244
mohiyatli munosabatlarda insonlarning qiziqish, manfaatlari birdir. Bu
nuqtai-nazardan barcha kontinentlarning asosiy muammolari bir xildir.
Umuminsoniy muammolar umuminsoniy qadriyatlar tizimini vujudga
kelishini taqozo qiladi.
Boshqa tomondan, yoshlarda milliy urf-odatlarga, rasm-rusumlarga,
milliy til va san’atga shakllantir zarur. Ko‘pgina milliy qadriyatlar
tizimimiz saqlanib qolishiga qaramasdan uning ko‘pgina elementlari
trasformatsiyaga uchrayapti. Ba’zi urf-odatlar o‘zining mohiyatini
o‘zgartirgan, ba’zilari umuman yo‘q bo‘lgan. Markaziy Osiyo
xalqlarining tilida o‘zgarishlar yuz bermoqda, masalan o‘zbek tilida. Bir
necha bor o‘zbek alfaviti o‘zgardi. Leksikamizda eski turmush
tarzimizga xos bo‘lgan ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi, yangi so‘zlar paydo
bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘zbeklarga xos qadriyatlar tizimi qadim-
qadimdan shakllanib kelgan. Uning asosida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan
dunyoqarash yotadi. O‘zbeklarning urf-odatlarga mos xatti-harakati etnik
va diniy ong shakllari bilan bog‘liqdir. Mehmonnavozlik o‘zbek xalqi
hayotining asosiy xususiyatlaridan biridir. Har bir oilada mehmon aziz
inson hisoblanadi. Shunga muvofiq mehmon qabul qilish rituali amalga
oshiriladi. Bu ritual to‘laligicha mehmon hurmati bilan uning mehmonda
bo‘lish vaqti yoqimli bo‘lishi bilan sug‘orilgan. O‘zbek oilalarida doimo
atrofdagilarni fikrlari, ularni hurmati bilan hisoblashish qabul qilingan.
O‘zining xatti-harakatlari umumqabul qilingan xatti-harakatlar bilan
muvofiqligi hisobga olinadi. Bu o‘zbek mentalitetining asosiy
komponentidir. O‘zbek xalqining ko‘pgina a’zolari atrofdagilar bilan
maslahatlashmay kamdan-kam hollarda o‘zicha qaror qabul qiladi.
5-bob.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: