YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN FOYDA SOLIG’INI HISOBLASH VA BUDJETGA UNDIRILISH TARTIBI
Amortizatsiya xarajatlari Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi.
Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
2) mahsuldor chorva mollari;
3) kutubxona fondi;
4) muzey qimmatliklari (muzey ashyolari);
5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar;
6) arxitektura yodgorliklari;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari;
8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk;
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar.
Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi:
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, biroq soliq kodeksda belgilangan eng yuqori normadan oshmagan holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani belgilanganidan pastroq va soliq to‘lovchining hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan normalar bo‘yicha hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.
Soliq solinadigan foydaning to‘liq hisoblanmagan amortizatsiya summasiga soliq solish maqsadlarida ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarini oladigan soliq to‘lovchi ushbu asosiy vositalar ob’ekti bo‘yicha amortizatsiya normasini mazkur asosiy vositalar ob’ektidan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda belgilashga haqlidir. Agar mazkur asosiy vositadan avvalgi mulkdorlarda amalda foydalanish muddati ushbu asosiy vositalarning tasniflanishi bilan belgilanadigan foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan unumli foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam bo‘lmagan muddatga belgilashga haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy vositalarga bo‘lgani singari amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlar uchun qilingan xarajatlar soliq to‘lovchi tomonidan, ularning boshlang‘ich qiymati va unumli foydalanilishi muddatidan, lekin soliq to‘lovchining faoliyati muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatdan kelib chiqqan holda, hisoblab chiqilgan normalar bo‘yicha har oyda eskirish tariqasida jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Nomoddiy aktivlar ob’ektidan unumli foydalanish muddatini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek nomoddiy aktivlardan foydalanishning tegishli shartnomalar bilan bog‘liq unumli muddatidan kelib chiqqan holda patentning, guvohnomaning amal qilish muddati va (yoki) intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish muddatlarining boshqa cheklanishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yilga, lekin soliq to‘lovchining faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga mo‘ljallab belgilanadi.