Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Yosh davri: 
8 yosh 
10 yosh 
17 yosh 
Muskullarning tana 
og’irligiga nisbati: 
27 
32 
44


45 
Odatda biologik, jismoniy rivojlanish barcha ilk o’spirinlarda bioquvvatning 
oshib borishidan dalolat beradi. Ularda mehnat faoliyatining murakkablashuvi
yangi mehnat ko’nikmalari va malakalarining vujudga kelishiga olib keladi, lekin 
bunday rivojlanish ilk o’spirinlarning psixikasiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi, 
albatta. Mazkur yoshdagi qizlarda esa o’zlarining tashqi ko’rinishlariga, 
qiyofalariga nisbatan shaxsiy munosabatlari, e’tiborlari, qiziqishlari, mayllari 
tobora kuchayib boradi. Ularda, aksariyat hollarda o’zlarining tashqi ko’rinishlari 
yoki qiyofalarini anglagan yoki unchalik anglamagan holda o’zlarini yuqori 
baholashga intiladilar. Ilk o’spirinlik davrida o’g’il−qizlardagi o’zini o’zi yuqori 
baholash, noadekvatlik keyinchalik (ontogenezning keyingi bosqichida) hayoti va 
faoliyati davomida saqlanib qolishi, dinamik stereotip tus olish ehtimoli mavjud 
bo’ladi. Mazkur tendensiyani saqlanib qolish xususiyatini fransuz olimlari 
eksperimental tarzda o’rganish orqali ularda o’zini o’zi baholash darajasini 
aniqlaganlar. Tadqiqotchilar oradan 30 yil o’tgach, xuddi shu sinaluvchilarni 
yig’ib, ular bilan o’zini o’zi baholash yuzasidan tajriba ishlarini o’tkazganlar. 
Olingan natijalarni psixologik tahlil qilgan olimlarning fikrlaricha, ilk o’spirinlik 
davrida dominantlik xususiyati yaqqol ko’zga tashlanmagan sinaluvchilarda oradan 
30 yil o’tgandan keyin ham mazkur stereotip tubdan yo’qolmagan. 
Psixologik ma’lumotlarning tahliliga qaraganda, kuchsiz, zaif, past bo’yli 
yoki ko’rimsiz, notekislik fenomeni mavjud ilk o’spirinlar o’smirlardan farqli 
o’laroq injiqlik, qaysarlik qilmaydilar, tevarak−atrofdagi odamlar bilan shaxslararo 
munosabatlarda faqat nizoli holatlarga kirmaydilar. Vaholanki, bunday toifadagi 
ilk o’spirinlar o’zlarining asosiy diqqatlarini o’z−o’zini tarbiyalashga, kamol 
toptirishga, zaruriy shaxs xususiyatlarini shakllantirishga qaratadilar. Bu mayl 
ta’sirida jismoniy jihatdan kuchsiz, zaif his etgan ilk o’spirinlar fizkultura va sport 
bilan jiddiy, maqsadga muvofiq tarzda, maxsus shug’ullana boshlaydilar, qolaversa 
o’zlarining aqliy rivojlanishlariga, mustaqil fikr yuritishlariga alohida e’tibor 
beradilar. Bunday voqyelik yuzaga kelganligi munosabati bilan ushbu davrda 
kuchli va kuchsiz, bo’ydor va pakana tuzilishga ega bo’lgan o’quvchilarni
(akademik lisey, kasb−hunar kollejlari subyektlarini) toifalarga ajratish ancha qiyin 
kechadi, chunki ularning orasidagi farqlar keskin kamayadi. Favquloddagi 
vaziyatga esa akselerantlarga tez rivojlanuvchi reterdontlar o’sishdan orqada 
qoluvchilarga 
yetib 
oladilar. 
Buning 
natijasida 
ularning 
o’zaro 
qarama−qarshiliklari keskin kamaya boradi.
Ilk o’spirinlarda fiziologik rivojlanish o’smirlik davriga nisbatan ancha tinch 
o’tishligi bilan tafovutlanadi, xuddi shu boisdan o’sish va o’zgarishlarning 
yakunlovchi bosqichi deb atash mumkin. Biroq shu narsani alohida ta’kidlash 
joizki, biologik, fiziologik jihatdan ilk o’spirinlarning to’la voyaga yetmaganligi 
ularning shaxs sifatida to’kis shakllanganligini anglatmaydi. Ilk o’spirinlik 


46 
davrining o’ziga xosligi shundan iboratki, u biologik balog’atga yetishdan shaxs 
kamolotiga, ijtimoiyloshuvning navbatdagi bosqichiga o’tishni aks ettiradi. 
Mazkur davrda ham asosiy faoliyat o’qish, kasb-hunar tanlash bo’lib qolaveradi, 
lekin ularga nisbatan qiziqish biroz pasayadi, tanlab munosabatga kirishish 
kuchayadi, ya’ni differensiasiya dominantalik xususiyat kasb etadi. Bu ijtimoiy, 
ijtimoiy-psixologik voqyelikning ham o’ziga xos muayyan omillari, sabablari 
mavjud. Agarda o’smirlikda asosiy faoliyat muomala, shaxslararo munosabat 
bo’lib hisoblansa, ilk o’spirinlik davriga kelib, undan oldingi ontogenetik 
bosqichdan farqli o’laroq o’qishga nisbatan qiziqish jonlana boradi, chunki bu 
davrda ta’lim subyektlari oldida akademik lisey hamda kasb-hunar kollejlarini 
bitirishdek mas’uliyat yotganligi harakatlantiruvchi kuch funksiyasini bajaradi. 
Bilish va kognitiv jarayonlarning barqarorligi o’sganligi, takomillashganligi, 
kasbiy malakalar shakllanganligi o’quv jarayonining sifat va miqdor jihatdan 
o’zgarganligidan dalolat beradi. O’zgarishlarning miqdoriy jihatdan ko’rinishlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
1.
Yaqqol (konkret) va mavhum (abstrakt) ilmiy tushunchalar o’rtasidagi 
munosabatlar. 
2.
Kognitiv faoliyatning jarayonlari, operasiyalari rivojlanganligi: 
taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish, tasniflash va hokazo.
3.
Esda olib qolishning rasional usullarining mavjudligi (so’z-mantiq 
xotirasiga asoslangan holda). 
4.
Muammoli vaziyatlar va ularning yechimini topish imkoniyatlari. 
5.
Ijodiylik (kreasiya) usullari vujudga kelayotganligi. 
6.
O’zini o’zi baholash va nazorat qilish uquvi shakllanayotganligi. 
Odatda sifat o’zgarishlarining tarkibiga o’quv faoliyatining motivasion va 
mohiyat jihatidan o’zgarishning variantlari kiradi. Motivasion o’zgarish to’g’risida 
shuni ta’kidlash joizki, o’quv faoliyati ilk o’spirin uchun shaxslararo 
munosabatlarda o’z o’rnini topish, jamoa (sinf, kurs) ichida o’zini tasdiqlash, tan 
oldirish, mustaqil turmushga, hayotga kirishga tayyorgarlik ko’rishning motivlari 
alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu motivlarning barchasi ilk o’spirin uchun 
shaxsiy ma’no kasb etadi. Shaxsning motivasiya tuzilishida yuksak ijtimoiy 
motivlardan jamiyatning to’laqonli, tenghuquqli a’zosi bo’lish, xalqqa va Vatanga 
xizmat qilish, foyda yoki naf keltirish katta o’rin egallaydi. Bilishda, kognitiv 
faoliyatda o’quv jarayoniga va bevosita unda berilayotgan materiallarning 
(aksariyat fan asoslari) mohiyatiga nisbatan qiziqish ilk o’spirinlarda o’ziga xos 
xususiyatga ega (rasmiy yoki norasmiy nuqtai nazaridan yondashish). Yuqorida 
fikr, mulohaza va mushohadalardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, 
bu davrga kelib o’quv faoliyatining barcha motivlari (hatto ijtimoiy ahamiyat kasb 
etuvchilari ham) jipslashib, barqaror tus egallaydi. Ushbu motivlarning eng 
ahamiyatli, o’ziga xos tomonlari – bu ularning ixtiyoriyligidir. Boshqacha so’z 


47 
bilan aytganda, ilk o’spirin (akademik lisey va kasb-hunar kolleji subyektlari) 
butun faoliyatini o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga erishishga qaratishidir. 
O’quv faoliyatining bu motivasiya sohasida differensial (individual) o’zini o’zi 
baholash hamda nazorat qilish alohida o’rin tutadi. O’zini o’zi bunday yo’sinda 
baholash (orttirib, pasaytirib, xolisona, haqqoniy) ilk o’spirinning qaysi soha 
kuchli va qaysida kuchsiz ekanligini to’g’ri (adekvat) baholashga yordam beradi, 
bu esa o’z navbatida o’zini o’zi rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ro’yobga 
chiqarish, o’zini o’zi namoyon etish, o’ziga o’zi buyruq berish kabilarni 
takomillashtiradi. Buning natijasida “Men”ligini egallashga intilish tuyg’usi 
shakllani boshlaydi. 
Akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji o’quv faoliyati mohiyatining 
ikkinchi tomonini uning mazmunidagi o’zgarishlar tashkil etadi. agarda o’smirlar 
ma’lum voqyea va hodisaning shunchaki mazmunigagina qiziqsalar (ehtiyoj 
sezsalar), ilk o’spirinlar esa mazkur hodisa yoki voqyelikka nisbatan turlicha 
munosabatlarni izchil o’rganib, tahlil qilib, shaxsiy nuqtai nazarini bildirishni, 
talqin etishni (interpretasiyani) xohlaydilar. Chunki ilk o’spirinlarni bor haqiqat 
qiziqtiradi, qolaversa bu davrda ishonch-e’tiqod, dunyoqarash jadal sur’atlar bilan 
shakllanadi.
Ular har bir hodisani ko’pyoqlama, atroflicha, butun yaxlitligi va chuqurligi, 
mohiyati bilan bilishni istaydilar. Lekin shunday omil yoki sabab mavjudkim, 
buning ta’sirida ular uchun qiziqarli bo’lmagan masalalarga diqqatini jalb 
qilolmaydi, natijada o’spirinlar faoliyati susayadi. Ko’pincha ilk o’spirinlarni 
bevosita ana shu jarayonning kechishi, uning isbotlari, keltirilgan ham nazariy, 
ham empirik barcha dalillar qiziqtiradi, ularni bilish faoliyatining predmetiga 
joylashtirishni istaydi. Ular juda tez munozaraga kirishib ketadilar, chin haqiqat 
yechimini topishga intiladilar, bu esa mustaqil fikr yuritishga, ta’lim 
samaradorligidan foydalanishga harakat qiladilar.
Binobarin, baholash va baholanish istagi, bahs-munozaraga intilish mazkur 
yosh davrining eng asosiy xususiyatidir. Ular fikrlashining faolligi va 
tafakkurining mahsuldorligi bilan boshqa yosh davrlaridan keskin ajralib turadi. Bu 
narsa (voqyelik)larning barchasi turmushda fantastikada o’z aksini topadi. 
O’smirlardan farqli o’laroq ular o’z faoliyatini boshqara boradilar, hatto nazorat 
qila biladilar. Ushbu davrga kelib tafakkurning ijodiyligi jadallashadi. Shuni 
uqtirib o’tish lozimki, ilk o’spirinlarni faqat ilmiy emas, hatto ularni etik (axloqiy) 
muammolar ham qiziqtiradi. Ularda axloqiy masalalar yuzasidan kuchli baholash 
tizimi vujudga kela boshlaydi. Bu jarayonda tushunarsiz hisoblangan, tasavvur 
qilingan dalil va isbotlar ular tomonidan qabul qilinmaydi.
Ilk o’spirinlar o’z faoliyatlarida hissiyot va irodaning kuchli xatti-harakatlari 
hamda tafakkurning faolligi bilangina tavsiflanib qolmasdan, balki mustaqillikka 


48 
(shaxs sifati tariqasida) intiladilar. Ular uchun munozarali, bahsli kechalar, 
eksperimental laboratoriya mashg’ulotlari, erkin seminar mavzulari katta qiziqish, 
motiv, moyillik uyg’otuvchi stimul hisoblanadi. Bularning barchasidan unumli 
foydalanish orqaligina har bir o’qituvchi o’z o’quvchilaridan (kasb-hunar kolleji, 
akademik lisey subyektlaridan) mustaqil ravishda o’z ma’lumotini uzluksiz oshirib 
borish qobiliyatini yanada takomillashtirish mumkin. 
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni umumlashtirib shuni aytish mumkinki, ilk 
o’spirinlik davriga kelib o’quvchilarning bilish (kreativ-ijodiy) faoliyatidagi ijobiy 
o’zgarishlar, kasb-hunar motivlari, intilish, moyillik, tabiat va jamiyatga nisbatan 
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik munosabat ular shaxsining tarkib topishida 
(ijtimoiylashuvida) muhim rol o’ynaydi.
Odatda har bir yosh davrining psixologik xususiyatlari tadqiq etilganda 
undagi 
alohida 
(individual) 
shaxsning o’z 
tengdoshlari 
davrasidagi 
(mikromuhitdagi) o’rni va ular bilan o’zaro hamda shaxslararo munosabatlari 
alohida izlanish predmeti sifatida ko’rib chiqiladi. Xuddi shu bois, ilk o’spirinlik 
davrining asosiy xususiyatlaridan yana biri sifatida shuni ta’kidlash joizki, bu 
davrga kelib ularda shaxslararo munosabatlarda ota-ona, o’qituvchi, tengdoshlari, 
norasmiy guruh a’zolariga nisbatan qayta oriyentasiya (reoriyentasiya) qilish 
jarayoni tugallanadi. Ma’lumki, o’z tengdoshlari bilan muomalaga (muloqotga) 
kirishish ehtiyoji insonda 4-5 yoshidayoq vujudga kelsa-da, ushbu ehtiyoj borgan 
sari kuchayadi, jadallashadi, ko’lami ortadi, buning natijasida reoriyentasiya 
jarayoni namoyon bo’ladi, tobora barqarorlashib boradi. 
Materiallarning psixologik tahliliga qaraganda, ilk o’spirinlik davrida 
tengdoshlar o’rtasidagi muomala, muloqot uch xil ko’rinishdagi funksiyani 
bajaradi: 
1.
Axborot (informasiya) kanali. 
2.
Shaxslararo munosabatlarni shakllanish jarayoni. 
3.
Emosional-hissiy aloqa (kontakt) o’rnatish vositasi (o’zaro ta’sir yoki 
interaksiya). 
1.
Axborot (informasiya) kanali yuzasidan shuni aytib o’tish lozimki, ilk 
o’spirinlar o’z tengdoshlaridan muayyan darajada tabiat, jamiyat, fan va texnika 
to’g’risidagi ma’lumot (xabar)larni oladilar. Jinslar (genderlik)haqidagi 
ma’lumotlarning deyarli aksariyati tengdoshlar bilan bo’lgan muloqotda, muomala 
jarayonida o’zlashtiriladi, qolaversa ularga nisbatan shaxsiy munosabati 
shakllanadi. Shuning uchun tengdoshlari bilan munosabatga kirishmaslikning o’zi 
ijtimoiy-psixologik voqyelikka daxldor salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, 
buning natijasida ularning psixikasida rivojlanishdan orqada qolish hodisasi 
vujudga keladi. Axborot taqchilligi shaxsni sust harakat qilishga, loqaydlikka olib 
boruvchi illatni namoyon etadi.
2.
Shaxslararo munosabatni shakllanish jarayoni – ilk o’spirinning o’z 
tengdoshlari orasida axloqiy va nafosatga oid bilim, ko’nikma, madaniyatni 


49 
egallaydilar. Jamoada, guruhda, jamoatchilik o’rtasida o’zini tuta bilishlik, o’zini 
o’zi ham jismonan, ham aqlan idora qilishlik bolalik davridayoq tengdoshlar 
davrasida shakllana boradi. Mazkur davrda munosabatlarning me’yori, mezoni, 
paralingvistik, ekstralingvistik, prosemik, operativ-kinestetik fenomenlari bilan 
qurollanish vaziyati yuzaga keladi. 
3.
Emosional-hissiy aloqa (kontakt) o’rnatish vositasi (interaksiya 
funksiyasi) – guruhning tenghuquqli a’zosi (ishtirokchisi, hamkorlik faoliyati 
subyekti) ekanligini anglash (tushunish, o’zini o’zi tan oldirish, o’z “Men”ligini 
tasdiqlash), undagi o’rtoqlarcha, do’stona (xolisona) o’zaro yordam ilk 
o’spirinning mustaqil shaxs sifatida shakllanishida ko’mak beribgina qolmasdan, 
balki unga emosional-hissiy kechinmalar, tuyg’ular, yuksak hislar (aqliy, axloqiy, 
lazzatlanish, ehtiros, eyforiya, kayfiyat, affekt, stress, depressiya kabilar) 
to’g’risida ma’lumotlar hamda ulardan ijtimoiy turmushda foydalanish yo’l-
yo’riqlari bilan tanishtiriladi. Bularning barchasi mazkur yoshdagi o’g’il-qizlarni 
barkamol shaxs sifatida shakllanishga puxta, barqaror, mustahkam psixologik 
negiz yaratadi.
Ilk o’spirinlarning tengdoshlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, ular 
ishtirok etgan jamoasi (guruhi) tushunchasini ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan 
izohlab berishga, tavsiflashga harakat qilamiz. Bizningcha (E.G’.), bu tushuncha 
ikki xil ma’no, mohiyat kasb etishi, shuning uchun ikki toifaga mansub sifatida 
talqin qilinishi mumkin.
1.
Tor ma’nodagi, ya’ni ko’lami ixcham bo’lgan ijtimoiy-psixologik 
xususiyatli guruh birlashmasi (rasmiy yoki norasmiy bo’lishidan qat’i nazar) 
ko’rinishi, shakli sifatida. 
2.
Keng ma’nodagi, ya’ni ko’lami keng, umuman olganda keng 
miqyosdagi tanish va notanish tengdoshlarni birlashtirish tariqasida. Lekin ta’bir 
joiz bo’lganligi tufayli shuni aytish kerakki, tor ma’nodagi ijtimoiy-psixologik 
guruhlar sifatidagi tengdoshlar jamoasi bir tomondan turli yoshdagi, kasbdagi 
yoshlarni, masalan, sport komandasi a’zolarini o’z ichiga qamrab olishi nazarda 
tutilsa, ikkinchi tomondan, ular ijtimoiy kelib chiqisha jihatdan turli kasb-hunar 
egalaridan tashkil topgan bo’lishi mumkin, chunonchi, kasb-hunar kolleji, 
akademik lisey o’quvchilari, xizmatchilar, ishchilar, qishloq xo’jaligi bilan 
shug’ullanuvchilar va boshqalar.
Ilk o’spirinlar psixikasi tadqiqot qilinar ekan, ular ko’pincha referent 
guruhlarga taalluqli ekanligi uqtirib o’tiladi, ya’ni ularga o’z ta’sirini o’tkaza 
oladigan hamda alohida o’g’il yoki qiz uchun muayyan qiymatga ega bo’lgan 
guruh gavdalanadi. Psixologiya fanida ilk o’spirinlik davri ikki xil guruhga 
ajratiladi: 
1)
rasmiy guruhlar, ya’ni muayyan muhitga daxldorligi, yaqqol vaqt 
hamda fazoda hamkorlik tizimiga aloqadorligi; 
2)
ixtiyorsiz, g’ayritabiiy, spontan tarzda vujudga keluvchi guruhlar. 
Odatda rasmiy guruhlar katta yoshdagi insonlar tomonidan tashkil 
toptirilgan, shakllantirilgan, ham ijtimoiy, ham psixologik mexanizm bilan 


50 
boshqariladigan hamda jamiyat tashkilotlari tomonidan nazorat qilib turiladigan 
odamlar jamlanmasi (birlashmasi)dir. Ijtimoiy-psixologik nuqtai nazaridan ular 
ham o’z navbatida ikkitaga bo’linadi: a) o’rta maktab, akademik lisey va kasb-
hunar kolleji o’quvchilari, “Kamolot” tashkilotlari; b) sport komandalari va 
seksiyalari, madaniyat uyi va o’quvchilar saroyidagi turli to’garak a’zolari. 
Ilk o’spirinlarning ixtiyorsiz, g’ayritabiiy, spontan guruhlari esa mazkur 
yosh davridagi o’g’il-qizlarning o’zlari tomonidan o’rtoqchilik, do’stlik, 
tengdoshlik asosida tashkil topadi. Psixologik ma’lumotlar qiyosiy tahlilining 
ko’rsatishicha, g’ayritabiiy guruhlar ham o’z navbatida uch xil xususiyatga, 
ko’rinishga, morfologik tuzilishga ega bo’lishi mumkin: 
1)
prososial guruhlar – rasmiy jihatdan hyech qaysi jamoaga, guruhga 
qarashli bo’lmasalar-da, biroq ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanuvchi, 
faoliyat mahsuliga ega bo’lgan, jamoa yoki kengroq ma’noda jamiyat a’zolari bilan 
bir tekis qadam tashlovchi, ruhan sog’lom, zamon nafasiga hamohang hissiyotni 
gavdalantiruvchi ilk o’spirinlardan tashkil topgandir; 
2)
asosial guruhlar – ularni muayyan muhitga ijtimoiy foydali mehnat 
birlashtirmaydi. Bu guruhlar deyarli biror narsa bilan umumiy tarzda 
qiziqmaydilar, boshqacha so’z bilan aytganda, ularda ijtimoiy motivasiya qariyb 
latent holatida, biroq ularning a’zolari bo’sh vaqtini birga o’tkazish uchun 
uchrashadilar, xolos. Ilk o’spirinlarning bunday guruhlari jamiyatda, uning 
infratuzilmalarida uchrab turadi. Aksariyat hollarda ular xarakteridagi beqarorlik 
mavjud bo’lganligi sababli antisosial (aksilijtimoiy) guruhlarga aylanib qolish 
xavfi bor. Ma’lumki, bir stakan maydan mayxo’rlikka, qoidabuzarlikdan 
jinoyatchilikka o’sib o’tish o’rtasida masofa unchali katta emas. 
3)
antisosial (aksilijtimoiy) guruhlar – bu ilk o’spirinlar jamiyatning 
axloqiy normalariga (me’yorlariga), milliy qadriyatlarga, ma’naviy mezonlarga, 
belgilangan qonunlarga qarshi, zid mashg’ulotlar bilan anglagan, goho anglamagan 
holda shug’ullanadilar. O’z sinfida, kursida yoki tengdoshlari, o’rtoqlari o’rtasida 
o’z o’rnini topa olmagan ilk o’spirinlar bunday guruhni tashkil qiladi. Aksariyat 
hollarda bunday guruhlarning liderlari jinoyatchilar, resedivistlar hisoblanadilar
ularning xatti-harakatlarini ashaddiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqaradilar. 
Bunday guruhlarning a’zolari oddiy bezorilikdan tortib, to murakkab 
jinoyatchilikka qadar sa’y-harakatlarini amalga oshiradilar. Bunday guruhlarga 
daxldor ilk o’spirinlar vujudga kelishini oldini olish uchun oila, mahalla, maktab, 
kollejlar, akademik liseylar, “Kamolot” ijtimoiy harakati hamkorlikda ular 
ruhiyatidagi og’ishni bartaraf etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish zarur. Bu yo’nalishda olib borilgan psixologik tadqiqotlar 
natijasining ko’rsatishicha, o’qituvchilar tomonidan aql-idroki, qobiliyati, 
ma’naviy olami, qiziqish motivasiyasi oqilona baholanmagan, tengdoshlari 
davrasida hurmat, e’tibor qozona olmagan, oilada shaxslararo munosabatlarda 
muayyan maromga erisha bilmagan ilk o’spirin yoshidagi o’g’il-qizlar 
qonunbuzarchilik yo’lini tanlaydilar. Ular uchun jinoyat, jinoyatchilik tengdoshlar, 
voyaga yetganlar davrasida o’zini ko’rsatish va tan oldirish, o’zgalar diqqat-


51 
e’tiborini o’ziga jalb etish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bunday toifaga aloqador 
ilk o’spirinlar o’zlari amalga oshirayotgan jinoyatlaridan asosiy maqsad nima 
ekanligini anglab yetmaydilar. Ular bilan psixologik mashg’ulotlar o’tkazish, 
psixotreninglar tashkil etish, psixoterapiya vositalaridan foydalanish, proyektiv 
metodlarni tatbiq qilish orqali psixologik og’ishni kamaytirish mumkin. Ilk 
o’spirinlarni o’zini o’zi baholashga, nazorat qilishga o’rgatish, irodasini 
takomillashtirish mashg’ulotlarini o’tkazish ijobiy natijalarni keltiradi. Eng 
samarali vositalardan biri – bu ularda qiziqish ko’lamini kengaytirish, motivlarni 
motivasiyaga o’sib o’tkazish, ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga 
yo’naltirish.
Ilk o’spirinlik davrida biror ijtimoiy guruhda o’z o’rnini topish uning uchun 
qanchalik muhim ahamiyat kasb etmasin, shunga qaramasdan bu ontogenez 
bosqichida eng rivojlangan his bu do’stlik bo’lib hisoblanadi. Ilk o’spirinlar 
o’zlarini qanchalik ko’rsatishga (namoyon etishga, ro’yobga chiqarishga) 
intilmasinlar, ko’pincha o’zlarini tushuna va anglay oladiganlarni juda 
qadrlaydilar. Ular o’z do’stlarining oldiga o’smirga o’xshab umuman bajarib 
bo’lmaydigan, noreal talablarni qo’ymaydilar, bunday do’stlik nafaqat mustahkam, 
barqaror bo’libgina qolmay, balki u chuqur negizga ega bo’la boradi. Ilmiy 
tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko’rsatdiki, barcha ilk o’spirinlarda
do’stlikning mustahkamligi bir xil emas ekan, chunki bu turli ko’rinish ijtimoiy-
madaniy, aqliy-ijodiy shart-sharoitlar bilan uzviy bog’liqdir. Qizlar bilan yigitlar 
o’rtasidagi do’stlik tuyg’usiga nisbatan munosabat ham turlicha ma’no-mohiyatga 
ega ekan. Masalan, shaharda yashaydigan yigit va qizlarda bu do’stlikning 
mustahkamligiga ishonch kuchliroqdir. Shunga qaramasdan, yigitlarga nisbatan 
bokira qizlarda bu munosabat jiddiyroqdir. Ilk o’spirinlik davrida bu tuyg’u juda 
katta ahamiyat kasb etadi, hatto ijtimoiylashuvning muhim fenomeni sifatida 
gavdalanadi. Bir tomondan u ilk o’spirin uchun uning ichki dunyosini ochishga 
xizmat qilsa, o’zini o’zi anglashga yordam bersa, ikkinchi tomondan bu yuksak 
tuyg’u do’stlik o’zgalarni tushunishga harakat qilishning ijtimoiy turmush maktabi 
vazifasini bajaradi. Shuning uchun shaxsning ilk o’spirinlik davridagi do’stlikka 
(ilk muhabbatga aylanish ehtimoli mavjudligi tufayli) o’qituvchilar jiddiy 
munosabatda bo’lishlari ayni muddaodir. Unga o’tkinchi mayl sifatida to’sqinlik 
qilmay, balki uni yigit-qizlarga avaylashga, qadrlashga, ulug’lashga o’rgatish 
kerak, toki u ilk o’spirinlar emosional-hissiy kechinmalarining regulyatoriga 
aylansin. Ilk o’spirinlarni do’stlashish vaqtida shaxsning yoshiga ham e’tibor 
berish ijtimoiy turmushda foydadan holi emas, chunki u kishining ruhiy holatiga 
kuchli ta’sir etadi, hatto larzaga keltiradi (shirin tuyg’u, murakkab kechinma, 
eyforiya, ruhiy madad, stress, depressiya va boshqalar). 
Jahon psixologlarining tadqiqot natijalari quyidagi ma’lumotlarni tavsifga 
imkon beradi. Ularni umumlashtirish: ilk o’spirini yigitlar do’stlashishida: 75-85% 


52 
tengdoshini, 15-18% katta yoshdagilarni, 1-7% kichik yoshda bo’lishini ma’qul 
ko’radilar. Ilk o’spirin yoshidagi qizlarda esa olingan ma’lumotlar o’zgacha 
xususiyatga ega. Ular: 50-60% tengdoshlari bilan, 40-50% katta yoshdagilar bilan, 
kichik yoshdagilar bilan do’stlashmaslikni afzal ko’radilar. Psixologlarning 
talqiniga qaraganda, buning barchasi ulardagi ideal do’stlik haqidagi 
tushunchalarning turli-tumanligi bilan bog’liq ekanligi ta’kidlanadi.
Biroq ilk o’spirinlik davridagi do’stlikning eng muhim xususiyatlaridan biri 
shuki, ular o’z do’stining ijtimoiy o’rniga, psixologik xususiyatlariga, hayotiy 
ustanovkalariga asoslangan holda tanlab olmaydilar.
Fransuz psixologi Zazzo ilk o’spirinlardagi, shu jumladan, o’smirlikda 
kechadigan do’stlikka ta’rif berar ekan: “Bu davr eng sidqidil va olijanob davrdir” 
degan edi. Keltirilgan olim fikrining asl ma’nosi shuki, ilk o’spirinlar eng pok 
do’stlikka, ya’ni sevgiga ega bo’lib, goho undan norozi bo’ladilar, iztirob 
chekadilar, chunki bu do’stlik juda ko’p ziddiyatlar makonidir. Ilk o’spirinlar 
do’stlikka intilmasinlar, bunga bo’lgan ehtiyoj prinsipial jihatdan qondirilmay 
qolaverishi ham mumkin. Ilk o’spirinlarning do’stligi to’g’risida beto’xtov, 
uzluksiz mulohaza yuritish mumkin, shuning uchun bu ma’ruzada yoritilmasdan 
qolib ketgan masalalar yuzasidan materiallarni mustaqil ta’lim soatlarida o’rganib, 
o’zlashtirib olasizlar, deb ularga ishonch bildirish maqsadga muvofiq. 
Ilk o’spirinlarda dunyoqarash muammosining tahlili shaxs shakllanishining 
muhim bo’g’imi bo’lib hisoblanadi. Dunyoqarash – jamiki olamga (o’n sakkiz 
ming va undan ortiq) nisbatan shaxsning munosabati borliqning asosi va 
prinsiplari haqidagi tasavvurlar tizimi, odamning turmush falsafasi, uning barcha 
bilimlarining yig’indisi va natijasi. Dunyoqarash bilimlar tizimidan tashqari 
e’tiqodlar, qadriyatlar, ma’naviyat tizimini ham o’z ichiga qamrab oladi. Ular 
dunyoqarashiga xos bo’lgan izlanishlardan biri o’z hayotining (turmushining) 
ma’nosini qidirishdir. Ilk o’spirin yigit va qiz hayotining shunday bir formulasini 
topishni istaydiki, bu formula turmushning barcha qonunlari, qoidalari, 
mexanizmlari, prinsiplari, holatlari, xususiyatlari, hodisalari va jarayonlarini o’z 
ichiga qamrab olishdan iboratdir.
Dunyoqarash ikkiyoqlama tavsifdan tashkil topadi va o’ziga xosligini 
namoyon etadi. Kognitiv – kognitiv nuqtai nazardan dunyoqarash obyektiv 
borliqni qanchalik to’g’ri aks ettirish bilan tavsiflanadi. Akseologik – akseologik 
nuqtai nazardan esa –dunyoqarash shaxs faoliyatini qanday boshqarilishi bilan 
tavsiflanadi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, dunyoqarash inson faoliyatini boshqarar 
ekan, u progressiv yoki reaksion optimistik yoki neosimistik faol ijodiy yoki sust-
kuzatuvchan bo’lishi mumkin. Biz yuqorida ilk o’spirinlarning rivojlanishidagi eng 
asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqdik, xolos.


53 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin