237
O‘zbek Sovet ensiklopediyasida «qadriyat – voqelikni muayyan
hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish
uchun qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, ularning mazmuni va
xarakteriga ko‘ra progressiv va reaksion turlarga ajratish mumkin»
deyilgan
1
.
Yoki «Falsafa» qomusiy lug‘atida «qadriyat – voqelikdagi
muayyan» hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-
ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik
va aksiologik tushuncha» deb ta’riflanadi
2
.
Qadriyatlar haqida keltirilgan turlicha ta’riflarni Respublikamizning
J.Tulenov, Q.Nazarov, Q.Xonazarov, X.Shayxova, T.Abdullayev,
G.Tulenova kabi bir qator yirik olimlari ishlarida ko‘rishimiz mumkin.
Shu o‘rinda o‘zbek falsafiy maktabi rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik
olimlardan biri J.Tulenovning «Qadriyatlar falsafasi» kitobida mazkur
masala bo‘yicha berilgan bir qator tahlillarni misol o‘rnida keltirishimiz
mumkin. Mazkur manbada
3
misol tariqasida, rus olimi V.P.Tugarinov-
ning quyidagi ta’rifi keltiriladi:-»qadriyatlar muayyan jamiyat yoki
sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal
ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki
hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab
– kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va
ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z
tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad
yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Qadriyatlar
ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan
mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa
chiqaradi… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining
mohiyatidadir, madaniy qadriyatlaridir»
4
.
Bu ta’rifda V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini
farqlashni taklif qiladi. Qadriyat real yoki orzudagi hodisadir, baho esa
shu hodisaga bildirilgan munosabatdir. U yoki bu narsani qadriyatlarga
mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana
shu munosabatga – ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq.
1
ȸɡɛɟɤ ɋɨɜɟɬ ɗɧɰɢɤɥɨɩɟɞɢɹɫɢ. Ɍ.14. – Ɍ., 1980. – Ȼ.7.
2
Ɏɚɥɫɚɮɚ: Ԕɨɦɭɫɢɣ ɥɭԑɚɬ. – Ɍ., 2004. – Ȼ.476.
3
Yüklə
Dostları ilə paylaş: