Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Ilk o’spirinlik yoshida shaxsning kamol topishi 
Ilk o’spirinlik yoshidagi o’zgarishlar maktab, oila, shaxslararo 
munosabatlardagi mavqyeni yanada mustahkamlashning muhim omili hisoblanadi. 
Lekin yetakchi omil yangicha ta’lim muassasa o’quvchisi faoliyatining xususiyati, 
mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir. 
Ilk o’spirinlarda avvalo o’zini anglashdagi siljish yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Bu hol shunchaki o’sishni bildirmaydi, balki o’z shaxsiyatining ma’naviy-
psixologik fazilatlarini, faol ijtimoiy turmush tarzining maqsad va vazifalarini 
anglashni, oqilona baholashni aks
 
ettiradi. Ilk o’spirinda o’zining ruhiy dunyosini, 
shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga 
intilish kuchayadi. O’z xulq-atvorini jilovlash, his-tuyg’ulari hamda ichki 
kechinmalarini tushunish ishtiyoqi vujudga kela boshlaydi. 
Ilk o’spirindagi o’zini anglash turmush, o’qish, mehnat va sport faoliyatlari 
taqozosi bilan namoyon bo’ladi. Yangicha ta’lim muassasidagi odatlanilmagan 
vaziyatning shaxslararo munosabat va muloqot ko’lamining kengayishi o’zining 
aqliy, axloqiy, irodaviy his-tuyg’ularining xususiyatlarini oqilona baholash, 
qo’yilayotgan talablarga javob tariqasida yondashish o’zini anglashni 
jadallashtiradi. 
Bunday ta’lim tizimidagi o’quvchilarning o’zini anglashga aloqador 
xususiyatlari mavjud. Ular avval, o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va 
kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga 
ega bo’ladilar. Agar o’smirda atrofdagi kishilarning oqilona baholashlari orqali 
aniq baholash yuzaga kelsa, ilk o’spirinda bu holat boshqacharoq tarzda kechadi, 
unda o’z shaxsiy fazilatini, xulq-atvorini, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatini 
tahlil qilish, qiyosiy baholash mayli kuchayadi.
Ilk o’spirin o’smirga qaraganda o’z ma’naviyati va ruhiyatining 
xususiyatlarini to’laroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda 
kamchiliklarga yo’l qo’yadi. Natijada u o’z xususiyatlariga ortiqcha baho berib, 
manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo’ladi, sinf (kurs) va 
pedagoglar jamoalarining a’zolariga g’ayritabiiy munosabatda bo’la boshlaydi. 
Shuningdek, ayrim ilk o’spirinlar o’z xatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va 
qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar.


29 
Akademik lisey, kasb-hunar kolleji o’quvchisining o’smirlik yoshi davridagi 
boladan boshqacha yana bir xususiyati − murakkab shaxslararo munosabatlarda 
aks etuvchi burch, vijdon hissi, o’z qadr-qimmatini e’zozlash, sezish va 
fahmlashga moyillikdir. Masalan, o’spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, 
nafis holatlarning farqiga borish, zaruratni tez anglash, xolisona yordam 
uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ilk 
o’spirin o’zining ezgu niyatini baholashga jamoada o’z o’rnini belgilash nuqtai 
nazardan yondashadi, chunonchi “O’zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?” 
“Jonajon respublikamga, ota-onamga munosib farzand bo’la olamanmi?” 
“Jamiyatning taraqqiyotiga o’z ulushimni qo’sha olamanmi?” degan savollarga 
javob qidiradi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’quvchida o’zining fazilati to’g’risida 
yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o’qituvchiga unga juda ustalik, bilimdonlik, 
ziyraklik bilan yordam berishi lozim. U o’zining do’stona, iliq munosabati bilan 
sinf jamoasi a’zolari e’tiborida ishonch, obro’ qozonishi uchun har bir 
mulohazasida pedagogik-psixologik nazokatga rioya qilsa
 
yigit va qizlarda ham 
o’z kuchiga, imkoniyatiga, qobiliyatiga, fahm-farosatiga ishonch hissini paydo 
qiladi. Ularda ustozga chuqur hurmat, minnatdorchilik tuyg’ulari uyg’onadi. 
Ilk o’spirin o’quvchida o’zini anglash negizida o’zini o’zi tarbiyalash istagi 
tug’iladi va bu ishning vositalarini topish, ularni kundalik turmushga tatbiq qilish 
ehtiyoji vujudga keladi. Lekin o’zlarining o’zini o’zi tarbiyalashi psixologiyasidagi 
mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan 
kifoyalanib qolmay, ularni kattalarga xos ko’p qirrali umumlashgan idealga mos 
ravishda tarkib toptirishiga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Ilk o’spirinlik davrida o’quvchilar o’zlarida eng qimmatli fazilatlarni, o’quv 
va malakalarni ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam tarkib toptirishga ehtiyoj 
sezadilar. Ma’lumki, mazkur toifadagi ta’lim muassasi o’quvchilari ma’naviy-
psixologik qiyofaga ega bo’lish uchun oqilona o’lcham, mezon, vazifalarini 
bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar. 
Ilk o’spirinlarda ideallar bir necha ko’rinishda namoyon bo’lishi va aks 
etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramon 
timsolida o’zlarida yuksak fazilatlarni (sifatlarni) gavdalantirishni orzu qiladilar. 
Biroq yigitlar bilan qizlar o’rtasida ideal obrazini tanlashda katta farq bo’ladi. 
Masalan, qizlar ko’pincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli 
jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlangan 
qiyofalarni ideal darajasiga ko’taradilar. Ammo ayrim o’quvchilar tarixiy 
shaxslarning masalan, baquvvat yo’lto’sar, oq ofiser, quv josus va boshqalarning 
salbiy sifatlariga taqlid qilishga ham moyil bo’ladilar. 


30 
Ilk o’spirin o’quvchilarning o’zini o’zi tarbiyalashi o’quv yurtidagi 
jamoatchilik tashkilotlarining, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida 
amalga oshishi shart. Zeroki, o’zini o’zi takomillashtirish jamoada munosib o’rin 
egallash, ijtimoiy burchni anglash va foydali mehnatga qiziqishga xizmat qilishi 
kerak.
Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko’rsatishi ba’zi hollarda ilk o’spirinlar 
o’zlarini qo’rqmas, jasur qilib ko’rsatishga, noo’rin xatti-harakatlarga moyil 
bo’ladilar, qaltis yo’llar bilan o’z irodalarini tarbiyalashga intiladilar, goho 
hayotlarini xavf ostida qoldirishgacha borib yetadilar. Shuning uchun ularga sun’iy 
usullar va vositalar yordamida qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin emasligini 
tushuntirish kerak. Shuningdek, ularni oqilona, maqsadga muvofiq samarali 
usullardan foydalanish yo’llari bilan tanishtirish, haqiqiy chiniqish malakalari bilan 
qurollantirish yaxshi natija beradi. 
Akademik lisey, kasb-hunar kolleji o’quvchilari ma’naviy xislatlarga, axloq 
normalarining mohiyatiga jiddiy munosabatda bo’ladilar. Ular axloqiy turkumlar, 
birliklarning mazmunini, chuqur anglay boshlaydilar, har qaysi axloqiy 
tushunchaning nozikligi va ko’p ma’noligini bilishga harakat qiladilar. Masalan, 
burch, vijdon, g’urur, qadr-qimmat, faxrlanish, mas’uliyat, or­nomus kabi 
tushunchalarni chuqur tahlil qila oladilar. Lekin ularning hammalarini bu axloqiy 
tushunchalarni yaxshi anglaydilar, deb bo’lmaydi. Shunga ko’ra, to’g’ri axloqiy 
qarashlar, tasavvurlar tarkib topishi uchun adolatli turmush tarzining o’zi yetarli, 
deyish mumkin emas. Va pedagog xotirjamlikka yo’l qo’ymasligi, sog’lom muhit 
yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun doimo izlanishi zarur. 
Shuningdek, maktabda, kollejda tarbiya ishlari izchil olib borilmasa, yigit va 
qizlarda chinakam, barqaror e’tiqodlar shakllanmaydi. Ilk o’spirinlarda axloqiy 
tushunchalarni oqilona shakllantirish lozim, ularga nojo’ya xulq-atvor, chet el 
filmlarining mazmuni ma’naviyatga va ruhiyatga salbiy ta’sir etishini tushuntirish 
zarur. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba 
berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash pedagoglar jamoasining muhim 
vazifasi hisoblanadi.
 
Ilk o’spirinlarda balog’atta yetish tuyg’usi takomillashib borib, o’zining 
o’rnini belgilash va ma’naviy dunyosini ifodalash tuyg’usiga aylanadi. Bu hol 
uning o’zini alohida shaxs ekanligini, o’ziga xos xislatini tan olinishiga intilishida 
aks etadi. Bunga esa moddalarga mayl qo’yish, murakkab tasviriy san’atga, 
musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga qiziqishni namoyish qilish yaqqol dalildir. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ilk o’spirin yoshidagi qizlar katta yoshdagi 
kishilarning ta’siriga osonroq beriladi. Ilk o’spirin yigitlar esa kattalardan ko’ra 
tengdoshlari ta’siriga ko’proq beriladilar. Shuning uchun maxsus o’quv yurti 
o’quvchisi shaxsining tarkib topishiga maktab muhiti xususan sinf jamoasi, rasmiy 


31 
va norasmiy tengqurlar guruhi kuchli ta’sir etadi. Sinf, kurs jamoasi umumiy 
maqsadni belgilashga, jamoa a’zolari o’rtasidagi munosabatlar o’rnatishga, shaxsiy 
va jamoatchilik munosabatlar rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. Sinf va 
maktab jamoalari ta’sirida matonatlilik,
 
jasurlik, sabr-toqatlilik, kamtarlik, 
intizomlik, halollik, hamdardlik kabi fazilatlar takomillashadi va xudbinlik, 
loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo’rqoqlik, g’ayrlik singari
 
illatlarning barham topishi tezlashadi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ahillik, birlik, 
yagona maqsadga intilish,
iliq psixologik muhit mavjud salbiy xatti-harakatlarni 
yo’qotish uchun xizmat qiladi. 
Kollej o’quvchilari shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlari 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ularning yuksak talablar qo’yishi natijasida ilk 
o’spirinlarda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, 
tanqidiylik 
singari 
fazilatlar 
barqarorlashadi. 
Mazkur 
tashkilotlap 
ilk 
o’spirinlardagi g’oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik, jamoachilik, insonparvarlik, 
o’zaro yordam, hamkorlik tuyg’ularini mukammal bosqichga ko’taradi.
Ana shularni kuzatib tadqiq etgan psixolog L.I.Umanskiy tashkilotchilik 
qobiliyati o’zaro uzviy bog’liq quyidagilardan iboratligini ta’kidlaydi:
1) tashkilotchilik tuyg’usi (psixologik topqirlik, kashfiyotchilik, nazokat, 
amaliy aql-idrokda o’z ifodasini topadi);
2) 
tengdoshlariga 
emosional-irodaviy 
ta’sir ko’rsatish imkoniyati 
(muammolar yechimiga jalb qilish, ularning kuch-g’ayratini biriktirish);
3) tashkilotchilik faoliyatiga moyillik (emosional his-tuyg’u, ijobiy 
munosabat, faollik ko’rsatish, qat’iy qiziqish va hokazolar); L.I.Umanskiyning 
fikricha, ilk o’spirin namunali tashkilotchi bo’lishi uchun unda quyidagi xislatlar 
bo’lishi kerak:
a) axloqiy xislatlar − jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, faollik, 
mehnatsevarlik;
b)irodaviy xislatlar − matonat, qat’iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik,
batartiblik, intizomlilik;
v) emosional xislatlar − xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni 
his etish, o’z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar. 
Ilk o’spirinlarning yana bir muhim xislati ularda yuksak darajadagi do’stlik, 
o’rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Shu his-tuyg’ular yigit va 
qizlarning ma’naviyati va psixologiyasida qanday tus olishiga qarab, tarbiyaviy 
chora va tadbirlarni amalga oshirish yaxshi natija beradi. Sinfdagi hamkorlik 
faoliyatida o’zaro yordam hamjihatlilik, intilish va manfaatlar birligiga asoslangan 
o’rtoqlik munosabatlari yuzaga keladi. O’rtoqlik munosabatlarining yuksak 
cho’qqisi do’stlik hissida namoyon bo’ladi. Do’stlik hissi o’rtog’iga mehribonlikda 
u bilan uchrashish va suhbatlashish, o’z fikr va hissiyotlari bilan o’rtoqlashishda 


32 
ko’rinadi. Haqiqiy do’stlik hissi o’zaro talabchanlik bilan bog’liq bo’lib, xatolarni 
birgalikda tuzatishda ifodasini topadi. 
Yigit bilan qiz o’rtasida muhabbat tuyg’usi vujudga kela boshlaydi. 
Muhabbatning quvonchli lahzalari, iztirobli kechinmalari ikkala yoshning 
ruhiyatini egallaydi va tobora chuqurlashib boradi, ular uchun dastlabki hayot 
sinovi vazifasi bo’ladi. Mazkur his-tuyg’u o’spirinlarning o’zaro yaqinligi, hayotga 
qarashlari, qiziqishlari, didlari va ezgu niyatlarining umumiyligi hamda butun 
umrga ahillik, ittifoqlik umidini bag’ishlagan shodlik bilan xarakterlanadi. 
Ilk o’spirin o’quvchilarda tabiat, san’at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot 
go’zalliklarini payqash, idrok qilish, sevish, ulardan ta’sirlanish, ma’naviy ozuqa 
olish xislatlari paydo bo’ladi. Ularning psixologiyasida mayin sado, yoqimli nido, 
qalbni to’lqinlantiruvchi musiqa, nozik his-tuyg’u, ezgulik hislari, mayllari 
kuchayadi. Ayniqsa, estetik hislar ularning ma’naviyatidagi qo’pol, noxush, xunuk 
va yoqimsiz qiliqlarning yo’qolishiga yordam beradi. Lekin bundan ilk o’spirinlar 
jo’shqin, keskin, shavq va zavqli damlardan butunlay voz kechadilar, degan ma’no 
kelib chiqmaydi.
Shunga qaramay, ilk o’spirin yigit va qizlar orasida estetik tuyg’usi to’la 
shakllanmagan, noto’g’ri tasavvurga ega bo’lgan shaxslar ham uchraydi. Ularda 
estetik his-tuyg’u o’ziga xos qarashlar va nuqtai nazarning o’sishida ilm-fan va 
texnikaning rivoji, tafakkurning takomillashuvi, taqlidchanlik muhim rol o’ynaydi. 
Buning uchun muayyan reja asosida turli muzeylar ko’rgazma va konsert zallariga, 
kino, teatr, radio va telestudiyaga sayohatlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir. 
Mazkur o’quvchilarning o’quv mashg’uloti o’z xususiyati va mazmuni bilan 
boshqa yosh davridagi o’quvchilarning ta’lim jarayonidan tubdan farq qiladi. 
O’quv rejasi va dasturining murakkablashuvi, yangi fanlar va fakultativ 
kurslarning kiritilishi o’zlashtirishni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirishni 
taqozo etadi. Ana shu sababli ularning munosabati ham o’zgaradi, ularda fanlarga 
turlicha munosabatlar shakllana boshlaydi.
O’quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan qaysi fanning inson 
dunyoqarashidagi roliga faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga amaliy xususiyatiga 
o’zlashtirish imkoniyatiga va uni o’qitish metodikasiga bog’liq bo’ladi.
Ushbu yoshda bilishga qiziqish amaliy xususiyat kasb eta boshlaydi. 
Masalan, bu qiziqish ijtimoiy-siyosiy masalalarga, texnikaga, tabiatga, osmon 
jismlariga, jamiyatshunoslikka, huquqiy muamolarga, sport va hokazolarga 
yo’nalgan bo’ladi. Ularning to’garaklarda faol qatnashishi qobiliyat va aqliy 
imkoniyatlariga qarab amalga oshadi. 
Ilk o’spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik, takomillashib boradi, mantiqiy 
xotira, eslab qolishning yo’l va vositalari esa ta’lim jarayonida yetakchi rol o’ynay 
boshlaydi. Ular topshiriqlarni bajarishda uning ma’nosi hamda mohiyatini to’la 


33 
anglab ish tutadilar, eslab qolish, esda qolish, esga tushirish jarayonlarning 
samarali usullaridan unumli foydalanadilar. Bu jarayonlar muvaffaqiyatli amalga 
oshishini ta’minlovchi diqqatning sifati va miqdori o’zgaradi. Diqqatni ko’chirish 
va taqsimlash sezilarli
rivojlanadi, boshqalarning nuqtai nazariga e’tibor berish, 
ularning nutqini tinglash, yozib olish, mulohaza yuritish mahorati oshadi va aqliy 
qobiliyati takomillashadi.
Ilk o’spirinlarning tafakkuri tobora faol, mustaqil va ijodiy xususiyatlarga 
ega bo’lib boradi. Lekin ularning
 
fikr yuritishida birmuncha obyektiv va subyektiv 
kamchiliklar uchraydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin