77
Insho
matnining
savodxonlik
darajasini
baholash
mezonlariga izoh:
o‘quvchi bir so‘zni (masalan,
axloq
so‘zini)
ikki yoki uch
o‘rinda xato yozsa, 1ta imlo xatosi hisoblanadi. Agar bir necha so‘zni
xato yozgan bo‘lsa, xatolar bir xil tipda–
x
va
h
imlosi bilan bog‘liq
bo‘lsa ham umumlashtirilmaydi. Negaki o‘quvchining savodxonlik
darajasi har bir so‘zning
yozilishi, mohiyatini bilishi nuqtayi
nazaridan baholanadi. Demak, o‘quvchi
ruxsat
so‘zini
ruhsat
,
tahlika
so‘zini
taxlika
,
mahorat
so‘zini
maxorat
tarzida yozsa,
uchta imlo
xatosiga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi.
Tinish belgilari xatosini vergul,
tire yoki ikki nuqta bilan
bog‘lab umumlashtirish ma’qul emas. Agar o‘quvchi undalmadan
keyin vergul qo‘ymagan, kirish so‘zni
vergul bilan ajratmagan,
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘ymagan bo‘lsa, tinish belgisi
qo‘yilishining uch holati bilan bog‘liq
qoidadan bexabar va uchta
punktatsion xatoga yo‘l qo‘ygan hisoblanadi.
Bo‘g‘in ko‘chirishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni bir xato sifatida
umumlashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: