Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə84/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

GLOBAL MUAMMOLAR FALSAFASI
1-§. Ijtimoiy bashoratning mohiyati, turlari hamda huquqshunoslik 
fanlari va amaliyotidagi o‘rni 
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida jamiyatida juda katta 
o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Jamiyat qiyofasi oldingi asrlarga 
nisbatan keskin o‘zgarmoqda. Bu albatta jamiyatning rivojlanish 
natijalaridir.
Kishilik jamiyatining rivojlanish ehtiyojlari kelgusini ijtimoiy 
bashorat qilishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Tarixiy progressni 
anglamagan holda davom etishini oldi olinmasa jamiyat uchun ko‘pgina 


 245
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, bu holda ertangi kun 
muammoli bo‘lib qoladi. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy 
muammolarni oldini olishga intilish kelgusini aytishga qiziqishni 
kuchaytirib yuboryapti. Shuning uchun har xil tarixiy davrlarda ko‘pgina 
bashoratchilar vujudga kelgan. Masalan, o‘rta asrlarda Nostradamus, 
hozirgi davrda bolgariyalik Vanga, Chechenistonlik Supyan Sharipov, 
Quriyalik Ono va boshqalar mashhur bashoratchilar hisoblanishadi.
Kishilik jamiyatining kelgusini oldindan bilish tarixda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa o‘tish davrlarida kelgusini oldindan 
aytishga, uni bilishga qiziqish kishilarning hayotiy ehtiyojlari bilan 
bog‘liq. 
Keyingi o‘n yilliklar jamiyat rivojlanishini kelgusini ijtimoiy 
bashoratining portlash davri bo‘lyapti. Ijtimoiy bashorat bilan ko‘pgina 
davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar shug‘ullanyapti, yakka-
yakka shaxslar ham kelgusini bashorat qilishga harakat qilishyapti. 
Keyingi yillarda birgina AQSHda 100dan ortiq katta ijtimoiy 
bashoratlar qilindi, unda ko‘pgina nufuzli muassasalar ishtirok etdi. 
Ayniqsa Xalqaro bank bashorati, 2000-yilgacha umumbashariy 
muammolarning prezidentga hisoboti, Interfyuchers guruhining, G.Kan 
va Dj. Saymon tayyorlagan «Global 2000» bashorati, Rim klubi, Gudzon 
instituti va boshqalar. 1974-yilda kelgusini o‘rganuvchi xalqaro 
federatsiya tuzildi. 
O‘zbekistonda ham mamlakatimizni kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini bashorat qiladigan tashkilotlar mavjud, ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasining makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, ilmiy texnika 
davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, 
strategik izlanishlar instituti. 
Kelgusini bashorat qilish murakkab jarayondir, uning murakkabligi 
shundaki, kelgusi to‘g‘risida dalillar, asoslar yo‘q, balki kelgusining 
nazariy asoslari, qonunlar mavjuddir. Kelgusi to‘g‘risidagi qonunlarni 
hamisha rivojlantirib borish lozim. Aks holda bu qonunlar kelgusini 
qanday bo‘lishligini to‘g‘ri, aniq aks ettirmasligi ham mumkin. Kelgusini 
bilishga qaratilgan fan futurologiya deyiladi. Futurologiya kelgusini 
nazariy asoslangan qonunlarini o‘rganadi. 
Mantiqiy jihatdan bashorat deganda oldin noma’lum bo‘lgan, lekin 
qonunlardan kelib chiqib kelgusida real bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa 
va hodisalar to‘g‘risidagi fikr tushuniladi. Ijtimoiy bashorat – bu 
rivojlanish istiqbolini sifat va miqdor jihatdan aniqlashdir. Bashoratdan 


 246
ko‘pgina fanlar foydalanadi va aniq fanlar ma’lum qonuniyatlarga 
asoslangan holda kelajakni bashorat qiladi. U.Tadjixonov va A.Saidovlar 
o‘zlarining «Huquqiy madaniyat nazariyasi» kitoblarida huquqiy 
madaniyatning prognostik funksiyasi haqida gapirib, shunday 
ta’kidlashadi, – «Huquqiy madaniyatning prognostik funksiyasi huquqiy 
ijodkorlik va huquqni qo‘llashni qamrab oladi, qonunlar va huquqiy 
tartibotni mustahkamlashni, fuqarolardan huquqqa mos xatti-harakat, 
faolligi va boshqalarni, butun huquqiy tizim uchun xos bo‘lgan 
an’analarni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda ilmiy 
prognozlash va rejalashtirishning elementlari, masalan qonunchilik 
faoliyatida kuchayib bormoqda, chunki qonun hujjatlarini ishlab chiqish 
va qabul qilishni rejali ravishda amalga oshirish zarur.
Huquqiy madaniyat bashoratlari ehtimoli bo‘lgan o‘ziga xos 
qadriyatlardan iborat»
1
. Ijtimoiy bashorat qisqa va uzoq muddatli, 
xalqaro va mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ekologik, hayotning 
boshqa sohalarida bo‘lishi mumkin. 
Bashoratni gnoseologik tushunish uning mazmunini yanada 
kengaytiradi. Chunki falsafiy nazariya bo‘lgan gnoseologiya izlanishni 
mantiqiy darajasi va ilmiy shaklni tahlil qilish bilan cheklanmaydi, balki 
ularni tarixiylikda, hamma shakl va darajalarni birlikda olib qaraydi. 
Ko‘p ming yillik insoniy faoliyatning vorisiyligi uchun kelgusini 
bilishning anchagina mexanizmlarini, usullarini yaratdi. Bilishning 
o‘tmishda paydo bo‘lib, insonning bugungi kunidan o‘tib kelgusiga 
qaratilishi uning hayot bilan bog‘liqligidan, faol ijodiy o‘zgartiruvchilik 
xarakteridandir. Bashoratga bunday gnoseologik yondashuv uni 
«oldindan ko‘ra bilish» va «oldindan ayta olish» tushunchalari bilan 
aynanlashtiradi.
Bashorat ma’lum qoidalar asosida aqliy amalga oshirilgan oldindan 
ayta olishdir. Demak, bashorat «oldindan ayta olish»dan o‘zining 
qoidalar asosida va aqliy amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Oldingi 
tajribaviy ma’lumotlarni tahlili, qat’iy o‘rnatilgan dalillar, ilmiy qoidalar 
va nazariyalar ustunligi asosida bashorat amalga oshiriladi. 
Ba’zan ijtimoiy bashorat utopiya bilan ham aynanlashtiriladi. 
«Utopiya» grekcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi «u» – yo‘q, 
«topas» – joy, ya’ni yo‘q joy degan ma’noni anglatadi. Tomas Mor o‘zi 
o‘ylab topgan mamlakatni shunday nomlagan. «Utopiya» so‘zini 
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin