62
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning orzu-umidlari aks etgan
insholardan ham foydalaniladi. “Agar men sehrgar bo‘lsam”,
“Sinfdoshim Oybek 20 yildan so‘ng”, “Men
maktabimizni kelajakda
qanday tasavvur qilaman?”, “Men me’mor (o‘qituvchi, shifokor)
bo‘lganimda...”, “O‘zbekiston XXI asr o‘rtalarida” kabi mavzularda
yoziladigan insholar o‘quvchilarni ertangi
kun haqida xayol surishga,
o‘ylashga da’vat etadi;
–
muayyan maskanni tasvirlash.
Ona tili mashg‘ulotlarida
o‘quvchilar shahar, qishloq, dala, sahro, cho‘l kabi joylar tasvirini
yaratishlari ham mumkin. Har bir joy o‘ziga xos tasvirni talab etadi.
Masalan, shahar yoki qishloq tasviri
haqida fikr yuritilar ekan, uning
umumiy ko‘rinishi,
diqqatga sazovor joylari, xalqi, ularning urf-
odatlari, sevimli mashg‘ulotlari haqida fikr yuritiladi.
Sahro haqida
so‘z borganda ko‘proq unda yashaydigan hayvonot va o‘simliklar
olami haqida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi;
–
binoni tasvirlash
. Bino tasviri kuzatish asosida yaratiladi.
Binoni
tasvirlashning oddiy, ilmiy va badiiy shakllari mavjud.
Binoning oddiy tasviri axborot tarzida bo‘lib, asosan, uning hajmi,
xonalarning yorug‘lik
darajasi, balandligi,
uy jihozlari va ularning
joylashtirilishi kabilar ko‘rsatiladi. Ilmiy tasvirda bu belgilar ilmiy
nuqtayi nazardan yoritiladi. Badiiy tasvir o‘quvchi
tafakkur
imkoniyatlarini va estetik didini namoyon etadi;
–
Dostları ilə paylaş: