43
Akademik lisey va kollejda o’qish davrida har ikkala jinsdagi o’quvchilar
o’zaro do’stona munosabatda bo’lishlari, bir-biriga yordam berishlari, o’zaro
hurmatda bo’lishlari shart. Lekin ular o’rtasida muqaddas, hyech buzilmaydigan
parda, chegara bo’lishi ma’qul. Yigitning burchi qizni avaylash, uning sharm-
hayosini paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o’z navbatida
uyatchan, sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g’ururli, nazokatli
bo’lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan xatti-harakat va hirsga
berilmaslik kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo’ygani
yaxshi.
Ilk o’spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv
yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo’lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ularni
oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirish
kerak, albatta. Ularga oilada bo’lib turadigan janjallarda oxirini o’ylab ish tutish
zarurligini uqtirish lozim.
Nikohga tayyorgarlikning muhim jihatlaridan biri kuyov-qayliqning o’zaro
qaynota, qaynona, qarindosh-urug’lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi
burchlarini anglab olishdir.
Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy shartlaridan biri − kelinning
boshqa sharoitga ko’nikishi, begona turmush tarziga moslashuvidir. Uning
sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga, notanish qadriyatlarga,
an’analarga, marosimlar, rasm-rusmlarga o’rganishi ham oson emas. Bularning
xammasi yosh kelinning jismoniy, axloqiy, ma’naviy va ruhiy jihatdan
tayyorgarligini talab qiladi.
O’qituvchilar akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarining ota-
onalari bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tiborni bolalar ruhiy dunyosining
murakkab tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o’zini o’zi
tanqid, o’zini tuta bilish, o’z xatti-harakatini nazorat qilish va to’g’ri baholash,
o’zini idora qilish kabi xususiyatlarni rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona o’z
nutqida yoqimsiz iboralarni ishlatmasligi, mantiqsiz, yoqimsiz ohang bilan
bolalarni ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy
fikrlarni aytishdan saqlanishlari kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka,
samimiylikka, sof vijdonli bo’lishga nima yetsin! Mazax qilish, ba’zan noo’rin
hazillashish orqali ham farzandlarning murg’ak qalbini cho’ktirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: