Xarakter va shaxs Kundalik hayotimizda tilimizda «xarakter» so‗zi eng ko‗p ishlatiladigan
so‗zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo‗lsak, ishlatamiz. Bu
so‗zning ma‘nosini olimlar «bosilgan tamg‗a» deb ham izoxlashadi. Tamg‗alik
alomatlari nimada ifodalanadi o‗zi?
Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- o‘ziga munosabatini ifodalaydi. Demak, «munosabat» kategoriyasi xarakterni
tushuntirishda asosiy hisoblanadi. B.F. Lomovning ta‘biricha, xarakter shaxs
ichki dunyosining asosini tashkil etadi va uni o‗rganish katta ahamiyatga ega.
Munosabatlarning xarakterdagi o‗rni xususida fikrlar ekan, V.S.Merlin ularning
mazmunida ikki komponentni ajaratadi:
a)
emotsional - kognitiv - borlik muhitning turli tomonlarini shaxs qanday
emotsional his qilishi va o‗zida shu olamning emotsional manzarasini yaratishi;
b)
motivatsion - irodaviy - ma‘lum harakatlar va xulqni amalga oshirishga
undovchi kuchlar. Demak, bizning munosabatlarimiz ma‘lum ma‘no va mazmun
kasb etgan munosabatlar bo‗lib, ularning har birida bizning hissiy
kechinmalarimiz aks etadi va xarakterimiz namoyon bo‗ladi.
Mashxur rus olimi , psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L.
Rubinshteyn shaxsning o‗ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy
tuzilmalarni ajratgan edi;
M
unosabatlar va yo„nalish shaxdagi asosiy ko‗rinishlar sifatida - bu
shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xoxlashi.
Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida -
bu odamning nimalarga qodir ekanligi.
Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan
turg‗un, barqaror tendensiyalar, ya‘ni bu odamning k i m ekanligi.
Bundan tashqari ilm olamida juda ko‗plab urinishlar bo‗lgan. Ularda
odamning turli tabiiy, tug‗ma xususiyatlariga xarakterni bog‗lashga urinishlar
bo‗lgan. Masalan,