Ɍɚɞɠɢɯɨɧɨɜ ɍ., ɋɚɢɞɨɜ Ⱥ. Ԟɭԕɭԕɢɣ ɦɚɞɚɧɢɹɬ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ɍ.1. – Ɍ. 1998.
Ȼ.34-35.
247
boshqacha talqini ham mavjud. «Yev» – takomillashgan, yaxshi
va»topas» – joy,ya’ni takomillashgan joy, takomillashgan mamlakat
degan ma’noni ham bildiradi. Ushbu termin utopiyaga bag‘ishlangan
ko‘pgina adabiyotlarda ikki xil ma’noda ishlatiladi. Masalan, Uilyam
Morisning «Hech joydan axborot», Kampanellaning «Quyosh shahri» va
boshqalar. Bu terminni qanday ma’noda ishlatilishdan qat’i nazar, uning
vazifasi biz xohlagan kelgusini ifodalashdir. Utopiyani ijtimoiy
bashoratdan farqi, u maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan. Bashoratning
maqsadi rivojlanishning ma’lum bosqichida jamiyat rivojlanishining real
imkoniyatlarini, ularning ehtimolligini aniqlashdir. Utopiya esa kelgusini
qanday bo‘lishi imkoniyatlari, ehtimolini ochib bermaydi, balki kelgusi
to‘g‘risidagi xohishimizdir, xolos. Utopiya adabiy ijodning bir turi
sifatida o‘tmishni va bugungi kunni ideallashtiradi, u borliqni tahlil qilish
asosida kelgusini tasvirlaydi.
Utopiyaning asosiy belgisi voqelikka yondashish. Sobiq Sovet
Ittifoqida kelgusi to‘g‘risida utopiya yaratish 1930-yillardan boshlab
bekor qilingan, tanqid qilingan. Masalan, akademik A.D.Saxarov
o‘zining «Razmɵshleniya o progresse, mirnom sosushestovovanii i
intellektualnoy svobode» nomli futurologik maqolasini chop qilgandan
so‘ng ta’qib qilina boshlangan. Uning ko‘pgina g‘oyalari utopiya sifatida
qabul qilingan. Utopiya kelgusini qanday bo‘lishini chuqur asoslab
bermaydi. Kelgusini chuqur tahlil qilmaslik utopiyani nisbatan erkin
qilib qo‘yadi, qadriyatlarga erkin yondashadi. Utopiya birorta qadriyatni
biroz bo‘rttirishi yoki mutlaqlashtirishi mumkin. Ijtimoiy bashoratni
utopiyaga yaqinligidan uning chinligiga ishonmaslik ham kuchayadi.
O‘tmish yoki hozirgi vaqtdagi bilimlarni chinligini aniqlash uchun uni
dalillar bilan taqqoslash yetarlidir. Kelgusi to‘g‘risidagi bilimlarni
dalillar bilan taqqoslab bo‘lmaydi, chunki kelgusi to‘g‘risidagi hali
dalillar, hujjatlar yo‘qdir. Kelgusining faqat kurtakchalari, real
rivojlanish yo‘nalishlari va jamiyat, insonlar taraqqiyotining nazariya
bilan asoslangan qonunlari bo‘lishi mumkin. Lekin kelgusining
ko‘rtakchalari, real rivojlanish yo‘nalishlari va nazariyaga asoslangan
taraqqiyot qonunlari kelgusini qanday bo‘lsa shundayligicha ko‘rsatib
bera olmaydi. Shundan bashoratning haqiqatligi muammosi kelib
chiqadi. Ko‘pgina adabiyotlarda bashoratning qisman haqiqatligi
to‘g‘risida gapiriladi. Masalan, G.I.Ruzavinning «Rol teorii v protsesse
nauchnogo obyasneniye i predvideniya» // Materilisticheskaya dialektika
– metodologiya yestestvennɵx, obshestvennɵx i texnicheskix nauk. –
248
M., 1963. S.196-197; V.G.Vinogradov, S.I.Goncharukning «Zakonɵ
obɳyestva i nauchnoye predvideniye» (M., 1972); «Metodologicheskiye
problemɵ sotsialnogo prognozirovaniya» (L., 1975). Hozircha fanda
bashoratning haqiqatligi muammosi yetarlicha o‘rganilmagan.
Bizningcha bashoratning haqiqatligi dastavval qanday bilimlar asosida
kelgusi to‘g‘risida fikr bildirilyapti, ya’ni haqiqiy bilimlarmi yoki
haqiqiyligi isbotlanmagan bilimlar asosida fikr bildirilishiga bog‘liq.
Ikkinchidan, bashorat qancha vaqtni o‘zida qamrab olayotganligiga
bog‘liqdir. Ijtimoiy bashorat qancha vaqtni qamrab olishiga nisbatan
uchga bo‘linadi: bevosita, yaqin kelajak va uzoq kelajak. Bevosita
ijtimoiy bashorat – jamiyatni kelajakdagi 20-30 yilini, yaqin kelajak
ijtimoiy bashorati – kelajakdagi 100-150 yillarni, uzoq kelajakni ijtimoiy
bashorati – kelajakdagi 150 yildan keyingi davrlarni qamrab oladi.
Shundan kelib chiqqan holda agar ijtimoiy bashorat qisqa vaqtni qamrab
olgan bo‘lsa bashorat aniq, haqiqatga yaqin bo‘ladi agar ijtimoiy
bashorat uzoq vaqtni qamrab olsa unda bashorat noaniqroq va ehtimolga
yaqin bo‘ladi.
Hozirgi davrda fan bevosita kelajakni bashorat qilish uchun zarur
bo‘lgan ko‘pgina aniq ma’lumotlarga ega. Masalan, demograflarning
fikricha, sayyoramizda 2025-yilda 8 mlrd kishi yashaydi. Hatto o‘sha
davrgacha ayrim davlatlarda aholining soni, ularning yoshiga ko‘ra
tarkibi, tug‘ilishi, o‘rtacha umr ko‘rishi ham hisoblab chiqilgan. Mineral
xom ashyo zaxiralari, ularni qazib olish 20-30 yil oldin bashorat
qilinyapti va ularga asoslangan holda keng ko‘lamli xalqaro dasturlar
tuzilyapti, shartnoma-bitimlar qabul qilinyapti. Ilmiy kashfiyotlarni
ishlab chiqarishga tatbiq qilguncha o‘rtacha 20 yil o‘tadigan bo‘lsa, biz
XXI asr boshlaridagi iqtisodning texnologik darajasi haqida hozirdan
aytishimiz mumkin.
Yaqin kelajak to‘g‘risida gapirganimizda bizning bilimlarimiz
haqiqatga o‘xshash xarakterga ega bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra aholining
o‘sishi 2100-yillarga borib to‘xtaydi. Ishlab chiqarishning texnologik
darajasi o‘sha davrlardagi amalga oshadigan ilmiy kashfiyotlar bilan
aniqlanadi. Yaqin kelajak davomida demografik revolutsiya tugashi,
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy qoloqlikni yengishi, insonparvar va
demokratik jamiyatga o‘tishi mumkin.
Uzoq kelajakni real imkoniyatlarga zid kelmaydigan har xil farazlar
asosida bashorat qilishimiz mumkin. Bizni uzoq kelajak to‘g‘risidagi
bilimlarimizdan bilmaydigan narsalarimiz ustun bo‘ladi. Bu vaqtga borib
ijtimoiy hayot tubdan o‘zgarib ketadi.
249
Shunday qilib ijtimoiy bashorat bu bilimlarimiz, hayotiy
tajribalarimiz asosida va fan yutuqlariga suyangan holda vujudga
keladigan kelgusi haqidagi tasavvurlarimizdir.
Kelgusini bashorat qilishda fanning ilmiy va maxsus usullaridan,
bilishning mantiqiy va texnik vositalaridan foydalaniladi. Avstriyalik
futrolog Erix Yanchning fikricha, ijtimoiy bashoratning 200dan ortiq
usuli mavjud. Fanda, kundalik turmushda ijtimoiy bashoratning asosan
beshta usulidan foydalaniladi. Ular quyidagilar:
1) ekstropolyatsiya;
2) tarixiy qiyoslash;
3) kompyuterda modellashtirish;
4) kelgusining rejasi (ssenariysi);
5) ekspert bahosi.
Bu usullarning har biri o‘ziga xos ustunlikka va kamchiliklarga
egadir. Ijtimoiy bashoratda eng ishonarli usullardan biri ekspert bahosi
hisoblanadi, albatta u to‘g‘ri nazariy tasavvurlarga suyangan bo‘lsa.
Ekspert bahosi usuli boshqa usullar natijasidan ham foydalanishi
mumkin.
Kelajakni bashorat qilishda boshqa usullardan ham foydalanish
mumkin. Amerikalik mashhur ijtimoiy-iqtisodiy bashoratchi Jon Nesbit
o‘zining 1990-yilda chop etilgan «Megatendensii 2000: desyat novɵx
napravleniy dlya 1990-x» nomli asarini yaratishda kontent tahlil usulidan
foydalangan. J.Nesbit kelgusini bashorat qilishdan oldin AQSHda 12 yil
davomida gazeta va jurnallarda e’lon qilingan kelgusi haqidagi 2
milliondan ortiq maqolalarni tahlil qilib chiqqan. Bu usul J.Nesbitga
kelgusini qaysi yo‘nalishlarda rivojlanishini aniq aytishga imkon bergan.
Kelgusini bashorati insonlarni ongi va xatti-harakatiga ta’sir qilishi
ham mumkin. Kelgusini bashoratining mohiyatiga qarab insonlar unga
tezroq intilishi mumkin yoki uni kelishini xohlashmaydilar. Shuning
uchun har qanday ijtimoiy bashorat bilishda va mafkurada o‘ziga xos
ahamiyatga ega. Ijtimoiy bashoratni mazmuni va maqsadidan kelib
chiqib uni turlarga bo‘lishadi. Ijtimoiy bashoratning quyidagi turlari
mavjud:
1) qidiruv;
2) qoidaviy;
3) tahliliy;
4) ogohlantiruvchi.
Qidiruv bashorati kelgusi qanday bo‘lishini aniqlash uchun
yo‘naltirilgan bo‘ladi, qoidaviy bashorat kelgusida aniq maqsadlarga
250
erishishga qaratilgan bo‘ladi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan
tavsiyalarni ham keltirishi mumkin.
Tahliliy bashorat ilmiy maqsadlarda qaysi usul foydali ekanligini
aniqlashga qaratilgan. Ogohlantiruvchi bashorat insonlarni ongi va xatti-
harakatiga ta’sir qilib, kelgusi salbiy bo‘ladigan bo‘lsa uni oldini olishga
undaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki bashoratning turlari o‘rtasidagi
tafovutlar nisbiydir, bitta ijtimoiy bashorat turida boshqa turlarning
belgilari ham bo‘lishi mumkin. Bashorat qanday sohalarda amalga
oshirilmasin, u ilmiy-nazariy va amaliy yaratuvchanlik faoliyatidir.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |