Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə89/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Sog‘liqni saqlash muammosi. Jamiyat vujudga kelgandan buyon 
sog‘liqni saqlash muammosi dolzarb bo‘lib kelmoqda, hozir u 
umumbashariy xarakterga ega. Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud bo‘lgan 
kasalliklarni davolash yo‘llari izlab topilmoqda, yangi tibbiy texnika va 


 258
dorilar yaratilyapti. Shu bilan birga yangi kasalliklar vujudga kelyapti va 
dunyo bo‘yicha tez tarqalib bormoqda. Hozircha insoniyat ko‘pgina 
kasalliklarni davosini topolmay, oldini ololmayapti. Masalan, SPID, rak, 
ebola, infarkt va hokazo. Respublikamizda hozir gripp ko‘p tarqalgan, 
ya’ni aziatskiy virus 1915-yillarda bu xil gripp 20 mln kishini yostig‘ini 
quritgan.
Hozirgi vaqtda jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kishilarni sog‘ligini 
saqlash borasida ko‘p ishlar olib boryapti. VOZ sog‘liqni saqlash 12 ta 
umumbashariy muammosini ishlab chiqqan. Unga muvofiq masalan har 
bir davlat jami milliy mahsulotini 5% dan kam bo‘lmagan mablag‘ni har 
yili sog‘liqni saqlashga ajratish lozim. Har bir kishiga har yili jami milliy 
mahsulotdan 500% dan kam bo‘lmagan mablag‘ ajratishi lozim. Har bir 
kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olinishi zarur. Bu degani, har bir 
uyda ichimlik suvi bo‘lishi yoki 15 minutlik masofada bo‘lishi lozim. 
Aholi yuqimli kasalliklariga qarshi immunizatsiya qilinishi (ayniqsa 
difteriya, tuberkuloz) lozim. Aholiga tibbiy yordam, demak har bir 
aptekada 20 xil dori albatta bo‘lishi zarur (ularni ro‘yxati har bir 
aptekada bor), ularni bahosi davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Hozirgi zamon umumbashariy muammolari yangi siyosiy tafakkur, 
yuksak axloqiy mas’uliyat va misli ko‘rilmagan birlashgan amaliy 
harakatni taqozo etmoqda. 
Demografik muammo. Jamiyat rivojlanishining tabiiy omillaridan 
biri aholining o‘sishi hisoblanadi. Aholining o‘sishi jamiyat iqtisodi 
bilan chambarchas bog‘langan. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida aholi 
o‘sishi (tug‘ilish) nisbatan past darajada edi, o‘lish ko‘rsatkichlari juda 
yuqori edi, kishilar umri juda qisqa edi. Quldorlik tuzumida aholi o‘sishi 
biroz oshdi, feodalizmda yanada oshdi. Aholi o‘sishiga iqtisodiy 
omillardan tashqari fan, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, tarbiya, 
madaniyat, ba’zi xalqlarning urf-odat va an’analari ham ta’sir qiladi. 
Yuqorida aytilganlarni aholi o‘sish dinamikasi yana bir bor isbotlaydi. 
Planetamizda 1000-yil 275 mln kishi, 1500-yil 450 mln, 1650-yil 550 
mln, 1800-yil 906 mln, 1850-yil 1 mlrd 170 mln, 1900-yil 1 mlrd 617 
mln, 1950-yil 2 mlrd 486 mln, 1970-yil 3 mlrd 635 mln, 1987-yil 5 mlrd, 
1999-yil 6 mlrd kishiga yetdi. 
Hozirgi vaqtda har bir sekundda 2-3 ta bola tug‘ilyapti. 1987-yil 11-
iyulda Yer yuzida 5 milliardinchi bola tug‘ildi. U Xorvatiyalik Zagreb 
shahridan Matey Gashpar edi. Uni tabriklash uchun BMTning bosh 
kotibi Peresde Kuelyar kelgan edi. 1999-yil oktabr oyida 6 milliardinchi 
bola tug‘ildi. U Bosniya-Gersegovinaning Sarayeva shahridan Annan 


 259
Menich bo‘ldi. Uni tabriklash uchun BMTning bosh kotibi Kofi Annan 
keldi. BMTning bosh kotibi nomi bolaga berildi. 
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda 24 milliondan ortiq aholi yashaydi. 
Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek Respublikamiz aholisi har yili 450 
ming kishiga ortib boryapti. Toshkent shahri aholisi 1995-yil 2,1 mln 
kishiga ortgan. Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi 1995-yil 253,5 ming 
kishini tashkil qilgan. 


 260

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin