsiyasiga ko’ra, yuqorida suhbat qatnashchisi hisoblangan 
o’qituvchi, bu o’rinda epitet va metaforalarni o’quvchiga tushuntirib, unda 
adabiyotga nisbatan nozik didni paydo qilishga va uni o’stirishga harakat qilishi 


59 
kerak edi. Ammo pedagog bilan o’quvchi o’rtasida bunday samimiy suhbat bo’lib 
o’tmagan. Shunisi, achinarliki, o’quvchining shu mazkur asarga nisbatan o’z 
fikrini ozmi, ko’pmi o’zgartirganligi diqqat markazidan chetlashgan. Natijada 
asarning mohiyatini o’quvchi tushunib yetdimi yoki tushuna odmadimi — bu 
haqda o’qituvchi hyech qanday ma’lumot olishga muyassar bo’lmagan. Bu o’rinda 
tarbiyachi pedagogik odobga rioya qilmaganligi tufayli qo’pol xatoga yo’l 
qo’ygan. Bizningcha, u individual suhbat uyushtirish natijasida ilk o’spiringa 
adabiy janrlar to’g’risida, epitet va metaforalar haqida chuqur va har tomonlama 
ma’lumot berib o’tganda ish qilingan bo’lar edi. 
Pedagog o’quvchining aytgan so’zlari va fikrlarini dalillar asosida asta-sekin 
inkor darajasiga olib borib (ammo qat’iy rad qilishdan saqlanish kerak), asariing 
asl mazmunini tushuntirishi va hayotda uning qanday ahamiyat kasb etishini 
yoritishga harakat qilmog’i zarur. O’qituvchi unga shunday ta’sir etishi kerakki, 
uning bu asar to’g’risidagi fikri o’zgarishiga olib kelsin. Biroq, o’qituvchi 
o’quvchining asar muallifiga va uning asariga munosabati o’zgargan yoki 
o’zgarmaganligini aniqlashni mutlaqo yodidan chiqarmasligi shart. Mazkur 
jarayon bir-ikki suhbat yoki bahs natijasida amalga oshadigan faoliyat emas. 
Chunki ilk o’spirinning o’zi mustaqil ravishda asarni tushunib yetishi unga 
nisbatan o’zining munosabatini o’zgartirish qiyin. Bu ko’pgina omillarga bog’liq 
murakkab hol bo’lib, shaxs shakllanishiga ko’pyoqlama yondashishni taqozo 
etadilar. 
Ayrim o’quvchilarda asardagi allegoriyalarni, epitet va metaforalarni 
noto’g’ri tasavvur etish hollari uchraydi. Ular shoir va yozuvchilarni hayotda aslo 
bunday voqyelikning sodir bo’lmasligida ayblab, bu narsa to’qima deb da’vo qilib, 
qattiq “koyishgacha” borib yetadilar. Lekin bu badiiy asar tarkibiy qismlari 
qahramonlarning ichki dunyosini bo’rttirib ko’rsatish vositasi ekanligini hali to’la 
anglab yetmaydilar. Shu sababdan “falon narsa bunday bo’lmaydi, aql bovar 
qilmaydi” deya ishonchsizlik kayfiyatini izhor etadilar. 
Ilk o’spirinlar badiiy peyzaj to’g’risida ham shoir va adiblar bilan 
munozaraga kirishadilar. Chunki o’xshatish va taqqoslash kabi badiiy bo’yoqlar 
negadir ularga yoqmas emish. Asardagi juda nafis did, kuchli hissiyot bilan 
berilgan voqyelikni idrok qilish, tasavvur etish, xayolga keltirish, fikran mulohaza 
yuritish holatlarini ularda taajjub hislarini vujudga keltiradi. Shuning uchun ushbu 
yoshdagi o’quvchilarda adib bilan “kelishmovchilik” namoyon bo’ladi. Aks 
ettirilgan voqyealar juda rangsiz yoritilganday tuyuladi. Ular “o’z pozisiyasi”ning 
barbod bo’lishiga anchagacha qarshilik ko’rsatishadi. Shuning uchun 
o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarning tafakkurini tanqidiy sifat jihatdan 
almashtirib, ularni voqyelikka odilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashga 
o’rgatishdan iboratdir. 


60 
Ilk o’spirin yoshidagi o’quvchilar asar qahramonlariga ham turlicha baho 
beradilar. Bu narsa ularning individual xususiyatlaridan, shaxsiy qarashlaridan 
kelib chiqadi. Shu sababli qaysidir obraz o’spiringa butunlay yoqmaydi, uning 
ba’zi bir xususiyatlarinigina qo’llab-quvvatlaydi, xolos. Bu xususiy holni dalillash 
maqsadida misolga murojaat qilamiz. “Gulnorning insoniy xislatlarining 
hammasini juda yoqtiraman, ammo irodasizlik qilib Mirzakarimboyga turmushga 
chiqishini esa sira kechira olmayman. Agar chindam Yo’lchini sevganida edi, u bu 
ishni qilmagan bo’lardi. Ota-onaga hurmat va muhabbat, albatta, bo’lishi kerak, 
lekin sof sevgi hamma narsadan ulug’ va mo’tabar bo’lishi lozim. Muhabbat katta 
«M» harfi bilan yozilmog’i shart. Unga hyech kimning, hatto malikaning ham 
bevafolik qilishga haqqi yo’q, chunki u olamda muqaddasdir... Shu maqaddas 
tuyg’uni oyoq osti qilish — Gulnorda uchraydi...”, — deydi o’spirin qiz Robiya. 
Bunga o’xshash misollarni yuqori sinf o’quvchilari bilan olib borgan tajribalardan 
ko’plab keltirish mumkin. 
Shaxsiy tajribalarimiz va o’rta maxsus ta’lim tajribasidan shu narsalar 
ma’lum bo’ldiki, o’quvchilar muayyan obrazni, yaxlit asarni yoki avtor faoliyatini 
baholash jarayonida hamma vaqt ham o’z shaxsiy fikrini, qarashini va shaxsiy 
munosabatini xuddi shundayligicha qo’llay bermas ekanlar. Biz bunday omillarga 
ularning insho va bayonlarini tekshirayotgan mahalda duch keldik. Yozma ishlar 
va jonli mushohadani taqqoslagan paytimizda, yozma ifoda bilan shaxsiy 
mulohazalar o’rtasida katta tafovut bo’lganligining guvohi bo’ldik. O’ylaymizki, 
o’qituvchilar ham kundalik amaliy faoliyatida bunga o’xshash hodisalarni 
uchratgan bo’lsalar ajab emas. Eksperimentimizda ishtirok etgan ilk o’spirin 
o’quvchilar bilan “Nega o’z shaxsiy fikringizni inshoda ifoda etmadingiz?”, 
“Muallif yoki asarga nisbatan asli munosabatingiz shunday edimi?”, “Erkin 
mavzuda yozilgan ishda nega o’z mulohazangizni to’liq ifodalamadingiz?”, “Agar 
siz asar qahramoni o’rnida bo’lganingizda nima qilar edingiz?”, “Mushkul 
vaziyatni qanday hal etish kerak?”, “Mutlaq haqiqatni bilishga qanday intilasiz, 
ular nega sizni tinchlantirmaydi?”, “Nima uchun siz har bir narsani (voqyelik yoki 
qonuniyatni) o’z aqlingiz tarozisi bilan yana bir marta tortgingiz keladi?” kabi 
savol-javob viktorinasini o’tkazdik. Bundan tashqari, o’quvchilarning yozma 
ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdik. Biz uchun eng zarur bo’lgan savolga 
ko’pgina ilk o’spirinlar bir-biriga juda yaqin, analogik javoblar berdilar. Jumladan, 
o’z shaxsiy fikrlarini ifoda etmaganliklarini ular quyidagicha isbotlaydilar: “... agar 
men o’z fikrim va munosabatimni o’z bilganimcha yozganimda edi, u holda 
sizning qo’ymoqchi bo’lgan bahoyingiz, hozirgi qo’yilgan bahodan bir-ikki ball 
past bo’lar edi, men shunday bo’lishidan qo’rqdim. Chunki mening shaxsiy 
fikrimga qarshi ekanligingizni bilaman-ku!” deb javob qaytardilar. 


61 
Keltirgan misoldan shu narsa ma’lum bo’ldiki, mazkur mulohazalar 
mualliflari bo’lmish ba’zi o’quvchilarda tafakkurning tanqidiyligi yetarli darajada 
taraqqiy etmaganligidan dalolat berib turibdi. Yuqoridagi parchadan shunday 
xulosaga kelish mumkinki, bu yoshdagi o’spirinlarda o’z fikrida qat’iy turishning 
irodaviy sifati, shakllanib bo’lgan mustahkam “pozisiya”si hanuzgacha mavjud 
emasdir. Bundan shu narsa ochiq-oydin ko’rinib turibdiki, katta yoshdagi o’quvchi 
aqlining tanqidiyligida liberalchilikka yo’l qo’yish kuchlidir. O’quvchilardagi 
ikkilanish holatlari, bizningcha, ikki xil sabab bilan izohlanishi mumkin: bu 
sabablardan biri voqyelik mohiyatini to’g’ri tushunib yetmaslik bo’lsa, ikkinchisi 
“o’z pozisiyasida” bo’sh kelmaslik yoki narsa va hodisalarni anglab turib “o’jarlik” 
qilishdan iboratdir. 
Demak, adabiyot darsligi va uning majmuasini o’qitish, qo’shimcha badiiy 
manbalardan unumli foydalanish o’quvchilarda aqlning tanqidiyligini kamol 
toptirishda juda muhim rol o’ynar ekan. Adabiyotning turmush qonuniyatini, hayot 
mazmunini, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tushuntirishdan tashqari, ilk 
o’spirinlarda estetik tuyg’uni vujudga keltirishda ham ahamiyati kattadir. 
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri o’quvchilarda 
tafakkurning tanqidiyligini dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda keng 
jamoatchilikka suyangan holda o’stirishdan iboratdir.
O’qituvchi butun diqqat-e’tiborini o’quvchilarning narsa va hodisalar 
to’g’risidagi o’z fikrini o’zgartirgan yoki o’zgartirmaganligi biror narsani tushunib 
olishga muyassar bo’lgan yoki bo’lmaganligi, agar tushunib olgan bo’l-sa, faqat 
darslikka asoslanibgina berishni anglaganligi, o’z fikrini faqat “o’zida” (“dilda”) 
qoldirish shart ekanligini his etganligi yoki his etmaganligi kabi holatlarga 
qaratishi lozim. U o’quvchilarda ikkiyuzlamachilikning shakllanishiga yo’l 
qo’ymasligi kerak. Chunki o’quvchilar ko’pincha voqyelik haqida bir narsani 
gapirib, haqiqatda esa ikkinchi bir narsa to’g’risida fikr yuritadilar. Bunda ularning 
yuqoridagi insho to’g’risidagi mulohazalarini eslatib o’tishning o’zi kifoya qiladi. 
Agar o’qituvchi shu narsalarga beparvo qarasa, u holda uning tutgan yo’li mutlaqo 
to’g’ri bo’lib chiqmaydi. Pedagog o’quvchilarda shaxsiy fikr va mustaqil 
qarashning vujudga kelishidan sira xavotirga kelmasligi, qo’rqmasligi shart. U 
o’quvchilarda shaxsiy fikrning mutlaqo bo’lmasligidan, mustaqil mulohazalardan 
uzoqligidan, tayyor jumlalarni to’tiqush-day takrorlab, yod qilib yurishidan 
cho’chisin. 
Aqlning tanqidiyligini shakllantirishda pedagog o’quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlariga, aqliy taraqqiyotiga, mavjud bilim fondiga, mulohaza 
yuritish 
doirasining 
kengligiga, 
mazmundorligiga, 
chuqurligiga, 
tashabbuskorligiga, adabiyot va boshqa fanlarga qiziqishiga, nutq madaniyatiga, 
so’z boyligiga, shaxsiy nuqtai nazariga, bilishga qiziqishiga, o’quv faoliyati 


62 
usullarini qanchalik egallaganlik darajasiga, bilimlarni o’zlashtirib olishga 
ko’maklashuvchi ko’nikma va malakalarning mavjudligiga hamda ularni asoslash, 
isbotlash, ishonch hosil qilish kabi ijodiy tafakkur sifatlariga diqqat-e’tibor qilishi 
lozim. 
Tafakkur tanqidiyligining rivojlanishi ilk o’spirin o’quvchilarni moddiy 
dunyoni mustaqil o’rganishga,
 
barcha o’quv materiallarini puxta o’zlashtirishga, 
dars jarayonida tashabbuskorlik va faollikni oshirishga yetaklaydi. Bundan 
tashqari, voqyelikni isbotlash, asoslash ko’nikmalarining paydo bo’lishiga imkon 
yaratadi, obyekt to’g’risida hukm va xulosani tasdiqlash yoki

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin