67
Ko’pgina olimlarning fikricha, inson yoshining ulg’ayishi bilan eshitishning
zaiflashuvi mo’tadil holat hisoblanib, organizmning biologik qarishi bilan uzviy
bog’liq ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish
qobiliyatini yomonlashtiradi. Eshitish uquvini yo’qotish erkaklarda ayollarga
qaraganda ko’p uchraydi.
Ta’m bilish sezgisida ham yosh ulg’ayishi va keksalik tufayli ayrim
o’zgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50
yoshgacha keskin o’zgarmasa-da, lekin undan keyingi o’sish davrida maza
surg’ichlari miqdorining kamayishi evaziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir
bo’ladi.
Hid sezgirligining o’zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida
karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining
sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va ko’lansa hidli moddalar bilan nafas
olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir.
Keksayganda og’riq va teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish
sezgirligi ham yosh o’tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi
degenativ o’zgarish ana shu holatni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: