Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə138/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Tergovchi faoliyatida kommunikativ soha (muomalaga kirishuvchanlik) ham asosiylaridan bo’lib hisoblanadi, chunki tergovchi o’ta mushkul vaziyatlarda muloqot olib borishi tufayli avvalo, suhbatdosh qobiliyatiga ega bo’lmog’i darkor. So’roq jarayoniga ikki kishining suhbati va birbiriga ta’sir o’tkazishi tarzida yondashilganda, ular faoliyatini huquqiy muvofiqlashtirish shartidan kelib chiqib, har bir suhbatdoshning rollariga xos xususiyatlarni aniqlab olish lozim.
Tergovchi va so’roq qilinayotgan shaxsning birbirlarini tushunishi, anglashi ular o’rtasidagi psixologik munosabat qay darajada ekanligiga bog’liq. Tergov harakatlarida himoyachining ishtiroki tergovchi uchun muayyan qiyinchilik tug’dirish bilan birga tergovchi va so’roq qilinayotgan shaxs o’rtasidagi psixologik kontakt (aloqa) o’rnatilishiga xalaqit berishi mumkin. Shunga o’xshash holatlar mutaxassisning professional, psixologik jihatdan mukammal tayyorgarlikdan o’tgan bo’lishini talab etadi.
Dalillash faoliyatining mohiyati tergovchi uchun izlab topilgan ma’lumotlarni yangi, yozma shaklda bayon etishdan iboratdir.
Tergovchi dastlabki ma’lumotlarni tintuv, so’roq, yuzlashtirish, shuningdek hujjatlarni tahlil qilish jarayonida to’playdi. Jami ma’lumotlar tahlil qilinib, saralab olingandan keyin tergovchi qonunda ko’zda tutilgan tartibda qaror, protokollar va hokazo shakllarda maxsus yozma matn tuzadi. Umuman olganda, tergovchi guvoh, jabrlanuvchi yoki gumonlanuvchining ko’rsatmalarini kompyuter (mashinka) yozuvi, audio va video yozuv, ba’zan stenografiya usulida qayd etadi. Bu usullar tergovchi faoliyati samaradorligini oshirib, ayni chog’da undan so’roq, voqyea joyini ko’zdan kechirishdagi noqulay obhavo hamda boshqa sharoitlarda (yomg’ir, shamol, qattiq sovuq va h.k.) maxsus texnik vositalarni qo’llash ko’nikmalarini ham talab etadi.
Tergovchi ishi samaradorligi, madaniyati ko’rsatkichi ish kunining o’ziga va birovga taalluqli biror soati behuda o’tkazilmaganligi bilan o’lchanadi.
Tergovchi ishining xususiyatlari horg’inlik, ruhiy zo’riqish, charchoqni bartaraf etishda dam olishning o’ziga xos maromini talab etadi. Tergovchining faol dam olishi, ya’ni ochiq havoda sayr qilishi, tomorqada ishlashi, sayohatga, baliq oviga chiqishi, sog’lom turmush tarziga rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Jinoyat prosessual kodeksining shartlariga ko’ra, tergovda birgalikda ishtirok etayotgan shaxslar o’rtasida tergovchi yetakchi bo’lib hisoblanadi. U surishtiruv organlari vakolatiga kiradigan topshiriqlar berish huquqiga ega. U jinoiy ishni tergov qilishda o’zaro hamkorlikni, maqsad va yo’nalishlarni belgilab beradi.
Tergovchi voqyea joyini ko’zdan kechirishda qatnashayotganlarni boshqarishi, ularning xatti-harakatlarini muvofiqlashtirishi, shart-sharoitni baholashi, xullas o’zining qaror qabul qilish malakalari, qobiliyatini namoyon etishi zarur.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin