196
1930-yilning o‘zidayoq Quyosh magnit maydonining davriy o‘zgarishi
asab tizimining o‘zgarishiga olib kelishini
asoslab bergan edi
1
. Fan,
bundan tashqari, Yer magnit qutblari davriy o‘zgarishining jonli
mavjudotlar evolutsiyasiga ta’siri borligini yetarlicha isbotlovchi
materiallarni to‘plab berdi. Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, mana
bunday geomagnitik o‘rin almashinishlar davrida biosferani kosmik
radiatsiyadan saqlovchi elektromagnit maydon qalqoni uzoq ming yillar
davomida shu
darajada zaiflashib qolganki, yuqorida aytilgan koinot
zaminida ionlashgan radiatsiyaning quvvati 60 foizga kuchaygan. Bu esa
gominidlar hujayrasidagi tebranishlar (mutatsiyalar) darajasini ikki marta
kuchaytirgan va shu tariqa odamsimon mavjudotlardagi o‘zgarishlar
insonning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan.
Inson zoti shakllanishining evolutsiyasini o‘rganish borasida
R.Lidekker, E.Dyubua, CH.Dauson, R. Dart,
Luis va Meri Likilar kabi
arxeolog, antropolog olimlar katta-katta kashfiyotlar qilganlar. Ular
rahbarlik qilgan ekspeditsiyalarda sivapitek, prokonsul, avstralopitek,
zinjantrop va boshqa odamsimon mavjudotlarning suyak qoldiqlari
topilgan. Bu olimlar o‘zlarining har bir yangi topilmasini inson
evolutsiyaning boshlang‘ich nuqtasi deb bilishga harakat qilganlar.
Masalan, Hindistonda Himolay tog‘ etaklari Sivalik tepaligida Rixard
Lidekker kashf qilgan va sivapitek deb nomlangan topilma (yoshi
taxminan 8-10 million yilga teng bo‘lgan qadimgi shimpanze jag‘
suyaklarining qoldiqlari) ko‘p yillar davomida
inson evolutsiyasidagi eng
dastlabki tur deb hisoblanar edi. Topilmaning morfologik jihatlarini
o‘rganish, suyak qoldig‘i o‘lchamlarini solishtirish ishlari sivapitekni
odamdan ko‘ra ko‘proq maymunga yaqinroqligi,
hech qachon Homo
(inson) ajdodi bo‘lishi mumkin emasligi, to‘g‘rirog‘i, shu evolyutsion
shahobchaga yaqinroq bo‘lgan tur ekanligini ko‘rsatdi
2
.
Ingliz antropologi Jon Neyper inson evolutsiyasining boshlang‘ich
nuqtasini prokonsul va driopitekning ajdodi bo‘lmish yegiptopitek
tashkil qiladi deb ta’kidlaydi. Boshqa olim Lyuring Breys fikricha,
yegiptopitekdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ramapitek, avstralopitek, pitekantrop,
neandertal va kromanyon odam kelib chiqqan. Yan Yelinekning taxmin
qilishicha, ramapitek (topilmaning yoshi – 14 mln yil, bo‘yi – 110
sm ni
tashkil qilgan)ning ajdodlari keniapitek, prokonsul va driopiteklar
hisoblanadi
3
.
1
O‘sha joyda.
2
Ʌɚɪɢɱɟɜ ȼ.ȿ. ɋɚɞ ɗɞɟɦɚ. – Ɇ., 1980. – ɋ. 357–374.
3
Ⱥɧɞɪɟɟɜ ɂ.Ʌ. ɉɪɨɢɫɯɨɠɞɟɧɢɟ ɱɟɥɨɜɟɤɚ ɢ ɨɛɳɟɫɬɜɚ. – Ɇ., 1988. – ɋ.252.
197
Ko‘pgina arxeologik topilmalar inson evolutsiyasining dastlabki
bosqichlari Sharqiy Afrikadan boshlanganligini ko‘rsatmoqda.
Chunonchi, Natron va Esyai ko‘llari yonidagi Olduvey darasi (Sharqiy
Afrika) arxeolog olimlar er-xotin Luis va Meri Likilarga inson evolutsiya
bosqichlarini ko‘rsatuvchi noyob topilmalarni taqdim etgan joydir.
Dastlab 1948-yilda bosh suyagi hamda yuqori va ostki jag‘ suyaklari
yaxshi saqlangan, taxminan 25 mln yil
oldin yashagan odamsimon
maymun – prokonsul topilgan
1
. Aynan shu tur, ya’ni prokonsul fan
olamida inson paydo bo‘lishiga turtki bo‘lgan
antropoidlar sinfining
birlamchi shoxobchalaridan hisoblanadi.
Inson evolutsiyasining keyingi bosqichi, o‘zining kelib chiqish
negizi ramapitek, driopitek va prokonsulga borib taqaladigan zot –
avstralopitek bilan bog‘liqdir. «Avstralopitek» so‘zi o‘z etimologiyasiga
ko‘ra, australis – lotincha «janub», pithekos – grekcha «maymun»
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, janub maymuni degan ma’noni
anglatadi. Mazkur turga oid odamsimon mavjudotning suyak qoldiqlarini
birinchi bor 1925-yilda Raymond Dart Afrikaning janubidagi
Kalaxari
sahrosining Taungas va Transvaal hududlari atrofida topilma sifatida
kashf qilgan. R.Dart topilmasidan so‘ng avstralopiteklarning yangidan-
yangi turlari Janubiy va Sharqiy Afrika hududlari atrofida kashf qilina
bordi.
Fanda har bir odamsimon mavjudotga xos topilmani morfologik
jihatlariga qarab insonlar (ya’ni lot. «homo», ko‘pgina ruscha kitoblarda
«gominido‘» deb ataluvchi) turkumiga kiritishga harakat qilinadi.
Avstralopiteklar turkum sifatida insonga yaqin bo‘lgan morfologik
jihatlarni, ya’ni nisbatan katta hajmga ega bosh miya, qaddini tik tutib
yurish qobiliyatini o‘zida mujassamlashtirgan.
R.Dart Taungas topilmasining jag‘ suyak qoldiqlari hamda tishlarini
o‘rganib, tirikligida yetti yoshlar atrofidagi qiz bola bo‘lganligini
aniqladi va unga «Bebi» deb nom berdi.
Bebi bosh miyasining hajmi
(520 sm3) bo‘yicha shimpanzeniki (480 sm3)dan katta, gorillanikidan
(680 sm3) kichik bo‘lib chiqdi. Hisoblarga ko‘ra, agar yetti yoshli Bebi
bosh miyasining hajmi 520 sm3 ga teng bo‘lsa,
unda yoshi katta
avstralopitek bosh miyasining hajmi 780 sm3 dan kam bo‘lmasligi
aniqlandi
2
. Demak, avstralopitek bosh miyasining hajmi va uning o‘sish
sur’ati bo‘yicha ham shimpanze va gorillalardan farq qilar ekan, shuning
1
Yüklə
Dostları ilə paylaş: