Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ.
Ɍ.1. – Ɍ., 1996. – Ȼ.274.
205
O‘zbekiston ham, mustaqillikka erishgan boshqa yosh davlatlar
singari, sobiq sotsialistik tuzum boshqaruvining markazlashgan
ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan sifat jihatdan yangi ijtimoiy tizimga,
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion o‘tishning o‘ziga
xos yo‘lini ishlab chiqib, amalda tatbiq qila boshladi. Bu yo‘lning eng
muhim jihati nafaqat shiorda, balki amalda ham islohotlar markazida o‘z
tashvishlari, ehtiyojlari, qiziqishlari bilan yashovchi real inson bo‘lishi-
dadir. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab O‘zbekistonda
aholining turmush darajasini ishonchli ravishda himoya qilishga, har
qanday o‘zgarishlar va larzalar ta’siridan kafolatlanishga yo‘naltirilgan
aniq chora-tadbirlarning davlat siyosati darajasida amalga oshirilayot-
ganligini buning isboti sifatida ko‘rsatish mumkin.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasining pastligi, mehnat
taqsimotidagi tengsizlik, davlat mulkiga egasizlarcha munosabatning
shakllanishi, rag‘batlantiruvchi omillarning ishlamasligi, turmush
darajasining pastligi kabi omillar individni jamiyatdan uzoqlashgan, passiv,
boqimanda shaxs sifatida shakllantira bordi. Xullas, ko‘rib turganimizdek,
inson erkinliklarini tiklovchi jamiyat sifatida yuzaga kelgan sotsialistik
tuzum mazkur yo‘nalishda ma’lum bir inqilobiy o‘zgarishlarga erishgan
bo‘lsa-da, oxir oqibatda inqirozga uchrab, inalo, mavjud iqtisodiy sharoit
va aholining past turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni kuchli
ijtimoiy himoyalash kafolatlandi. Aholining deyarli barcha qatlamlari,
ya’ni haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lgan, kam ta’minlangan
tabaqalargina emas, balki, shu bilan birga, ma’lum miqdordagi daromad
oladigan shaxslar ham davlat tomonidan beriladigan nafaqa va turli xil
yordam pullari, imtiyozlar bilan muhofaza etildi.
Aholini ijtimoiy muhofaza etish borasida qilingan dastlabki
harakatlar obyektiv sharoit taqozosi bo‘lganligi va davr o‘tishi bilan bu
chora-tadbirlar o‘zini oqlaganligini Prezidentimiz I.Karimov quyidagicha
ta’kidladi: «Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davrida biz oldindan
butun aholini ijtimoiy himoyalash yo‘lidan bordik. Bu chora-tadbirlar
odamlarning turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldini olishda
muhim rol o‘ynadi... Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng
noqulay boshlang‘ich shart-sharoitlarga va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga
ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq
bo‘ldi»
1
. Bir jihatdan, bunday chora-tadbirlar eng qiyin iqtisodiy
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɏɚɜɮɫɢɡɥɢɤ ɜɚ ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ.6. – Ɍ.,
1998. – Ȼ.183–184.
206
sharoitda aholini moddiy ko‘plab-quvvatlagan va ijtimoiy portlash-
larning oldini olgan bo‘lsa, ikkinchi jihatdan sobiq sovet tizimidan meros
bo‘lib qolgan boqimandalik kayfiyatining yanada tomir yoyishiga sabab
bo‘ldi. Shuning uchun ham bunday salbiy illatlardan qutilish maqsadida
islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari keng yoyila borgan sari
ijtimoiy siyosatda quyidagi tub o‘zgarishlar amalga oshirildi:
1) aholiga moddiy yordam berishga, davlat mablag‘lari bilan bir
qatorda, mehnat jamoalari, xayriya tashkilotlari va turli xil jamg‘arma-
larning mablag‘lari ham keng jalb etila boshladi. Boshqacha qilib
aytganda, davlat ijtimoiy muhofazalash vakolatlarining muayyan qismini
mehnat jamoalari, turli xil jamg‘armalar singari muqobil tuzilmalarga
topshirdi;
2) sobiq sovet tizimidan meros bo‘lib qolgan markazdan taqsim-
lashga asoslangan bir tekischilik amaliyotidan butunlay voz kechildi,
haqiqatan ham muhtoj kishilarga mo‘ljallangan aniq yo‘naltirilgan
maqsadli ijtimoiy himoya tizimiga o‘tildi;
3) har bir kishining o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini to‘la-to‘kis
faollashtirishni ta’minlovchi huquq va erkinliklar berildi.
Eng muhimi, ijtimoiy himoya borasida amalga oshirilayotgan barcha
chora-tadbirlar o‘z mohiyati bilan tengchilik va boqimandalik kayfiyatini
tugatish uchun barcha asoslarni yaratdi va kishilarda islohotlarga ishonch
ruhini shakllantirdi.
Kuchli ijtimoiy himoya odamlarni yangi ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarga keskin o‘zgarishlar va larzalarsiz kirib borishini
ta’minlashga qaratilgan davlat islohotlarining bir qismi, xolos. Aslida,
islohotlarning maqsad va yo‘nalishlari keng ko‘lamli bo‘lib, jamiyatning
barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaga-
nidek, «islohotlarning mazmuni va maqsadi O‘zbekistonning har bir
fuqarosi millati, dini va maslagidan qat’i nazar, shaxs sifatida namoyon
bo‘lish, o‘z qobiliyatini, iste’dodini namoyish etish, o‘z hayotini
yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy bayroq qilish imkoniga ega bo‘ladigan
zarur shartlarni yaratishdan iboratdir»
1
.
Inson qobiliyatlari va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning eng
dastlabki sharti bu iqtisodiy erkinlikni ta’minlashdir. Bu borada
islohotlar davrida yetarlicha asoslar yaratildi.
1
O‘sha joyda. – Ȼ.183.
207
Birinchidan, «inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib
chiqadigan huquqiy qoidalar va normalarga asoslangan keng huquqiy
makon vujudga keltirildi»
1
.
Ikkinchidan, turli xil mulk shakllarini, kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishga asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyot vujudga keltirildi. Bu
esa, o‘z navbatida, har bir kishiga o‘z intilishlari, qiziqishlari va qobiliyatiga
qarab faoliyat turini erkin tanlash imkonini berdi. Bundan tashqari, «dunyo
tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyatda tom ma’nodagi mulkdorlar
sinfining ko‘pchilikni tashkil etishi ijtimoiy hayotdagi barqarorlik va
farovonlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi»
2
.
Uchinchidan, insonning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi ma’muriy-xo‘jalik
tuzilmalari bilan turli xil munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlar,
bozor infrastrukturasi asta-sekin shakllanmoqda.
To‘rtinchidan, mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini keng jalb
etish orqali ishlab chiqarishni texnika bilan ta’minlash va yangi
texnologiyalarni joriy etishda ma’lum yutuqlarga erishildi.
Iqtisodiy erkinlikni ta’minlovchi bunday omillarni sanashni yana
davom ettirish mumkin. Lekin biz uchun eng muhim xulosa shuki,
islohotlar davomida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar bozor munosabatla-
rining afzalliklarini real hayotda ko‘rsatib berdi. Ya’ni inson jamiyatdagi
o‘z o‘rni va qadrining qanday ekanligini hozirgi kunda sodir bo‘layotgan
ijobiy islohotlar natijasida ko‘rmoqda. Kishilarda o‘zini katta mexanizm-
ning kichik murvati deb his qilish, hamma muammolarni uning o‘rniga
davlat hal qilishi lozim degan tasavvurlar yo‘q bo‘lib, o‘z kuchiga,
qobiliyatiga ishonch ruhi shakllanmoqda.
Shu bilan birga, islohotlar shakllanayotgan bozor munosabatlarining
boqimandalik kayfiyatini yengishga, insonda ijodiy va mehnat
imkoniyatlarini keng ochishga, yo‘qolib ketgan xo‘jayinlik hissini qayta
tiklashga qodir ekanligini ham yaqqol ko‘rsatib berdi. Taraqqiyoti-
mizning bugungi bosqichida inson omili jamiyatimizni harakatga
keltiruvchi qudratli kuchga aylanadi.
Insonning o‘z ijtimoiy mohiyatidan begonalashuvining yana bir
ko‘rinishi inson ma’naviy qadriyatlarining toptalishidir. Istiqlol bu
1
Yüklə Dostları ilə paylaş: |