Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig’ini hisoblash va budjetga undirilish tartibi


Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi



Yüklə 41,68 Kb.
səhifə9/10
tarix07.02.2023
ölçüsü41,68 Kb.
#83339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN FOYDA SOLIG’INI HISOBLASH VA BUDJETGA UNDIRILISH TARTIBI

Yuridik shaxslarning quyidagi foydasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi:
1) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarishdan, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishdan, nogironlar uchun mo‘ljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarlarni ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatishdan olingan foydasi;
2) shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi;
3) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan foydasi;
4) Хalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan foydasi.
Ishlovchilari umumiy sonining 3 foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi ushbu qismda belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi bir foiz kamaytiriladigan hisob-kitob asosida kamaytiriladi.
Soliq kodeksining 159-moddasiga ko‘ra yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
1) ekologiya, sog‘lomlashtirish va hayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar, homiylik va hayriya tariqasidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
2) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatining o‘rnini qoplashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Soliq solinadigan foydani kamaytirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar qilingan soliq davridan e’tiboran, texnologik jihoz bo‘yicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Yangi texnologik jihoz xarid qilingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun bekor qilinadi. Ushbu imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladi;
3) yosh oilalar toifasiga kiruvchi xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda;
4) diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulkida bo‘lgan korxonalar foydasidan shu birlashmalar va jamg‘armalarining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga.

Yüklə 41,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin