Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


INSHO YOZISH UCHUN TAVSIYALAR



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

 
INSHO YOZISH UCHUN TAVSIYALAR 
 
Insho savodxonlik darajasini tekshirishning sinalgan usullaridan 
biri sanaladi. Yaxshi insho yozish uchun yozuvchi bo‘lish shart emas. 
Insho yozish – bu
ijodiy jarayon. Bu jarayonni bir necha qismlarga 
bo‘lib, insho yozishni ancha soddalashtirib olish mumkin. Aqlingizni 
ishga solib, asosiy g‘oyalarni aniqlash, ularni qoralamaga yozib 
qo‘yish va shu asosda ajoyib ijod namunasini yaratish mumkin.
Inshoga tayyorlanish uchun tavsiyalar 
 
Insho rejasi, dastavval, qoralama nusxada tuziladi. Fikrlar 
izchillik asosida, aniq va ixcham shakllarda bayon qilinadi. Qoralama 
nusxani haddan tashqari bo‘yab, inshoni o‘ta e’tiborsizlik bilan yozish 
to‘g‘ri emas. 
Qoralamangizni ovoz chiqarib o‘qing.
 
Ishni baholash va uni 
tekshirishga yaroqliligini aniqlashning eng yaxshi usuli – o‘tirib olish 
va uni ovoz chiqarib o‘qishdir. Qaysi joyini o‘zgartirish, izohlash yoki 
tuzilishini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, o‘qiyotgan vaqtingizda barchasini 
chetlab o‘ting. O‘qib bo‘lgach, orqaga qaytib, belgilab qo‘ygan 
joylaringizni to‘g‘rilab chiqing. Bu usul sinov, nazorat insholariga 
tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. 


69 
10 daqiqa to‘xtamasdan yozib ko‘ring. Muayyan mavzu 
borasidagi shaxsiy fikrlaringizni ifodalashdan tortinmang. 
“Klaster” yoki “doiralar” mashqini qilib ko‘ring. Agar sizda 
g‘oyalar ko‘p bo‘lsa va nimadan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, u 
holatda fikrni ifodalash sxemasi sizga yordam beradi. Bu umumiydan 
xususiyga o‘tishingizga, har qanday inshoning asosiy qismini 
aniqlashga yordam beradi.
Oq qog‘ozga yoki doskaga sxemani chizing. Har bir masalani 
doira shaklida bering. Tayanch sxemada doiralar yetarli, deb 
hisoblamasangiz, ularni qo‘shib borishingiz mumkin. Qog‘ozning 
markaziga insho mavzusini yozing va uni doiraga oling. Masalan, 
mavzuyingiz “Layli va Majnun” dostoni haqida. Markaziy doira 
atrofiga asosiy g‘oya yoki fikrlaringizni yozing. Sizni “Qaysning 
Majnunga aylanishi”, “Layli timsoli”, “Oilaviy nizolar” qiziqtirgan 
bo‘lishi mumkin. Asosiy g‘oyalarni qancha xohlasangiz, shuncha 
yozing. Yoki “Ruhlar isyoni” dostoni haqidagi mavzuni tanlasangiz
“Nazrul Islom timsoli”, “Abadiyat haqida rivoyat”, “Rivoyatlarning 
Nazrul Islom taqdiriga hamohangligi” kabi tezislarni belgilashingiz 
mumkin. 
Har bir asosiy g‘oyaning atrofiga aniqroq masalalar yoki fikr-
mulohazalaringizni yozing. Ularning aloqadorligini toping. Qayerda 
aloqadorlikni topgan bo‘lsangiz, bu doiralarni chiziqlar bilan 
birlashtirib chiqing. Yaxshi insho xronologik tartibda emas, balki 
asosiy g‘oyalar asosida yuzaga keladi. Asosiy g‘oyalarni shakllantirish 
uchun birlashtirib chiqilgan doiralardan foydalaning. 
Inshoning qoralamasini yana bir bor o‘qib chiqing: unda mavzu 
yetarli darajada yoritilganmi? Rejada ko‘rsatilgan bo‘limlar to‘liq 
yoritilmagan bo‘lsa, ularni to‘ldiring. Bunda mavzu (sarlavha) bilan 
insho mazmunining mos kelishiga ahamiyat bering.
Inshoning tili (bayon uslubi)ga alohida e’tibor bering. Sizning 
fikr-mulohazalaringiz qay tarzda ifodalangan: tilda badiiylik, 
ta’sirchanlik, ixchamlik va jozibadorlikka erishdingizmi? Yozilishi
qiyin so‘zlarni «Imlo lug‘ati» asosida tekshirib chiqing. Zarur 
o‘rinlarda tuzatishlar kiriting va inshoni oqqa ko‘chiring.
Yaratilgan matnni belgilangan tartibda tahrir qilishingiz kerak. 
Har bir yozma ish tugallangandan so‘ng, uni ifodali tarzda 
boshqalarga yetkazishingiz, o‘zgalarning unga munosabat bildirishlari 
muhimdir. Insho matnini qat’iy tarzda tekshirishingiz va xatolar ustida 


70 
ishlashingiz lozim. Buning uchun sizdan doimiy ravishda imlo lug‘ati 
ustida ishlash talab etiladi. 
Ma’lumki, o‘quvchi o‘z ishidagi xatolarni aniqlashdan ko‘ra, 
o‘zgalar ishidagi xatolarni tezroq topadi. Shuning uchun nazorat 
insholaridan boshqa paytlarda ba’zida bir-birlaringizning ishlaringizni 
tekshirishingiz ham mumkin. 
Inshoni yozishda vaqt bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘qligini 
unutmang, shuning uchun shoshilmasdan va tortinmasdan o‘z 
fikrlaringizni bayon eting. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin