Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə82/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Milliy qadriyatlar bu millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-
odatlari, an’analarini, jamiki moddiy-ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, 
urf-odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatiga xizmat 
qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil qiladi. 
Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan 
mazmuni jihatidan chuqur va keng bo‘lib, umumbashariy ahamiyat kasb 
etadi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining 
taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan umumbashariy muammolar kiradi. 
Bundan tashqari qadriyatlar tasnifida insonning o‘zi uchun 
ahamiyatiga ko‘ra e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan «ichki» va tashqaridan 
singdirilgan «tashqi» qadriyatlar, yoki bo‘lmasa «mutlaq» va 
o‘zgaruvchan tabiatga ega bo‘lgan «konkret-tarixiy qadriyatlar», 
bajaradigan vazifalariga ko‘ra insonlar maqsadining yo‘nalishini 
belgilovchi, sotsial guruhlarda nazorat usuli sifatidagi yoki zaruriy 
funksional qadriyatlar kabi turlar ham qayd etiladi.
Qadriyatlar tasnifida «Huquqiy qadriyat» o‘ziga xos urin egallaydi. 
Huquqiy qadriyat ijtimoiy qadriyatning alohida bir shakli hisoblanadi. 
Insoniyat yaratgan ma’naviy qadriyatlarni bir turi huquqiy qadriyatdir. 
Huquq inson uchun zarur imkoniyatlar, sharoitlar yaratishi, insonlar 
tomonidan qadrlanishi uchun qadriyat hisoblanadi. X.T.Odilqoriyev va 
SH.U.Yakubovlar «Huquqiy qadriyatlar – bu insonlar, jamiyat va davlat 
o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda fuqarolar tomonidan 
e’zozlanadigan, qadrlanadigan, ularning manfaatlariga xizmat qiladigan 
huquqiy normalar, g‘oyalar, qarashlar, institutlar, prinsiplar va 


 242
hodisalardir» – deb ta’rif beradilar. Ular «Huquqiy qadriyat – ijtimoiy 
munosabatlarni samarali tartibga solishga, jamiyatda qonun ustuvorligi 
va adolat tantana qilishga, inson huquqlari va erkinliklari sobitqadamlik 
bilan ta’minlanishiga, yuksak huquqiy ong va madaniyat shakllanishiga 
xizmat qiladigan huquqiy hodisa»dir deb ta’kidlaydilar (Shu asar. – 
B.122). Huquqiy qadriyatlar gultoji – Konstitutsiya hisoblanadi. 
Ԕɚɞɪɢɹɬɥɚɪ ɚɤɫɢɨɥɨɝɢɹ ɮɚɧɢ ɬɨɦɨɧɢɞɚɧ ʆɪɝɚɧɢɥɚɞɢ.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin