Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Ilk o’spirin va kasb tanlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Ilk o’spirin va kasb tanlash 
Endigina o’sib kelayotgan ilk o’spirinlik yoshidagi o’quvchilar kasbga 
qanday yondashadilar? Bu muammo ko’pchilikni qiziqtiradi. Kuzatishlardan va 
turmush tajribasidan ma’lumki, odatda ilk o’spirinlik yoshidagi o’g’il-qizlar 
hayotda mustaqil qadam tashlash to’g’risida aniq, asosli fikr bildirishga 
qiynaladilar. Shu sababli kasb tanlash davrida oqilona va to’g’ri yo’l tutishni 
bilmay dovdirab qoladilar yoki tavakkaliga ish ko’radilar. O’zlarining 
imkoniyatlarini hisobga olib harakat qilishga ojiz bo’ladilar. Natijada noxush 
kechinmalar, 
umidsizliklar, 
ijtimoiy 
sustlik 
holatlari 
vujudga 
keladi. 
O’quvchilarning ba’zilari kasb tanlashda yaqqol ko’zga tashlanib turgan 
namunalarga taqlid qiladilar. Bunda o’z atroflaridagi yaqin kishilarni nazarda 
tutadilar, ularning yo’lidan borishni mo’ljallaydilar. Kuzatishlarimizning birida G’. 
ismli ilk o’spirin (akademik lisey o’quvchisi) o’z kelajagi haqida quyidagi fikrlarni 
bildirdi: “Ehtimol qishloq xo’jalik texnikumiga o’qishga kirarman. U menga 
tanish. Unda akamlar o’qiganlar. Balki jamoa xo’jaligida qolib ishlarman. 
O’qituvchi bo’lish orzum ham bor.
Chunki pedagogika institutida tog’amlar ta’lim olmoqdalar...” O’quvchining 
bu mulohazasini tahlil qilishning hojati yo’q, chunki unda biror maqsadga 
yo’nalgan g’oya mavjud emas. 


37 
O’quvchilar kollejda fanlarning asoslaridan bilim oladilar, har qaysi ilk 
o’spirin fizika yoki matematika bilan tanishadilar. Biroq ularning hammasi 
kelajakda fizik yoki matematik kasbini egallashni xohlayvermaydi. Unda yer 
kurrasi o’rganiladi, barcha planetalarning xususiyati bilan tanishiladi, uzoq qit’alar 
dunyo xalqlari tarixi va san’ati bo’yicha bilimlar beriladi. Ammo barcha 
o’quvchilar sayyoh bo’lishni istamaydi. Fan asoslari o’quvchilarga keng ko’lamda 
ma’lumot va axborotlar berishga moslashtirilgan bo’lib, o’spirinlar olingan 
bilimlarning kelajak, shaxsiy turmush, bilimdon shaxs bo’lish uchun amaliy 
ahamiyatini anglab olishi kerak. 
O’quvchilarda biror o’quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga 
qiziqish vujudga keladi. Tanlangan kasbni o’zlashtirish bilan bog’liq fanga qiziqish 
ham orttiradi. Natijada to’garak, mashg’ulotlariga va fakultativ kurslarga ko’chish 
imkoniyati vujudga keladi. Bunday imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. 
Akademik lisey va kollej o’quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, 
qobiliyatlari, iste’dodlari asosida tanlagan kasblariga to’g’ri yo’naltirish o’spirinlar 
uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash jarayonida ilk o’spirinlarga 
o’qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o’z kasbining ustalari, murabbiylar alohida 
e’tibor berishlari kerak. Ko’p hollarda ular kattalarning maslahat va tavsiyalarini 
hisobga olgan holda qat’iy bir qarorga kelishlari mumkin, chunki ular o’z 
xohishlarini har tomonlama asoslab bera oladilar. 
V.A.Kruteskiyning ma’lumotlariga qaraganda, pedagogika instituti 
talabalarining yarmi o’qituvchilik kasbini yoqtirib o’qishga kirgan. Ularning 
qolgan qismi esa institutga tasodifan kirib qolgan. Biroq bu oliy o’quv yurtiga o’z 
xohishi bilan kirgan talabalar orasida ham har xil mulohazalar mavjud. Pedagog 
kasbini yoqtirib o’qishga kirgan talabalarning chorak qismi faqat olgan bilimlarini 
boshqalarga o’rgatish maqsadini bildirgan bo’lsalar, yana shuncha ilk o’spirinlar 
institutda o’qitilayotgan biror fanni sevganlari uchun o’qishga kirganini aytgan. 
Talabalarning beshdan bir qismi bolalarni chin ko’ngildan yaxshi ko’rgani uchun 
o’qituvchilik kasbini tanlagan. 
Akademik lisey va kollejni bitirgunicha hamma o’quvchilar kasbini qat’iy 
tanlaydi, deyish mumkin emas. Ularning aksariyati o’zi kelajakda kim bo’lishini 
tasavvur ham
qila olmaydi va kelajak rejasini ham tuzmaydi. Ilk o’spirinlarning 
ko’pchiligi ta’lim muassasini tugatgandan so’ng oliy o’quv yurtida ham o’qish 
to’g’risida gapiradilar, bu haqda orzu qiladilar. Lekin unga kira olmagan, ya’ni 
o’zining asosiy maqsadiga erisha olmagan yoshlar tushkunlikka tushadilar. Butun 
orzu-umidlarim barbod bo’ldi, deb o’ylaydilar, ba’zilari kelgusi yilda o’qishga 
kirishga umid bog’laydilar. Kasb-hunarga har xil munosabatlar hosil bo’lishining 


38 
asosiy sababi maktabda o’qish davrida kasb tanlash bo’yicha turli xil niyatlar 
paydo bo’lishidir.
V.A.Kruteskiy ilk o’spirinlarda uchraydigan motivlardan quyidagilarni 
alohida ifodalaydi:
a) biror o’quv faniga qiziqish;
b) vatanga foyda keltirish istagi (o’ziga xos psixologik xususiyat va 
qobiliyatni hisobga olmagan holda); shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilish;
g) oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik);
d) do’stlari va o’rtoqlariga ergashish;
ye) ish joyi yoki o’quv yurtining uyiga yaqinligi;
yo) moddiy ta’minlanish;
j) o’quv
 
yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi. 
Shuningdek, boshqa turdagi motivlar, masalan, shaxsning biror kasbga, 
fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to’g’risidagi ma’lumoti, o’zining 
sihat-salomatligi, asab sistemasining va temperamentining xususiyati va hokazolar 
ham bo’lishi mumkin. 
Ilk o’spirinlarda kasblar haqida yaqqol tasavvur bo’lmasligi sababli, ular 
ko’proq xatoga yo’l qo’yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo’lgan kasb 
qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib yetmaydilar. O’z qobiliyatlarini 
oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni egallash uchun qanchalik tez 
va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari mumkinligini 
bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko’ngilsiz holatlarning oldini olish va bartaraf 
etish imkoniyatlari mavjud.
Buning uchun quyidagi pedagogik-psixologik omillarga alohida e’tibor 
berish maqsadga muvofiqdir:
1)
 
kasblarni o’rganish usullarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo’nda 
qilib ifodalash;
2) o’qituvchining kasblar bo’yicha tashviqot ishlari olib borishi, 
o’quvchilarga kasblar yuzasidan maslahatlar berishi ilk o’spirin va uning ota-onasi 
bilan birga kasbga yo’naltirish tadbirlarini ko’rib chiqishi;
3) ularni kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish;
4) mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni kasbga tayyorlash va qiziqish 
uyg’otish;
5) psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining amaliyotga tatbiq qilishga 
moslashtirilgan turlarni ishlab chiqish;
6) joylarda zamon talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; 
7) kasb tanlash targ’iboti yuzasidan ilk o’spirinlarni ommaviy axborot 
vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan tayyorlash. 


39 
Tadqiqotchilar va amaliyotchilar tomonidan kasbga yo’naltirishning usul va 
usuliyatlari ishlab chiqilgan. Kasblarni xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni 
ma’lum tartibga solib ifodalab berishga erishilgan. Bu borada Ye.A.Klimovning 
sxemasi alohida ahamiyatga ega. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi: 
1.
 
Polizchi, chorvador, asalarichi, zootexnik, agronom, o’rmonchi − bionika 
mutaxassisligi “inson − tabiat”. 
2. Chilangar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, muhandis − texnika 
mutaxassisligi “inson − texnika”. 
3. Ofisiant, sotuvchi, hamshira, o’qituvchi, tarbiyachi, tashkilotchi − 
sosionomika mutaxassisligi “inson − inson”. 
4. Bo’yoqchi, nusxa ko’chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki 
pardozlovchi, bastakor, yozuvchi, rassom − artonomika mutaxassisligi − “inson − 
badiiy obraz”. 
Oddiyroq ifodalansa, kasblarni tabiatga xizmat qilishga, texnikaga xizmat 
qilishga, insonga xizmat qilishga va badiiy obrazlar ustida ishlashga doir kasblarga 
ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifida ularning ko’pchiligi 
ifodalanmagan. Ana shu guruhlarga unlab yondosh kasb-hunarlarni kiritish 
mumkin. 
Kasb tanlashga yo’llash va kasblarni targ’ib qilish usullaridan biri − 
ko’rsatmali vositalar, ya’ni fotostendlardan, kitoblar ko’rgazmasidan, yosh rassom 
va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulidan, naqqoshlik va texnika to’garagi 
ishlaridan foydalanishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiya uyushtirish 
orqali ham ayrim kasblarga qiziqish uyg’otish mumkin. 
Yuritilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, kasb-hunar to’g’risida 
axborotlar, maslahatlar berishning o’zi ongli ravishda kasb tanlash uchun yetarli 
emas. Shunga ko’ra, ilk o’spirin o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish, 
ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish ularga o’zlarini muayyan faoliyatda sinab 
ko’rish imkoniyatini yaratadi. Lekin kasbga yo’naltirishning boshqa yo’l va 
vositalarini ham qidirish va qo’llash kerak. 
Mehnat psixologiyasining mutaxassislari kasbga yunaltirishning boshqacha 
usullarini: barcha fanlarni o’qitishning politexnik jihatini chuqurlashtirishni; tabiiy-
matematik fanlarda atrofdagi ishlab chiqarishdan obyekt sifatida foydalanishni; 
ijtimoiy turkumdagi fanlarni o’qitishda o’lkashunoslik materiallarini qo’llab 
o’quvchilarning kasbga qiziqishni oshirish, mehnatga ishtiyoq uyg’otishni; 
darslarda kasblar haqida axborotlar berib borishni; mehnat sohalari bilan 
o’quvchilarning mustaqil tanishishi uchun sharoit yaratishni tavsiya etmoqdalar. 
Qishloq sharoitida kasb tanlash bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlar ham 
mavjud. Chunonchi, yozda o’quvchilarni ishlab chiqarishga bemalol jalb etish 
mumkin. Bunda jismoniy mehnatga ularni qiziqtirish, mehnat nashidasidan 


40 
bahramand etish, ularda mamnuniyat hissini tarkib toptirish, ularda rejali mehnat 
qilish ko’nikmasini vujudga keltirish, javobgarlik va mas’uliyat hissini tarkib top-
tirish lozim. Ilk o’spirinlarni mehnatga tayyorlanishga rag’batlantirishni malaka 
darajasini berish bilan yakunlash ma’qul. Ishlab chiqarish mavsumida o’quvchilar 
brigadalarini tuzishda ularning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va aqliy kamolotini 
hisobga olish zarur. Brigadalarda ishlash mehnat va kasbga psixologik tayyorgarlik 
bosqichi bo’ladi. O’quvchilar o’zining qaysi kasb-hunarga yaroqliligi yoki 
yaroqsizligini amaliy ishlarda sinab ko’radilar va o’zlariga ishonch hosil qiladilar. 
Kasb tanlashda ilk o’spirin yigit-qizlarda qator maqsadlar vujudga kelishi 
mumkin. Dastlabki maqsad − bosh maqsad deb ataladi va u umumxalq mehnatiga 
o’z ulushini qo’sha olamanmi, qanday inson bo’lib yetishaman, hayot va faoliyat 
ideallarim nimalar bo’lishi lozim, degan fikrlardan iborat bo’ladi. Yaqin va yaqqol 
maqsad − dastlabki faoliyat sohasi, mutaxassislikni qanday va qayerda egallash, 
o’qishni tugatgach, dastlabki mehnat faoliyat qaysi lavozimdan boshlanishi, 
mehnat mahoratini oshirish istiqbollari haqidagi mulohazalardan tashkil topadi. 
Psixologik nuqtai nazardan maqsadga erishishning tashqi va ichki shart-sharoitlari 
mavjud. Tashqi sharoitlarga maqsad yo’lidagi har xil qiyinchiliklar, 
qarama­qarshiliklar, ziddiyatlar mazkur muassasa yoki tashkilotning imkoniyatlari, 
muayyan subyektga − yosh kasb egasiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan qarshiligi va 
hokazolar kiradi. Maqsadga erishishning ichki shart-sharoitlariga shaxsning 
imkoniyatlari, sihat-salomatligi, aqliy qobiliyati, tirishqoqligi, irodaviy sifatlari 
(chidamliligi, sabr-toqati) tanlagan kasbi bo’yicha ishlashi uchun zarur fazilatlari 
va hokazolar kiradi. 
Psixologiya fanida maqsadga erishish faoliyatining qo’shimcha, yordamchi 
turlari ham amalda uchrab turadi. Ular asosiy maqsad vositalari ish bermay 
qolganda qo’llanadi. Ilk o’spirinlar tajribasida shunday hollar ro’y beradiki, asosiy 
maqsadni amalga oshirishda, yengish qiyin to’siqlarga duch kelinadi, ana 
shundagina yordamchi vositalardan foydalaniladi.
Bunday holatni tasavvur etish uchun ularning tajribasidan quyidagi 
ko’chirmani keltiramiz: “Tanlov bo’yicha yaqin oradagi kasb-hunar kollejiga kira 
olmayman, shuning uchun xuddi shu mutaxassislik bo’yicha kollejga kirish uchun 
harakat qilaman...” Kasb tanlovchi ilk o’spirinning mulohazasidan ko’rinib 
turibdiki, u bir emas, balki bir nechta qo’shimcha maqsaddan foydalanishga 
intilyapti. Shunga o’xshash maqsadga erishishning qo’shimcha, yordamchi yo’l va 
vositalari uchrashi mumkin. Qo’yilgan maqsadni ro’yobga chiqarish uchun intilish 
kasb tanlash jarayonida ularning shaxsiyatida jur’atlilikni vujudga keltiradi. Bu 
fazilat ilk o’spirin shaxsining ajoyib yutug’idir. 
Akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarining professiogramma 
bilan tanishishida asosiy maqsad quyidagi tarkibiy qismlarni, jihatlarni o’z ichiga 


41 
qamrab oladi: a) asosiy mehnat qurollari − kasb tanlovchining diqqati, shijoati, 
fikr­xayoli − xuddi shu qurollariga qaratilgan va yo’naltirilgan bo’lishi kerak; b) 
asosiy mehnat operasiyalari: mehnat quroli bilan qanday faoliyatni amalga oshirish 
imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi sohalarda ishlatish mumkinligini bilish; 
ishlab chiqarish jarayonidagi operasiyalarning rolini to’g’ri tasavvur qila olish; 
operasiyalarning yangi variantlarini qidirib topish uchun harakat qilish; v) asosiy 
qurollar va vositalar; qo’l asboblaridan − chilangar, xirurg, g’ijjakchi, kamon 
chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini 
qurshagan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazolar. 
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, ilk o’spirinlarni o’z qiziqishlari, mayl, 
ehtiyoj, iqtidor, qobiliyat, ko’nikma va malakalarini hisobga olgan holda kasb 
tanlashga yo’naltirish jamiyatning rivoji uchun puxta zamin hozirlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin