Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari 
Keksalik davriga 75−90 yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi 
va bunday odamlarning boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan 
xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka 
moyil hamda passiv turmush tarziga ko’nikkan qariyalar guruhlariga ajratish 
mumkin. Ijtimoiy faollik fahriyalar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida 
qatnashishda o’z ifodasini topadi. 
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg’usi paydo bo’ladi va bu 
hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin “O’g’limni 
uylantirsam, dunyodan armonim yo’q” qabilidagi mulohazalar doimiy odatga 
aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betoblikda vasiyat qilish, 
qarindosh-urug’lardan rozi-rizolik tilashishdir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega 
bo’lgan qariyalar mehnat qilishga intiladilar, biroq uning mahsulidan ko’ngillari 
sira to’lmaydi. Ular tarixiy voqyealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib 


70 
beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy 
bog’lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko’lamdagi axborotlarni 
o’zgalarga uzatish imkoniyatiga ega. 
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda 
keskin o’zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab 
sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, 
mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini to’plash va unda 
muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi 
og’riq sezgilariga nisbatan bardoshlilik tuyg’usini yemira boshlaydi. Natijada 
tashqi ta’sirni qabul qilishda diqqatni saralash xususiyati o’z ahamiyatini yo’qotib 
borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, ko’ngli bo’sh, hissiyotga 
beriluvchan xarakterli bo’lib qoladi.
Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini 
hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda 
xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, ko’pincha esda olib qolish, esda saqlash va 
esga tushirish o’rtasida ko’pgina sabablarga ko’ra nomutanosiblik tug’iladi, nati-
jada unutish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan obyektga to’play olmaslik 
oqibatida biron faoliyat turi ustida uzoq mashg’ul bo’la olmaslik vujudga keladi. 
Narsa va jismlarni noto’g’ri idrok qilish, ya’ni illyuziyalar ko’proq o’rin egallaydi.
Monokulyar va binokulyar ko’rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakter 
xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari yetakchi rol o’ynay 
boshlaydi. 
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabeklar keksalarda xotira, idrok, mantiqiy 
tafakkur, erudisiya, nutq sur’ati kabilarni tadqiq qilib, ular o’rtasidagi korrelyasion 
bog’lanishni (xotira − 0,20, idrok − 0,28, mantiqiy tafakkur − 0,37, erudisiya − 
0,33, nutq tezligi − 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va 
Zabeklar keksalik davrida tafakkurning tanqidiyligini o’rganishda deduksiya va 
sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkurning obyekti torayishi va keskin 
rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkurning 
pasayishi, o’ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini va dogmatizmga 
asoslanishini topgan. 
B.A.Grekov so’z assosiasiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining 
xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 
1) 70−80 yoshlardagi keksalikda xotira (ayniqsa mexanik esda olib qolish) 
zaiflashadi; 
2) 70−89 yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati 
saqlanadi; 
3) obrazli xotira zaiflashadi; 


71 
4) 70−89 yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqasi 
yotadi; 
5) uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 
6) 90 yoshda nutqning ichki bog’lanishi buziladi; 
7) xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo’ysunmay qoladi. 
Psixologiyada qariyalarda aqliy faollikni o’rganishda korreksion sinov va 
Krepilin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U. Shayening uch 
omilli variantlari yordamida yaratiladi. 
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez 
psixologiyasi, psixogerontologiya va tibbiyot psixologiyasi yo’nalishlarida 
o’rganish zarur ma’lumotlar to’plash imkoniyatini bermoqda. 
Sog’lom qariyalarda donishmandlik umrning oxirgi nafasiga qadar 
saqlanishi tajribalarda qayd qilindi. Psixopatologik holatlar barcha qariyalar uchun 
majburiy bosqich emasligi ham tasdiqlangan. 
Keksalik 
davrida, 
umuman 
ayollar 
bilan 
erkaklar 
o’rtasidagi 
donishmandlikda farq mavjud bo’lsa ham, lekin qariyalar orasidagi donishmandlik, 
donolik xislatlari ham ikkala ham jinsga xosdir.
Shuning uchun ikkala jins o’rtasida biologik qarishda tafovut mavjud bo’lsa-
da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv jarayonida o’zaro yaqinlik hukm suradi. 
Psixogerontologiyada yuksak ijodiy faoliyatning o’ziga xos ko’rinishlarini 
tadqiq qilish rassomlar, yozuvchilar va bastakorlarning ijodini, huquqshunoslarniig 
qobiliyati va mahoratini hisobchilarning kasbiy malakalarini o’rganish 
yo’nalishlarida amalga oshirilgan. 
G.Leman o’z tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahlil 
qilib, ularning o’ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz 
rassomi Klod Mone 50 yoshda 86 yoshigacha ijodiy quvvatini sira bo’shashtirmay, 
sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hyech qanday tushkunlik ro’y bermagan. 
Ijodiy mahsuldorlik evolsiyasi Tisian, L.Kronax, O.Tian, Mikelanujelez kabi 
o’nlab ijodkorlarga xosdir. 
G.Leman o’z tadqiqotlarida ijodiy faollikning o’ziga xos ko’rinishlarini 
yozuvchi misolida o’rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tah-
lil qilib, uning ijod chuqqisi 69 yoshda bo’lganini aniqlagan (yozuvchilar ijodiyot 
chuqqisi 34 yoshda, 43 yoshda ham uchraydi). R.Tagorning 25 yoshida yozgan 
“Kelin” she’ri bilan 78 yoshda yozgan “Sarob” asari o’rtasidagi o’xshashlik va 
ustunlik chuqur ifodalangan. 
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685−1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona 
asarlari keksalikda yaratilganini aniqlagan. G.Leman o’z tajribalarida 
huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslarni o’rganib, ular ijodiyotini 
muhim jihatlarini ochib bergan. 


72 
A.R.Luriya xotiraning o’ziga xos xususiyatini jurnalist misolida o’rganib, 
keksa kishilar psixikasi bo’yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan 
ma’lumotlar to’plagan. 
Keksalik yoshidagi chol va kampirlarda o’z shaxsiyatiga yangicha 
munosabatlar paydo bo’ladi. Ko’pincha ular o’zlarini kamroq bezovta qilishga, 
jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, 
organizmlarining toliqishiga yo’l qo’ymaydilar, iloji boricha nutq faoliyatiga 
kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Shuning uchun 
keksayganda “jon shirin bo’lib qoladi”. 
Keksalikda er-xotin o’rtasidagi munosabat yanada mustahkamlanadi, yangi 
shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar, 
kechinmalar, his-tuyg’ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, 
hamdardlik kabi yuksak tuyg’ular totuvlikni yanada mustahkamlaydi. 
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham 
xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer 
yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu so’nggi yuksak tuyg’u 
baynalmilalchilikning tabiiy ko’rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, 
orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg’ularning ifodalanishi boshqa yosh 
davridagi odamlar tuyg’usiga aslo o’xshamaydi. Shuning uchun “qari bilganni − 
pari bilmas”, − degan naql bor. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin