maqollar asosida matn tuzish . Bunda maqollar mazmuniga mos
ravishda matn tuziladi. Мaqollar soni о‘quvchi-talabalarning yoshiga
qarab belgilab beriladi. O‘quvchi bir maqol yoki bir necha maqolni
sharhlashi lozim bo‘ladi. Xalq maqollari va hikmatli so‘zlar hikoya
uchun yaxshi mavzu bo‘la oladi. Ammo ularni hikoya mavzusiga
singdirish uchun ma’lum bir voqea bilan bog‘lashni unutmaslik lozim;
topishmoqlar asosida matn tuzish. Bunda shunday matn tuzish
kerakki, topishmoqlar matn mazmuniga singdirilgan holda qo‘llangan
bo‘lishi lozim. Topishmoqlar soni o‘quvchi-talabalarning yoshiga
qarab belgilanadi
14
;
iboralar asosida matn tuzish. Bunda iboralar izohlanadi.
Iboralar soni o‘quvchi-talabalarning yoshiga qarab belgilanadi;
hayotiy voqealar asosida matn tuzish. Bunda hayotiy voqea
hikoya qilinadi, unga munosabat bildiriladi;
biror shaxs yoki narsa-hodisani ta’riflash. Bunda asar
qahramonlari yoxud o‘quvchi-talabaning o‘zi real deb tan oladigan
fazilatli yoki, aksincha, salbiy xarakterli inson ta’riflanadi;
rasmlar asosida matn yaratish. Bunda har xil rasm turlari
(peyzaj, natyurmort, portret, syujetli tasvir va h.k.)dan foydalaniladi
va o‘quvchi-talaba rasmga mos badiiy matn yaratadi;
she’riy matnlarning nasriy bayonini yaratish. Bu o‘rinda
syujetli she’rlar, shu jumladan, dostonlar tanlanishi maqsadga
muvofiq. Masalan, Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida
keltirilgan rivoyatlar va h.k;
televideniyeda namoyish etilgan ko‘rsatuvlar yuzasidan mulohazalar ni bayon etish;
14
Bunday matn ko‘rinishlaridan ayrimlari ilova qilindi.
61
“Munojot”, “Tanovar”, “Dilxiroj” yoki jahon musiqasidan