Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Ertak, hikoya yozish.
Ma’lumki, o‘quvchilar juda ko‘p 
ertaklarni biladilar, ammo o‘zlari ertak yaratishga qiynaladilar. Bu 
ijodiy-amaliy ish turi o‘quvchilarning tasavvur olamini kengaytiradi, 
og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi, ularni g‘aroyib voqea-hodisalar 
olamiga olib kiradi. Shuning uchun o‘qituvchi ona tili mashg‘ulotlarida 
ijodiy ishning bu turidan unumli foydalanishi lozim. O‘quvchilarni 
ertak yaratishga o‘rgatish, avvalo, ularni bu janrning o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar ertakda 
voqeaning tuguni, rivojlanish nuqtasi va yechimi qanday tugashini 
bilishlari, uning til xususiyatlaridan xabardor bo‘lishlari, mubolag‘a, 
o‘xshatish, jonlantirish, kichraytirish kabi tasviriy vositalarni o‘z 
o‘rnida qo‘llash malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Boshlanish qismi 
berilgan ertaklarni davom ettirish, berilgan rasmlar asosida ertak 
yaratish, qahramonlar nutqi tushirib qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldirish 
kabilar o‘quvchilarning matn yaratish mahoratini oshiradi. 
Hikoya kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etilgan 
nasriy asar sanaladi. Bu asar uch tarkibiy qismdan iborat: a) tugun; b) 
voqea-hodisaning rivojlangan nuqtasi; v) yechim. 
Tugun
– harakat boshlanadigan hodisalarning rivojlanishiga 
turtki bo‘ladigan voqeadir. 
Voqea
-hodisaning rivojlangan nuqtasi ish-


65 
harakat va kurashning keskinlashgan, avj olgan o‘rni sanaladi. 
Yechimda
bayon qilinayotgan voqea-hodisa o‘z xotimasini topadi. 
O‘quvchilarga hikoya yaratishni o‘rgatishning muhim shartlaridan 
biri voqea-hodisani tanlashga o‘rgatishdir. Ular ko‘pincha hayotda juda 
ko‘p voqea-hodisalarga duch kelsalar-da, nimalar haqida yozish 
kerakligini bilmaydilar. Shuning uchun ko‘proq o‘quvchilar hayotidan 
olingan va rivoyat-inshoga material bo‘la oladigan voqea-hodisalar 
ustida 
ishlash 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Boshdan 
kechirilgan 
sarguzashtlar, eshitilgan, ko‘rilgan, kuzatilgan voqea-hodisalar rivoya-
insho uchun boy material bo‘lib xizmat qiladi. 
Maktabda o‘quvchilar yaratadigan hikoyalar tur jihatidan xilma-
xildir. Ana shulardan biri 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin