Jami daromaddan chegirmalar - soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi. Хarajatlar haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda chegiriladi. Soliq kodeksiga ko‘ra (141-modda) xarajatlar chegiriladigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi.
4. Хarajatlar tarkibi va ularning guruhlanishi Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi, chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno.
Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir: 1) moddiy xarajatlar (142-modda) ;
2) mehnatga haq to‘lash xarajatlari (143-modda);
3) amortizatsiya xarajatlari (144-modda);
4) boshqa xarajatlar (145-modda);
5) kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar (146-modda).
Quyidagilarga soliq to‘lovchining xarajati sifatida qaralmaydi: 1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish uchun boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa topshiriq beruvchi uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan qilingan xarajatlarga haq to‘lash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli vakil tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi to‘lovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli vakilning yoxud boshqa topshiriq beruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lmasa
2) soliq to‘lovchi emitent tomonidan topshirilgan, aksiyadorlar o‘rtasida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zlariga tegishli aksiyalar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadigan aksiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilgan taqdirda aksiyalarni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlashda dastlabki aksiyalar o‘rniga berilgan yangi aksiyalarning nominal qiymati bilan aksiyadorning dastlabki aksiyalarining nominal qiymati o‘rtasidagi farq;
3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati.