66
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,
kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish
bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi №F-4789 sonli Farmoyishi
kitob o‘qish masalasidagi ijobiy natijalarni ta’minlovchi muhim omil
bo‘lib xizmat qiladi. Kitob mutolaasi, ayniqsa, badiiy asarlarni o‘qish
o‘quvchi dunyoqarashini kengaytirishga, tafakkur darajasini
oshirishga yordam beradi. Badiiy asar o‘qish jarayonida o‘quvchi
voqea-hodisalar, qahramonlar haqida mulohaza yurita boshlaydi, bir
vaqtning o‘zida assotsiativ tafakkur
imkoniyatlaridan foydalanib,
analiz, qiyoslash, induktiv, deduktiv tahlillarni amalga oshiradi.
Natijada o‘quvchining tafakkuri rivojlanadi, fikrlash tezligi ortadi.
Har bir insho o‘quvchi tomonidan yaratiladigan ijodiy ishdir.
Ona tili va adabiyot darslarida hamda sinfdan tashqari o‘qish
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos asarlarni
tanlab o‘qitish,
qayta hikoya qildirish, rejalar tuzdirish o‘quvchining
xotirasini mustahkamlaydi. Shu bilan bir vaqtda ma’naviy jihatdan
komillikka yetaklaydi. O‘quvchi o‘zi o‘qib, reja tuzib, mustaqil
ravishda insho yozadi. Buning uchun
dastlab kichik-kichik ertaklar,
hikoyalar o‘qib berish, reja asosida qayta hikoya qildirish yaxshi natija
beradi. O‘quvchida atrofni kuzatish, tabiat hodisalariga munosabat
bildirish, axloqiy fazilatlar va illatlarni
ajrata olish tafakkuri
shakllanishini nazorat qilib borish darkor.
O‘quvchilarning voqealarni eslash, rasmlarga qarab hikoya tuza
olish, o‘qigan asarlari, ulardagi timsollarga tavsif berish, badiiy ifoda
vositalaridan o‘rinli foydalanish qobiliyat va imkoniyatlarining yuzaga
chiqishi, albatta, izlanishi va ko‘p o‘qishi yordamida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: