64
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni kichik reportajlar
tayyorlashga o‘rgatib borish lozim. Ular sport musobaqalari, xalq
sayllari bayramlaridan olib boriladigan kichik reportajlar tayyorlashlari
mumkin. Reportaj mavzusi o‘quvchilar
tomonidan tanlansa, u yanada
qiziqarli bo‘ladi.
Tasviriy insholar ona tili mashg‘ulotlarida keng tarqalgan insho
turlaridan biri bo‘lib, nutqni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilarning badiiy adabiyot ustida ishlashlari, hayotni,
turmushni,
tevarak-atrofni, odamlarni, hayvonot olamini doimiy
ravishda sinchkovlik bilan kuzatishlari, o‘z
taassurotlarini boyitib
borishlari tasviriy insho yozishlari uchun qulay sharoit yaratadi.
Tasviriy insholarning aksariyati ijodiy xarakterda bo‘ladi. Ijodiy
tasviriy insholar yaratishda kishilarning turlicha tasvirini ifodalovchi
ijobiy bo‘yoqli so‘zlar lug‘atini tuzish, sinfdoshining xatti-harakatini
baholab maqola yozish kabi yozma topshiriqlar berilishi joizdir.
Masalan, “Do‘stning tashqi qiyofasini tavsiflash”, “Men yaratgan
bog‘”, “O‘zbekistonning yangi inshootlari”
kabi mavzularda ijodiy-
tasviriy insholar yozish mumkin.
4.
Dostları ilə paylaş: