Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Madaniyat va sivilizatsiya, ularning umumiy va


səhifə77/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Madaniyat va sivilizatsiya, ularning umumiy va
o‘ziga xos xususiyatlari 
O‘zbekistonda demokratik jamiyat va huquqiy davlat qurish 
yo‘lidagi tarixiy kurashimiz jarayonida madaniyat hamda sivilizatsiya 
muammolariga doimiy e’tibor qaratish eng muhim masalalaridan biridir. 
Zotan madaniyat va sivilizatsiya darajalari qadim-qadimdan barcha davr 
va zamonlarda jamiyatning sifat ko‘rsatkichi, uning ko‘rki, turmushning 
ma’nosi hisoblangan. Adabiyotlarda madaniyatga berilgan ta’riflar 
haddan tashqari ko‘pdir. Lekin ularning aksariyati madaniyatni to‘la-
to‘kis ifodalab bera olmaydi. Buning sababi shundaki, madaniyat shu 
darajada keng va teran tushunchaki, uni biror bir ta’rifga sig‘dirishning 
iloji yo‘q. Shuning uchun madaniyatni ta’riflashda tor doiradagi «ta’rif» 


 225
shaklidan ko‘ra «tavsiflash» usulidan foydalanish maqsadga muvofiq 
bo‘lsa kerak. 
Madaniyat g‘oyat serqirra bo‘lishi bilan birga turfa sifatlarga egadir. 
Uni odamlar yaratadilar, ijtimoiy faoliyatlari tufayli o‘z qo‘llari 
harakatlari bilan yuzaga keltiradilar. Madaniyat o‘z navbatida inson 
faoliyatlarining oshib borishiga, inson ko‘rkining kamoliga, inson 
go‘zalligiga eng muhimi-inson ijtimoiy faoliyatining tobora dadillash-
tirib borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu xususiyatlari bilan madaniyat 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk ijtimoiy hodisadir.
Shu sabab mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o‘zlarini barcha 
nutqlarida, risola va kitoblarida madaniyat masalalariga katta e’tibor 
beradilar, kishilarni madaniyatli bo‘lishiga, qadriyatlarimizni o‘rganish-
ga, ma’naviyatni rivojlantirishga undaydilar. Yana shuni ta’kidlaydilarki, 
madaniyatsiz yoki madaniyati past mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga erishish amrimaholdir. 
Xo‘sh madaniyat deganining o‘zi nima? 
Dastlab «madaniyat» (kultura) atamasini Rimlik notik Mark Tulliy 
Sitseron «Tuskulan suhbatlari» degan asarida ishlatgan. Madaniyat 
lotincha cultura – so‘zidan kelib chiqib, yerga ishlov berish, yerni qayta 
ishlash degan ma’noni anglatgan. Sitseron ko‘chma ma’noda, inson 
ongiga ta’sir qilish ma’nosida ishlatgan. 
Madaniyat haqidagi dastlabki nazariy tasavvurlar yangi davrda 
paydo bo‘lgan, aynan shu davrda madaniyat falsafiy qiziqishlarning 
obyektiga aylangan. Ammo Yevropaliklar tilida «madaniyat» tushun-
chasi alohida tushuncha sifatida XVIII asr oxirlarigacha mavjud 
bo‘lmagan. Nemis lingvisti I.Nidermanning fikricha, madaniyat alohida 
tushuncha sifatida XVII asr oxirida muomalaga kiritilgan. Shu 
davrlargacha bu tushuncha alohida ishlatilmagan, balki boshqa 
tushunchalar bilan bog‘liqlikda ishlatilgan. Masalan, xulq madaniyati, til 
madaniyati va boshqalar. 
Nemis faylasufi va huquqshunosi Samyuel Puffendorf (1632-1694) 
o‘zining «Xalqlarning tabiiy huquqi haqida» asarida birinchi marta 
«madaniyat» tushunchasini alohida tushuncha sifatida qo‘llagan. Bu 
asarda S.Puffendorf «madaniyat» tushunchasini alohida tushuncha 
sifatida ishlab chiqqan. Endi «madaniyat» tushunchasi keng, ya’ni inson 
faoliyati tufayli yaratilgan barcha narsalarni qamrab oluvchi ma’noda 
ishlatila boshlangan. S.Puffendorf talqinida madaniyat ikkita shaklda 
birinchidan, insonni (olamni – D.Yum.) takomillashtiruvchi vosita 


 226
sifatida, ikkinchidan faqatgina olamni takomillashtiruvchi vosita emas, 
balki shu takomillashtirish natijasi shaklida namoyon bo‘ladi. Shu 
munosabat bilan S.Puffendorf «madaniyat» tushunchasiga inson 
faoliyatining turli ko‘rinishlari (hunarmandchilik, savdo, shaharlar 
qurilishi, konstitutsiyalar tuzish, tarbiya, axloq, san’at, til va boshqalar)ni 
kiritadi. Haqiqatan ham, madaniyat inson faoliyatining yuqorida sanab 
o‘tilgan barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida «madaniyat» tushunchasi 
faqatgina fanga emas balki muomala tiliga ham to‘la kiritildi. 
Falsafa tarixida Sitseron, T.Mor, Gobbs, Spinoza, Leybnis, nemis 
faylasuflari Kristofer Adelyung, Gerder, Kant, Gegel, Fixte, M.Veber, 
V.Diltey, G.Rikkert, E.Kassirer, O.Shpengler, shveysariyalik faylasuf 
YA.Burkxard, tarixchi F.Klemm, ingliz faylasuflari M.Arnold, 
A.Radkliff-Braun, M.Mid, E.Teylor, A.Kreber, K.Klakxonlar 
madaniyatni falsafiy jihatdan tahlil qilishgan. 
Madaniyat – inson hayot faoliyatini tashkil qilish va rivojlanishining 
o‘ziga xos usuli. Madaniyat insoning muayyan hayot sohalarida uning 
harakati, xulqi, ongi va faoliyatini tavsiflaydi. 
Madaniyat – jamiyat faoliyatining mahsuli, jamiyat esa bu 
faoliyatning subyektidir. Madaniyat bu insonlarning faoliyat usulidir, 
ijtimoiy munosabatlar esa – bu faoliyat uchun asos, hududdir. Faoliyat 
subyektlariga individ, shaxs, kichik guruh, ijtimoiy institutlar, tashkilot 
va birlashmalar, sinflar, elat, xalqlar, davlat mamlakatlar, mintaqaviy 
birlashmalar, insoniyat kiradi. Bu sanab o‘tganlarning har biri madaniyat 
subyekti sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shaxs 
madaniyati, milliy madaniyat, yoshlar madaniyati, G‘arb va Sharq 
madaniyati haqida gapirish o‘rinlidir. Madaniyatning juda ko‘p ta’riflari 
mavjud. Chet ellik olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 1919-yilga 
qadar «madaniyat» tushunchasiga yettita ta’rif berilgan, 1950-yilga kelib 
bu son 164 taga, 1970-yillarda esa – 250 taga yetgan. Amerikalik olimlar 
A.Kreber va K.Klakxonlar 1950-yillarning boshida «madaniyat» 
tushunchasining 257 ta ta’rifi mavjudligini ta’kidlaganlar. Masalan, 
amerikalik mutafakkir Eduard Barnet Taylor (1832-1917-yillar)ning 
«Pervobɵtnaya kultura» asaridagi ta’rifni keltiramiz: «Madaniyat bu 
insonning butun tarixi davomida yaratgan moddiy va ma’naviy ijodidir». 
Akademik E.Yusupov o‘zining «Inson kamolotining ma’naviy 
asoslari» asarida shunday yozadi: «Madaniyat tushunchasi tabiatga 
nisbatan jamiyatning o‘ziga xosligini ifodalaydi». Shunga ko‘ra 


 227
madaniyatga keng ma’noda insonning ichki ruhiyati, aql-idroki va 
jismoniy mehnati bilan yaratilgan barcha narsalar kiradi. Madaniyat 
manbai insonning, hayotning barcha sohalaridagi ijodiy, yaratuvchanlik 
faoliyatidir. 
Demak, madaniyat – ko‘p qirrali murakkab ma’naviy, ijtimoiy 
hodisadir. 
Ontologik nuqtai-nazardan madaniyat o‘zining vujudga kelish, 
rivojlanish qonuniyatlariga ega bo‘lgan murakkab ijtimoiy hodisadir, 
insoniyat tarixiy taraqqiyotining mahsulidir. 
Mantikiy nuktai-nazardan madaniyat falsafiy-sotsiologikkategoriya 
bo‘lib, kishilar faoliyatiasosida tarkib topgan bilimlar, amaliyot 
natijalarining tizimini ifodalaydi. 
Gnoseologik nuqtai-nazardan insoniyat ma’naviy-ruhiy bilimlari, 
empirik va nazariy bilim tajribalarini tugdiruvchi asosdir. Ana shularni 
barchasini hisobga olgan holda madaniyatga yaxlit ta’rif berish mumkin. 
Madaniyat – bu kishilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy va ma’naviy hayoti sohasida yaratgan, o‘zlarining ehtiyojlarini 
qondirish uchun ishlab chiqargan moddiy va ma’naviy boyliklar 
tizimidir. 
Madaniyat jamiyat va inson tarixiy taraqqiyotining muayyan sifat 
darajasini ifodalovchi ijtimoiy hodisadir. Madaniyat kishilar hayoti va 
faoliyatining turli ko‘rinishlarida, ular yuzaga keltiradigan moddiy va 
ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyatning obyektiv namoyon 
bo‘lishi va rivojlanishi bevosita ijtimoiy hayot, uning taraqqiyoti bilan 
bog‘liqdir. U ijtimoiy hayot oqimi jarayonida inson faoliyatining mahsuli 
sifatida shakllanadi, inson faoliyatining uzluksiz davomiyligi va 
salmoqligi ta’sirida jilolanib odamzod ma’naviyatining buyuk hamda 
qudratli ne’matiga aylanib boradi. Ma’naviyat yuksaklikka ko‘tarilgani 
sayin uni yuzaga keltirgan inson oldidagi burchini mukammalroq ado 
etib boradi: insonning o‘zligini chuqurroq tushunib yetishiga, uning 
mukammallashishiga ta’sir etadi. Boshqacha qilib aytganda, inson 
mehnati va umuman faoliyati tufayli tabiat, moddiy borliq madaniy-
lashadi, madaniylashgan atrof-muhit vositasida esa inson o‘zining 
haqiqiy tabiatini, mohiyatini bilib boradi.
Ilmiy falsafaning ta’limotiga ko‘ra, ishlab chiqarish kuchlari va 
ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyoti madaniyat rivojlanishi-
ning asoslarini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning ikki asosiy turi moddiy 
va ma’naviy tuzilmalariga qarab madaniyatning tarkibi ham ikki asosiy 
ko‘rinishga moddiy madaniyat va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi. 


 228
Moddiy madaniyat insonning yaratuvchilik faoliyati hamda uning 
natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatga mehnat qurollari, turar 
joylar, inshoatlar, turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa 
vositalari va boshqalari kiradi. Ma’naviy madaniyat inson ma’naviyati 
tarkibini o‘z ichiga oladi. Ma’naviy madaniyatga ong, bilim, saviya, 
ta’lim, axloq, falsafa, fan, san’at, adabiyot, din va hokazolar kiradi.
Ilmiy falsafa moddiy va ma’naviy madaniyatlarni bir biridan ayri 
holda emas, balki o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. Moddiy madaniyatga 
qarab ma’naviy madaniyat darajasini, ma’naviy madaniyatga qarab esa 
moddiy madaniyat ahvolini belgilash mumkin.
Madaniyatning amaliy ifodasi va taraqqiyot darajasi ijtimoiy ishlab 
chiqarish munosabatlariga bog‘liqligi sababli uning turli ijtimoiy 
davrlardagi amaldagi ifodasi, xususiyatlari, taraqqiyot darajasi ham 
muayyan ijtimoiy davr ishlab chiqarish munosabatlari, o‘sha davr 
iqtisodiy, siyosiy holatlarining mahsulidir. Shuning uchun ham 
madaniyat qadimgi davr madaniyati, o‘rta asrlar madaniyati, yangi davr 
madaniyati, qadimgi Misr, Yunon, Xitoy, Hindiston madaniyatlari, 
Markaziy Osiyo madaniyati kabi tarixiy va hududiy turlarga bo‘linadi. 
Dunyo madaniyati o‘z mohiyati va mavqei bilan ijtimoiy
umumjahoniy, umuminsoniy hodisadir. Har qanday umumiy hodisa 
singari umumbashariy madaniyat ham milliy madaniyatlar durdonala-
ridan tarkib topgandir. Har bir millat o‘z tarixi, madaniy merosi, 
qadriyatlari, psixologiyasi, turmush tarzi, ishlab chiqarish xususiyatlari 
va boshqa ayri sifatlari asosida o‘z milliy madaniyatini shakllantiradi va 
rivojlantiradi. Milliy madaniyatning eng nodir durdonalari asosida 
umumjahon, umuminsoniy madaniyat yuzaga keladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, umuminsoniy madaniyat milliy mada-
niyatlar nodir durdonalarning mexanik ravishdagi yig‘indisidan iborat 
emas. Dunyo madaniyati milliy madaniyat durdonalarini asrlar davomida 
sayqallashtirib ularga umumiylik hamda yorqin bo‘yoqlar berib 
umumjahon qadriyatlariga aylantiradi. Shu yo‘l bilan dunyo madaniyati 
doimiy va uzluksiz ravishda milliy madaniyatlarning abadiy jo‘shqin 
bo‘yoqlaridan kuch oladi. O‘z navbatida milliy madaniyatlar ham dunyo 
madaniyati gulshanidan tinimsiz holda oziqlanib boradi. Madaniyat 
umumiy bo‘lishi bilan birga jamiyat hayotining alohida sohalariga 
moslashgan ko‘rinishlariga egadir. Chunonchi madaniyatning mehnat 
madaniyati, kasb-kor madaniyati, ma’naviy madaniyat, turmush 
madaniyati, axloq madaniyati, huquq madaniyati, siyosiy madaniyat kabi 
ko‘rinishlari mavjud. Madaniyatning bunday xilma-xil ko‘rinishlari 


 229
jamiyatning ayni shu jabhalari uchun hayotiy ahamiyatga egadir. Buning 
sabablari ayon. Ijtimoiy hayotdagi har bir jabhaning taraqqiyot darajasi 
ana shu sohalardagi madaniyatning qanday ahvolda ekanligiga 
bog‘liqdir. Muayyan bir soha taraqqiyotining yuksalishi shu sohadagi 
madaniyatning yuksakligidan dalolat beradi, yuksak madaniyat esa o‘sha 
sohani yanada taraqqiy etishiga undaydi, bu jarayon cheksizdir. 
Madaniyatning yuzaga kelishi ham, namoyon bo‘lishi va amaliyoti 
ham jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Jamiyat – bu insonlar 
yashayotgan, faoliyat ko‘rsatadigan dunyo. Jamiyat ayni vaqtda inson 
faoliyati tufayli yuzaga keladigan madaniyat dunyosi hamdir. Binobarin, 
madaniyat kishilar faoliyatiga singib ketgan va o‘z xususiyati, quvvati 
vositasida inson faoliyatining takomiliga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 
Madaniyatning ijtimoiy xossalari shu bilan belgilanadi. 
Xullas, madaniyat taraqqiyoti jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotiga uzviy ravishda bog‘liqdir. Har bir tarixiy davr madaniyati 
ayni shu davr ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tartiblarining mahsulidir. Bu hol 
madaniyat, san’at, adabiyot taraqqiyotining umumiy xossalari va 
qoidalarini tashkil etadi.
Shu bilan birga madaniyat, ayniqsa san’at taraqqiyoti faqat jamiyat 
taraqqiyotiga, undagi ijtimoiy o‘zgarishlariga, jamiyatning ishlab 
chiqarish usuliga tobe bo‘lib qolmasdan, o‘z ichki taraqqiyot 
imkoniyatlariga ham egadir. 
Madaniyat, san’at, adabiyot taraqqiyoti ichki imkoniyatlaridan eng 
oldingi davr madaniyati yutuqlaridan yangi davrda amalda foydala-
nishdir. Chunonchi, madaniyat va san’at muayyan bir ijtimoiy tarixiy 
davr ikkinchi bir tarixiy davrga o‘tishi bilan siyosat yoki mafkura singari 
darhol boshqa tusga kira qolmaydi, balki o‘zining amaldagi shaklda 
davom etadi.
Shu bilan birga yangi davr ijtimoiy-siyosiy talablari darajasida 
tarixiy an’analar mazmunini to‘ldirib boraveradi. Bu bilan madaniyat
san’at, adabiyot o‘z taraqqiyoti uchun ijtimoiy kuchdan tashqari «o‘z-
o‘zidan» – ichki imkoniyatidan ham madad oladi. Bu madaniyat va 
san’atning o‘ziga xos nisbatan mustaqil rivojlanish qonunidir. 
Bu qonunning hayotiyligini ijtimoiy taraqqiyotning har bir ijtimoiy 
o‘zgarish bosqichlaridan ko‘rish mumkin. Zotan, ijtimoiy-tarixiy davr 
o‘zgarishi bilan mehnat qurollari, ashyolar, turar joy va inshoatlar yo‘q 
qilib tashlanmaydi, balki ular yangi ijtimoiy davr uchun xizmat 
qilaveradi, xalqning badiiy xazinasi, musiqasi, raqsi va hokazolar tarix 
sahnasidan tushib ketmaydi, balki oldingidek maroq bilan ijro 


 230
etilaveradi. Ya’ni eski madaniyat ijtimoiy hayotning o‘zgarishi bilan 
yo‘qolib ketmaydi, balki madaniyat merosni, madaniy va ma’naviy 
qadriyatlarni to‘ldirib, boyitib boradi. 
Ko‘rinib turibdiki, madaniyatning butun borlig‘i inson bilan, 
insonning faoliyati bilan chambarchasdir. Madaniyat inson tufayli 
yuzaga keladi, inson tufayli yuksaladi, insonning faoliyati tufayli 
jamiyatga xizmat qiladi. Xullas, madaniyat hodisasining markazida inson 
turadi. Madaniyatning jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sir-foydasi esa inson 
shaxsiga, uning madaniyatga nisbatan munosabatiga bog‘liqdir. Tabiiyki, 
tom ma’nodagi madaniyatli inson o‘z faoliyati tufayli madaniyatning 
jamiyatga ta’siri kuchaytirib boradi.
Madaniyat bevosita sivilizatsiya bilan bog‘lik, ular o‘rtasida 
umumiy aloqadorlik mavjud. 
«Sivilizatsiya» so‘zi lotincha «grajdanlik» yoki «davlatchilik» 
ma’nosini anglatadi. Sivilizatsiya ishlatilish ma’nosiga ko‘ra «mada-
niyat» tushunchasining sinonimidir. Shuning uchun ham «sivilizatsiya» 
so‘zi 18 asrdan boshlab «madaniyat» so‘zi bilan bir ma’noda ishlatilib 
kelinadi. 
Lekin, shu bilan birga, sivilizatsiya umuman madaniyatni, mada-
niyat taraqqiyoti jarayonlarini, madaniyatning o‘ziga xos qonuniyatlarini 
va xususiyatlarini o‘zida to‘liq ifodalamaydi. Sivilizatsiya kishilik 
jamiyati madaniyati taraqqiyotining muayyan bosqich (yoki bosqichlari) 
darajasini, pog‘onasini ifodalaydi. Shu sababli sivilizatsiya muayyan bir 
tarixiy ijtimoiy munosabatlar madaniyati pog‘onasini ifodalab, 
bosqichlik (formatsion) xususiyatiga egadir. Sivilizatsiya jamiyatning 
haqiqiy insoniy munosabatlar tomon harakatini o‘zida aks ettirib, 
tinimsiz ravishda umuminsoniy fazilatlarni to‘plab boradi.
Kishilik tarixining sivilizatsiyasiga o‘tish tarixi juda uzoq 
qadimiyatga, insoniyatning vahshiylikdan ijtimoiy taraqqiyot darajasiga 
chiqish tarixiga borib qadaladi. Sivilizatsiya bosib o‘tgan yo‘l insoniyat 
jamiyatining buyuk taraqqiyot yo‘lidir. Shuning uchun ham 
sivilizatsiyalashgan jamiyat deganda adolatga asoslangan jamiyatni 
tushunamiz. Sivilizatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra vahshiylikka tamoman 
teskari va, aksincha, unga nisbatan buyuk yuksak hodisadir. 
Sivilizatsiyaning mohiyati jamiyatda inson uchun barcha qulaylik-
larning, imkoniyatlarning, insoniy munosabatlar erkinligining, o‘z 
davriga ko‘ra mukammal komunikatsiyalarning, ma’naviy madaniyat 
ravnaqining, inson uchun zarur moddiy-texnik ashyolarning va 
boshqalarning hozirligini taqozo etadi. Inson uchun bunday imkoniyat va 


 231
qulayliklar mavjudligiga erishish sivilizatsiyaning mazmuni va 
maqsadini tashkil etadi. 
Madaniyat esa ijtimoiy hayotning tomir-tomiriga, insonning ham 
moddiy, ham ma’naviy dunyosiga, inson faoliyatining barcha jabhalariga 
singib ketgan hodisadir. Madaniyat bu ijtimoiy hayot sifatini ifodalovchi 
mezon, insonlar hayotiy faoliyati rivojlanishining o‘ziga xos usulidir. 
Madaniyat – ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa. U insonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni, shuningdek, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solib, mo‘tadillashtirib boradi, muayyan tarixiy shaxs zotini 
shakllantiradi. Madaniyat, shuningdek, qadriyatlar majmuasi va bu 
majmua yaratilishining usulidir. 
Madaniyat va sivilizatsiyaning yuqorida qayd etilgan xususiyatlari 
asosida ularning mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: madaniyat – 
bu inson shaxsiyatini barkamolligining o‘lchash, sivilizatsiya esa jamiyat 
taraqqiyotining o‘lchamidir. Bu ikkala o‘lcham bir-birlari bilan doimo 
uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Madaniyat va sivilizatsiyaning 
mazmunlari va o‘lchamlari jamiyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida 
o‘zgarib, boyib, mukammallashib boradi. Madaniyat bo‘lmagan yerda 
sivilizatsiya yuzaga kelmaydi, sivilizatsiya o‘z navbatida, madaniyatning 
keyingi taraqqiyoti uchun yo‘l ochadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, madaniyat 
va sivilizatsiya ibtidosi va taraqqiyotining asosida inson, uning faoliyati, 
yaratuvchilik mehnati yotadi. Inson mehnatisiz, uning ijtimoiy dadil 
faoliyatisiz madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyoti haqida so‘z bo‘lishi 
mumkin emas. Shuningdek, madaniyat va sivilizatsiya ham o‘z 
taraqqiyot jarayonida inson shaxsini takomillashtirib, uning mehnati va 
umuman ijtimoiy faoliyati uchun qulayliklar yaratib boradi. 
Qayd etish kerakki, bizning mamlakatimiz – O‘zbekiston zamini 
azal-azaldan madaniyat va sivilizatsiya rivoj topgan tarixiy manzillardan 
hisoblanadi. 
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov xalqimiz tarixi haqida gapirib, 
ko‘hna madaniyatimizning quyidagi muhim bir omilini qayd etadi. 
«Bizning ajdodlarimiz, xalqimiz, – deydi Prezident, – qadim-qadimdan 
o‘troq yashagan, millatimizning iligi o‘troq madaniyat sharoitida qotgan. 
Xalqimizdagi «iligi to‘q, baquvvat» degan tushuncha, men, hatto, 
qonuniyat degan bo‘lardim, bejiz paydo bo‘lmagan. O‘zbek xalqining 
iligi to‘q, baquvvat demoqchiman. Yana tilimizda «tagli-to‘g‘ri», «palagi 
toza» degan iboralar ham bor. Bu bir joyda muqim yashagan, o‘z 


 232
turmush tarziga, axloq-odob mezonlariga, aqidalari va tafakkur tarziga 
ega bo‘lgan xonadonlarga nisbatan aytiladi. Butun ommani, bir necha 
yuz minglab, millionlab aholini birlashtirgan aqidalarga, mezon va 
qoidalarga ega bo‘lgan xalqni qanday izohlash, ta’riflash mumkin?! Ana 
shu hayotiy va ijtimoiy mantiqdan kelib chiqsak, ta’rif va izoh bitta 
bo‘ladi – milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq 
bo‘lgan»
1
.
O‘troq turmush tarzi, ilm-ma’rifatga intilish, o‘z urf-odatlarini 
muqaddas deb bilish va hokazo fazilatlar har qanday millat madaniyati 
va sivilizatsiyasi uchun muhim manbalar bo‘lib hisoblanadi. Ana 
shunday teran ma’naviy xislatlar sohibi bo‘lgan ajdodlarimiz ko‘p ming 
yillik tarixida o‘z zamonasiga nisbatan yuksak madaniyat boyliklarni 
yaratdi, sivilizatsiyasi ustun bo‘lgan davrlarni boshidan kechirdi. Bu 
bilan faqat milliy madaniy taraqqiyotiga emas, jahon madaniyati va 
sivilizatsiyasi rivojiga ham sezilarli ta’sir etdi. 
Mustaqil O‘zbekistonda hozir amalga oshirilayotgan olamshumul 
islohotlar jarayonida, mamlakatda fuqarolik jamiyati va demokratiyaga 
asoslangan huquqiy davlat qurilishida birinchi galda asrlar davomida 
xalqimiz yaratgan ana shu bebaho ma’naviyatdan unumli foydala-
nishimiz lozim. Shu bilan birga mamlakatimizda adolatli jamiyatni 
shakllantirish va rivojlantirishda jahon madaniyati va sivilizatsiyasi 
to‘plagan nodir tajribadan ham oqilona foydalanishimiz zarur.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin