Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

She’r yod olish
o‘quvchi so‘z boyligini orttirishga, fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. She’rni ikki xil tarzda 
yodlash mumkin. Birinchisi, quruq yodlash, ya’ni ma’no-mazmunga 
e’tibor bermagan holda eslab qolish; bunda so‘zning shakliy 
xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Bu tartibda yodlangan she’r 
tezda esdan chiqib ketadi. Ikkinchisi, so‘z ma’nolari, misralar 
mazmuni asosida yod olingan she’r. Bu tartibdagi she’r yodlashda 
o‘quvchi so‘zlarni xotirada saqlab qolish uchun ma’nosiga, 
jumlalarning mazmuniga ahamiyat beradi. She’rni yodlash davomida 
fikrlash jarayoni faol bo‘ladi. Misralar ichki nutqqa aylantirilib, 
tafakkurga joylanadi. Insho yozish ko‘nikmalarini hosil qilishda 
ikkinchi tartibdagi she’r yodlash usuli samarali hisoblanadi. 


67 
Maktub
ham yozma nutq ko‘nikmalarini hosil qilishda 
ahamiyatlidir. Samimiy yozilgan maktublar insonning suhbatdosh 
bilan o‘zaro yuzlashganda ayta olmagan qalb so‘zlarini izhor etishga 
imkon yaratadi. Texnika asrida SMS xabarlari ommalashib, deyarli, 
hech kim maktub yozmay qo‘ydi. Shuni ta’kidlash kerakki, SMS 
xabarlarida imlo qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi. 
SMS xabarlarining bosh maqsadi ma’lumot uzatishdir. SMS matnlari 
orqali ko‘ngil izhorlari bayon qilingan holatlar ham kuzatiladi. Lekin 
bunday matnlarda his-tuyg‘u, qalb tug‘yonlari to‘liq aks etmaydi. 
Ruhiyatni, qalb-tug‘yonlarini aks ettirishda maktublarning ahamiyati 
katta. Yosh bolaning qorboboga maktub yozayotgandagi holatini 
kuzatganimizda uning ruhiyatidagi quvonch, umid ifodasini his 
qilamiz. Bolaning shu holatini ezgulikka bo‘lgan ishonchning ilk 
namunasi sifatida baholash mumkin. Shu tartibdagi maktub yozish 
tarzini, yozma tabriklarni davom ettirish maqsadga muvofiq: 
masalan, 
ota-onaga bayram tabrigi, badiiy asar qahramoniga maktub, qorxat 
yozish, sevimli insonga maktub yoki bayram, tug‘ilgan kun 
munosabati bilan tabrik nutqi tayyorlash
 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin