1-rasm. Talab egri chizig‘i Talab hajmi va talab narxi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Bu qonunning mohiyati shundaki, arag biror bir tovarga bo‘lgan narx pasaysa, unga bo‘lgan talab ortib boradi, teskarisi, agar narx oshib borsa, talab xajmi pasayadi.
Talab qonuni ikki o‘zaro bog‘langan samaralar bilan tushuntiriladi: Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi.
Narxlarni qisqarishi, bir tomondan, real sotib olish qobiliyatini oshiradi. Inson mavjud tovarlarni kamroq, arzonroq, sotib olishi mumkin, shu orqali unda boshqa narsalar sotib olish uchun qo‘shimcha daromad paydo bo‘ladi - daromad samarasi. Boshqa tomondan, insonlar qimmat tovarning arzoni bilan almashtirishga harakat qiladilar, natijada yana tovarga bo‘lgan talab oshib boradi – o‘rnini bosish samarasi.
Talab xajmining o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning boshqa parametrlari o‘zgarmagan xolatida, hajmining o‘zgarishidir.
Talabning o‘zgarishi - bir yoki bir necha narxga bog‘liq bo‘lmagan omillar o‘zgarishi natijasida talabning o‘zgarishi.
2-rasm. Talabning o‘zgarishi Talabning narxga bog‘liq bo‘lmagan muhimomillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Iste’molchilarning xohish va istaklari;
Iste’molchilarning daromadlari;
Iste’molchilarning soni;
Boshqa tovarlarga bo‘lgan narxlar;
Yaqin kelajakdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
Bularga mos ravishda tovarni ham shartli ravishda quyidagilarga ajratish mumkin:
Neytral tovarlar – asosiy tovarga nisbatan kam darajada ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar. Masalan choy.
O‘rnini bosuvchi tovarlar – asosiy tovarga raqobatbardosh bo‘lgan tovarlar. Masalan: kofe o‘rniga choy.
To‘ldiruvchi xarakterdagi tovarlar – asosiy tovarni to‘ldiruvchi tovarlar. Masalan: choy va kofeni to‘ldiruvchi shakar.
Insonlarning xaridiga ta’sir etuvchi omillarga qarab, bozor talabini quyidagilarga ajratish mumkin:
funksional talab, tovarning iste’molchilik sifatlarini taqozo etuvchi talab
Ommaviy iste’mol samarasi deganda, tovarga bo‘lgan individual talabning oshib borishi natijasida unga bo‘lgan bozor talabi kengayib borishi tushuniladi. Ommaviy iste’mol insonlarni zamondan ortda qolmaslikka ijtimoiy doiraga mos kelishga intilishini ko‘rsatadi.
Snob samarasiommaviy iste’mol qilinayotgan tovarga individual talabning qisqarishi tushuniladi. Bu samara iste’molchilarni ommadan ajralib turishga xarakat qilishida, individuallikka intilishida ko‘zga tashlanadi. Kamyob san’at asarlari, qimmatbaho sport mashinalari va zamonaviy kiyim-kechaklar snob tovarlari deyiladi. Ularni xarid qilish, yagona birlikdagi tovarlarga egalik qilish, individuallikka intilish hisoblanadi.
Ko‘rgazmali iste’mol samarasibu shunday paradoksal holatki, bunda tovarlarga bo‘lgan talab ularni boshqa (o‘ziga o‘xshash) tovarlarga nisbatan yuqori narxda bo‘lganligiga sabab oshib boradi. Bunga sabab bu tovarni yuqori obro‘-e’tiborga ega, elita ko‘rinishida bo‘lganligidir. Bu holatni ilk bor amerikalik iqtisodchi Torsten Veblen aniqlagan va o‘z asarida aks ettirgan.
Agarda bozordagi iqtisodiy holatni tavsiflovchi taklif ko‘rib chiqilmasa, bozor mexanizmining tahlili bir tomonlama bo‘lib qoladi. Bozordagi talab xaridorlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, taklif sotuvchilar tomonidan o‘rganiladi. Ana shunda, bozor mexanizmi to‘liq tahlil qilinadi va ijobiy natijalarga erishiladi.
Taklif - joriy vaqtda bozorda mavjud va sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar yig‘indisidir.
Taklif xajmi Qs - joriy vaqtda bozorda sotuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan joriy narxlarda sotishga tayyor tovar va xizmatlar xajmi, soni. Ularning xajmi doimiy ravishda ishlab chiqarish va sotish xajmi bilan bir xil bo‘lavermaydi.
Bir tomondan, agar bozordagi narx sotuvchilar tomonidan o‘zlarining xarajatlarini qoplash maqsadida belgilanadigan bo‘lsa, taklif xajmi real ishlab chiqarishga nisbatan ancha past bo‘ladi. Boshqa tomondan, davlat tomonidan biror-bir tovar yoki mahsulotga o‘rtatib qo‘yilgan yuqori narxlar ishlab chiqaruvchi firmalarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin va bu orqali taklif oshib boradi, biroq, xaridorlar va sotuvchilar xatti-xarakati orqali belgilanadigan sotuv xajmi nisbatan past bo‘lishi mumkin.
Taklif narxi - joriy vaqtda, joriy joyda, mavjud tovarga sotuvchi tomonidan qo‘yiladigan minimal narx.
Bozor kon’yunkturasini tahlili natijasida taklifni bozor va individual taklifga bo‘lish mumkin. Bozor taklifining xajmini alohida ishlab chiqaruvchilar takliflarni mavjud narxlar asosida qo‘shish orqali aniqlash mumkin. Bunda ishlab chiqruvchi tomonidan foydalaniladigan boshqa omillar (resurslar narxi) narxlari o‘zgarmas deb olinadi.
Taklif xajmi nafaqat narxga balki, bozor kon’yunkturasining boshqa parametrlariga ham bog‘liq. Bu bog‘liqlik taklif funksiyasi deb ataladi. Uning grafik ko‘rinishi taklif egri chizig‘i hisoblanadi.