Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə81/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

qadriyatlarga kiradi. 
Moddiy qadriyatlarning asosini jamiyatning moddiy-texnika bazasi 
tashkil qiladi. Har bir konkret-tarixiy davrda insoniyat muayyan ishlab 
chiqarish usuliga ega bo‘lgan va uning rivojlanish darajasiga asosan 
ishlab chiqarish rivojlangan. Boshqacha qilib aytganda taraqqiyot uchun 
nima ishlab chiqarish emas, balki uni qanday ishlab chiqarish doimo 
muhimroq bo‘lgan va shunga ko‘ra bu jamiyatning taraqqiyot darajasi 
belgilangan.
Moddiy qadriyatlar haqida gap ketganda mulkiy munosabatlarning 
to‘liq qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda 
islohotlarning maqsadi haqida Prezidentimiz I.Karimov gapirib, mulk 
mulkdor uchun xizmat qilishiga erishishimiz kerak deydi. Bu esa o‘z 
navbatida mulkdorga ertangi kunga ishonchni shakllantiradi. 
Qadriyatlar ichida ma’naviy qadriyatlar ham inson ijtimoiy 
mohiyatini belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviy qadriyat-
larga yuksak axloq, imon, e’tiqod, insof-diyonat, yaxshi xulq-atvorni 
targ‘ibot qiluvchi boy ma’naviy merosimiz, urf-odatlarimiz, an’ana-
larimiz kiradi. 
Xalqimizning eng aziz qadriyatlaridan biri – axloqiy qadriyatlardir. 
Bu qadriyatlar kishilarning bir-birlariga, Vatanga, jamiyatga nisbatan 
tarixan tarkib topgan insoniy olijanob munosabatlarini ifodalab, xulq-
atvor, odob, tartibli xatti-harakat, insoniy muomala qoidalari va 
tamoyillari majmuidir. Aynan ana shu sifatlarning turmushda qo‘llanilish 
jarayonlarida axloqning o‘ziga xos tarkibiy o‘lchamlari ro‘yobga 
chiqadi. Bular: yaxshilik, burch, vijdon, or-nomus, sabr, farosat, 
kamtarlik, andisha kabilardir.
1
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɧɢɧɝ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2011. – Ȼ.19. 


 241
Shuningdek, normativ shakldagi tushunchalar: yuqori baholangan 
voqea-hodisalar, «taqiq»lar, maqsadlar, loyihalarda o‘z aksini topuvchi 
subyektiv qadriyatlar ham mavjuddir. 
Bundan tashqari, qadriyatlarni umumiylik darajasiga ko‘ra 
individual, jinsiy, yoshga oid, milliy, mintaqaviy, umuminsoniy kabi 
turlariga bo‘linadi. Milliy qadriyatlar muayyan millat yoki elat 
ma’naviyati va turmush tarziga xos bo‘lgan ijtimoiy tushuncha yoki 
hodisa bo‘lsa, mintaqaviy qadriyatlar muayyan mintaqa hududida 
yashovchi ruhiy-psixik hamda kasb-kori jihatidan bir-biriga yaqin 
millatlar, elatlar yoki kishilar guruhining turmush tarzi bilan bog‘liq 
hodisadir. Umuminsoniy qadriyatlar esa yer yuzi xalqlarining umumiy 
ideallari, turmush tarzini ifodalaydi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin