Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə88/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

Ekologik muammolar. Insoniyatning tabiatni tez o‘zlashtira 
boshlashi natijasida tabiat va jamiyat o‘rtasida muvozanat buzila 
boshladi. Bu hol o‘z navbatida ekologik muammoni keltirib chiqardi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer, 
yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa 
tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur 
va ular davlat muhofazasidadir»
1
, – deb ko‘rsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «Ekologiya hozirgi 
zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. 
Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, 
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu 
muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»
2
, – deb ta’kidlaydi. 
1
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɧɢɧɝ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2011. – Ȼ.17. 
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ,
ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. – Ȼ.115. 


 256
Shuning uchun ham respublikamizda mustaqilligimizdan keyin Oliy 
Majlis sessiyasida qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish», «Suv va 
suvdan foydalanish», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar», 
«Yer osti boyliklari», «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanish», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydala-
nish», «Atmosfera havosini muhofaza qilish», «Yer kodeksi»,»Yer 
kadastri», «O‘rmon to‘g‘risida»gi kodeks va qonunlar ushbu muammoni 
hal etishga qaratilgandir.
Markaziy Osiyo davlatlarida tabiatni muhofaza qilishga oid 
qonunchilik rivojlanmoqda. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari 
boshliqlarining 1993-yil mart oyida Qizilo‘rdada, 1994-yil yanvarda 
Nukus shahrida, 1994-yil mart oyida Toshhovuzda bo‘lgan 
uchrashuvlarida Orol dengizi tangligini hal etish, ekologik vaziyatni 
yaxshilash masalalariga qaratildi.
1991-yilda «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi 
tashkil etildi. Bu jamg‘arma O‘zbekiston va umuman butun Markaziy 
Osiyo mintaqasi ekologik holatini yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza 
etishga, aholining salomatligini himoya qilish va sog‘lom zurriyotni 
saqlab qolishga qaratilgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirmoqda. 
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr 
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari» nomli asarida ekologik muammoga alohida e’tiborni 
qaratgan. Asarda ta’kidlanishicha, «insonning tabiat imkoniyatlarini va 
uning rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay jadal yuritilgan xo‘jalik 
faoliyati... Yer yuzida tuproq nurashi, o‘rmonlardan mahrum bo‘lish, 
baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi, tuzli yomg‘irlar, atmosfera 
ifloslanishi, ozon qatlami buzilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib 
keldi. Mutaxassislarning baholashlaricha, 2000-yilga borib o‘rmonlar 
egallab turgan maydon quruqlikning oltidan bir qisminigina tashkil etadi, 
holbuki 50-yillarda ular
Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin