59
qolaversa, bog‘cha yoshidan o‘quvchilarni og‘zaki jumla tuzishga va
uni yozma tarzda aks ettirishga (yozuvni o‘zlashtirganidan keyin)
o‘rgatib borish lozim. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi
“Do‘stlik” mavzusida matn tuzing, “Rasm asosida hikoya yozing”,
“Mehmondo‘stlik haqida o‘zaro suhbat tashkil qiling”
tipidagi
topshiriqlar insho yozish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhimdir.
2. So‘z semantikasi, so‘zlarni semantik muvofiqligiga ko‘ra
birlashtirib, birikmalar hosil qilish va gap tuzish haqidagi topshiriqlar
insho yozish ko‘nikmalarini shakllantiradi. So‘z
semantikasini tahlil
qilish, matn tuzishga oid topshiriqlarni o‘quvchi yoshi, saviyasiga
qarab bosqichma-bosqich berib borish ahamiyatlidir.
Inshoni
yanada mukammal yozish uchun, dastlab, bog‘lanishli
matn tuzishni o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu matnlarni
yaratish
uchun kam vaqt, masalan, 5-15 daqiqa, berilishi lozim. Ana
shunda zehn, diqqat, xotira, tezkorlik,
tez fikrlash, topqirlik kabi
sifatlar ham faollashtiriladi.
So‘z tuzish, so‘z tahlili, matn yaratishga
doir topshiriqlarning
turli ko‘rinishlari bor. Jumladan:
fonemalar asosida so‘z tuzish
. Masalan, faqat jarangli
undoshlar ishtirokida so‘z tuzish:
javlon, jadval, maydon, nodon,
roman, guldor, mardona
kabi; faqat jarangsiz
undoshlar ishtirokida
so‘z tuzish:
paxta, ko‘kat, shafqat, shashka, shaxta, shasht;
faqat
sonorlar ishtirokida so‘z tuzish:
ro‘mol, marmar, norin, malol, mo‘l,
rom;
Dostları ilə paylaş: