Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi 
Keksayish davriga 61 (56)−74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi 
kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh 
davrlardagilardan ajralib turadi.
Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin:
a) mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo’lmagan erkak va ayollar;
b) nafaqaxo’r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu 
jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. 
Ularning his-tuyg’ulari yashash tarziga muvofiq namoyon bo’ladi.
Ularning his-tuyg’ulari vujudga kelishi jihatdan ikki xildir:
1) barqaror kayfiyat, hotirjamlik tuyg’usiga ega bo’lgan, o’z qadr-qimmatini 
saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar;
b) kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga 
aylangan, tabiat va jamiyat go’zalliklaridan bahramand bo’layotgan, ijtimoiy 
faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir 
guruhi moddiy boylik ma’naviyat bilan qo’shib olib borishga intilsalar, boshqalari 
to’plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrini hotirjam, 
zahmat chekmay o’tkazishga ahdu paymon qilgan erkak va ayollardan iboratdir. 
Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala omilning mahsuli 
hisoblanadi. 
Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham 
o’zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo 


68 
bo’ladi. Erkak va ayollar o’rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko’zga tashlana 
boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha 
(farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim, 
ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o’z 
aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy 
zaiflikdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko’z 
yoshi quvonchdan bo’lsa − irodaning zaifligini ko’rsatadi, g’am-g’ussa, o’kinish, 
tug’yon sababli bo’lsa his-tuyg’uni boshqarish imkoniyati yo’qligini ko’rsatadi). 
Ayollarning tabiiy azobdan (tug’ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi, 
yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qo’zg’atuvchilarga tez 
javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining 
buzilishi, irodaviy zo’riqish, aqliy tanglik holatlari). 
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini 
o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.Shevchuk mazkur 
yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65 
yoshlilarning 24,1 foizi 70 yoshlilarning 17,4 foizi, 75 yoshlarning 7,7 foizi 
ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining 
ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika, 
fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o’rtasida 
keksayishning birinchi bosqichida (61− 66 yoshlarda) bir oz farq mavjud bo’lsa-
da, uning ikkinchi bosqichida (67−72 yoshlarda) o’sha tafovut ham yo’qolib 
borishini ta’kidlaydi. 
L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv 
faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko’rish maydonining chegarasi uchun 
quyidagilar muhim rol uynashini uqtiradi:
1) ko’rish yo’llari analizatori chekka qismlarining holati;
2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi; 
3) insonning yoshi;
4) ko’rish analizatorining faoliyat ko’rsatish sharoiti;
5) insonning jinsi. 
Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o’lchash uchun 1939 yilda 
maxsus test ishlab chiqqan va “Katta kishilar aqlini o’lchash va baholash” nomli 
kitobida test o’tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan. 
D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday yoshdagi shaxsning 
aqliy kamolot darajasini mazkur yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo’ladi. 
Buning uchun muallif aql koeffisiyenti atamasidan foydalanadi: 
AD 
AK=
·100 
KD 


69 
D.Veksler shkalasi bo’yicha 
AD 
− aqliy ko’rsatkichini, 
KD
(keksayish 
darajasi) esa shaxsning kalendar yoshini anglatib keladi. 
“Veksler batareyasi” 11 ta subtestdan iborat bo’lib, ulardan 7 tasi verbal 
(so’zlardan tuzilgan), 4 tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. Barcha 
ko’rsatkichlar bo’yicha eng yuqori natijaga 15−25 yoshlilar, boshqa ma’lumotlarga 
ko’ra 26−29 yoshlilar erishadilar: keyin 40−45 dan asta-sekin pasayish boshlanadi: 
60 − 65 yoshlarda bu ko’rsatkich yanada quyiga tushadi. 
D.Veksler keskin o’zgaruvchan va kam o’zgaruvchan yosh davri 
funksiyalariga alohida e’tibor beradi. Birinchisiga qisqa muddatli xotira, 
o’xshashlik, simvollar, Koss kubchalari: ikkinchisiga − lug’at boyligi, umumiy 
ma’lumotlilik, rasm tuzish (tartibga keltirish ma’nosida), tugallanmagan rasmlarni 
idrok 
qilish 
kiradi. 
Mazkur 
variasiyalardan 
foydalanib, 
eksperimental 
psixologiyaga yangi ko’rsatkich kiritishni taklif qiladi, u deteriorasiya koeffisiyenti 
deb ataydi (de-teriorasiya − yomonlashuv, buzilish, demakdir): 
BK

DK
= ·100 
BK
2

BK

− barqaror ko’rsatkich, BK

− beqaror ko’rsatkichni bildiradi. 
Yosh odamlarda mazkur koeffisiyent 5 foizdan oshmaydi, keksalarda esa 20 
foizga yaqinlashadi. Ko’rinib turibdiki, yosh ulg’ayishi bilan nomutanosiblik dara-
jasi o’sib boradi. 
D.Veksler testi to’g’risida har xil tanqidiy mulohazalar mavjud bo’lsa-da, 
lekin muallifning yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi dara-
jasini, o’qishga uquvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy tajribalarga asoslangan 
donishmandlikni anglatadi, degan fikr to’g’ridir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin