Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Huquq falsafasi – fan sifatida


səhifə75/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Huquq falsafasi – fan sifatida 
Huquq falsafasi yangi fanlardan biri hisoblanadi. Huquq falsafasi 
huquq to‘g‘risidagi haqiqatni, odamlar ijtimoiy borlig‘ining maxsus 
shakli va ijtimoiy tartibga solishning alohida turi bo‘lgan huquq haqidagi 
haqiqiy bilimlarni izlash va aniqlash bilan shug‘ullanadi. Huquq obyekt 


 219
sifatida turli fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ularning har biri huquqni 
o‘ziga xos tushunishi va mazkur obyektni o‘rganishning o‘z usullari, 
o‘zining maxsus predmeti va metodi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. 
Huquq falsafasida umuman huquq muayyan universal yaxlitlik sifatidagi 
huquq, butun huquqiy universum, huquqning butun olami, huquqning 
mohiyati tadqiq etiladi. Eng umumiy tarzda huquq falsafasining predmeti 
– huquqdir. Huquq falsafasining predmetini yanada chuqurroq tahlil 
qiladigan bo‘lsak aytish mumkinki, bu o‘zaro farqlanadigan,o‘zaro 
nisbatda bo‘lgan va izlanayotgan birlik bo‘lgan huquq va qonun. Huquq 
falsafasining predmetini aniqlashtirish huquq falsafasining u yoki bu 
aniq konsepsiyasi asosida yotgan huquq mohiyatini tushunishga 
bog‘liqdir. 
Huquq falsafasining predmeti – bu rasman tenglik va uning 
namoyon bo‘lish shaklidir. Ijtimoiy sohadagi har qanday tenglik – aynan 
rasman tenglik bo‘lgani uchun yuqoridagi ta’rifni qisqaroq shaklda: 
huquq falsafasining predmeti – bu tenglik va uning namoyon bo‘lishi 
prinsipidir. 
Huquqiy hodisalarga rasman tenglik prinsipiga muvofiq keluvchi, 
mazkur prinsip talablarining zohiriy ifodasi va amalga oshirilishi 
shakllaridan iborat bo‘lgan real hodisalar (rasman o‘rnatilgan qonun, 
amalda mavjud bo‘lgan davlat, ijtimoiy turmushning turli subyektlari 
xulq-atvori, ularning o‘zaro munosabati va hokazolar) tegishlidir. 
Huquq falsafasi predmetiga boshqa huquqiy hodisalar bilan birga, 
davlat ham alohida huquqiy hodisa sifatida kiradi. 
Huquq falsafasi – bu huquqni falsafiy anglash va asoslashgina emas, 
balki ayni vaqtda aksilhuquq (o‘zboshimchalik)ni uning barcha nazariy 
va amaliy ko‘rinishlarida – aksilhuquqiy qonun, aksilhuquqiy hokimiyat, 
munosabatlarning aksilhuquqiy shakllari va hokazolar sifatidagi 
ko‘rinishlarini falsafiy fosh etish, tanqid qilish va inkor qilishdir. Biz 
huquqni ham mohiyat ham hodisa sifatida qarab chiqyapmiz. Huquqning 
mohiyati – bu uning tashqi va ichki birligidir. Huquqning mohiyati – bu 
uning o‘zgarishlari qonunlarining tizimidir. Huquqning mohiyati – bu 
uning universalligidadir. Huquqning mohiyati – bu uning konkretligi-
dadir. Huquq shu bilan birga nazariy izlanish predmetidir. 
Huquq falsafasi ijtimoiy falsafaning tarkibiy qismidir. 
Huquq falsafasi harakatdagi huquq tizimining nazariy dasturidir. 
Huquq – bu ijtimoiy va ma’naviy borliqning shaklidir, ya’ni ijtimoiy 
hayotni tashkil qilish shakli hisoblanadi. 


 220
Huquq – bu ijtimoiy va individual borliqning universal tavsifidir. 
Huquq – bu konkret-tarixiy va madaniy o‘ziga xos hodisadir. 
Huquq – bu hayotni estetik ifodalash shaklidir. 
Huquq falsafasi – huquqning mohiyati, vujudga kelishi, huquqiy 
qoidalarning axloqiy normalar bilan mutanosibligi va shu kabi boshqa 
muammolarning falsafiy talqini. Huquq falsafasi huquqni mantiqiy 
gnoseologik, psixologik, sotsiologik va axloqiy nuqtai nazardan tadqiq 
etadi. Huquq falsafasi uzoq muddat davomida falsafiy ta’limotlarning 
muhim tarkibiy qismi sifatida shakllanib keldi. Antik falsafa 
namoyandalari (Suqrot, Platon, Aristotel) huquq falsafasining qator 
muammolariga qo‘l urgandilar. Ular huquq va adolat, huquq va qonun, 
huquq va kuch-qudrat o‘rtasidagi munosabatlarni huquqni ijtimoiy 
qadriyatlar iyerarxiyasidagi o‘rnini aniqlashga intildilar. Huquq falsafasi, 
ayniqsa, ma’rifatparvarlik falsafasida (tabiiy huquqiy nazariyasi), nemis 
klassik falsafasida (masalan, Gegelning «Huquq falsafasi» asari) katta 
o‘rinni egalladi. XX asrning ikkinchi yarmida huquq falsafasi bilan 
Gusserl, Sheler, Gartman va qator ekzistensializm namoyandalari 
shug‘ullandilar. Mazkur mutafakkirlar huquq ontologiyasini yaratishga 
intildilar. Ularning fikricha, huquqning o‘ziga xos borlig‘i mavjud, 
huquqshunos esa turli huquqiy tushunchalar, me’yorlar va qadriyatlarni 
kashf etib boradi. Bugungi kunda G‘arbda Huquq falsafasining tarixiy 
huquqiy maktab avinyi) va neokantchilik (R.Shtamler) kabi yo‘nalishlari 
obro‘ qozongan. 
Huquq falsafasi qadimiy va boy tarixga egadir. Falsafiy – huquqiy 
muammolar qadimgi davrda va o‘rta asrlarda umumiyroq mavzuning 
bo‘lagi va bir jihati sifatida, XVIII asrdan boshlab esa alohida ilmiy fan 
sifatida ishlab chiqildi. 
«Huquq falsafasi» atamasi dastlab yuridik fanda paydo bo‘ldi. 
Taniqli nemis huquqshunosi, huquqning tarixiy maktabi asoschisi 
G.Gugo o‘zi «huquq to‘g‘risidagi ta’limotning falsafiy qismi» sifatida 
ishlab chiqishga intilgan «pozitiv huquq falsafasi»ni lo‘nda tushuntirish 
uchun ushbu atamadan foydalangan. Gugoning fikricha, huquqshunoslik 
(yurisprudensiya) uch qismdan: yuridik dogmatika, huquq falsafasi 
(pozitiv huquq falsafasi) va huquq tarixidan iborat. Uning fikricha, 
amalda bo‘lgan (pozitiv) huquq bilan shug‘ullanuvchi va o‘zida «yuridik 
hunar»ni ifodalovchi yuridik dogmatika uchun empirik bilim yetarlidir. 
Huquq falsafasi va huquq tarixi tegishli ravishda «huquqni ilmiy 
bilishning oqilona asosini» tashkil etadi va «ilmiy, liberal yurispru-
densiyani» («bashang» yurisprudensiyani) hosil qiladi. «Huquq 


 221
falsafasi» atamasining keng yoyilishi Gegelning «Huquq falsafasi» 
(1820) bilan bog‘liqdir. Gegelning fikricha, huquq falsafasi tabiiy huquq 
(yoki falsafiy huquq) to‘g‘risidagi chinakam falsafiy ta’limotdir. Shuni 
ham aytish lozimki Gegelning «Huquq falsafasi» deb qabul qilingan 
asari aslida «Tabiiy huquq va davlat to‘g‘risida fan ocherklari. Huquq 
falsafasi asoslari» degan ikkita nom bilan chop etilgan. Gegelning 
ta’kidlashicha, huquq falsafasi Gugoda bo‘lgani singari, yuridik fan 
emas, balki falsafiy fandir. «Huquq to‘g‘risidagi fan, – deydi u, – 
falsafaning bir qismidir». Shunga muvofiq Gegel huquq falsafasi 
predmetini quyidagicha ifodalaydi: «Huquq to‘g‘risidagi falsafiy fan 
predmeti huquq g‘oyasi – huquq tushunchasi va uning amalga 
oshirilishidir». Gegelga ko‘ra, huquq falsafasining vazifasi huquq 
asosida yotuvchi fikrni anglab yetishdan iborat. Bunga esa faqat to‘g‘ri 
fikr yuritish, huquqni falsafiy bilib olish yordamida erishish mumkin. 
«Huquqda, – deb qayd etadi Gegel, – inson o‘z aqlini topishi, binobarin, 
huquqning oqilona ekanligini ko‘rib chiqishi kerak va bu bilan faqat 
ziddiyatlar ila ish ko‘radigan pozitiv yurisprudensiyadan ko‘ra ko‘proq 
bizning fanimiz shug‘ullanadi». XIX-XX asrlarda huquq falsafasini fan 
sifatida xususiyatini ta’riflashga Gugo va Gegelning ikki xil yondashuvi 
yanada rivojlantirildi. 
Maxsus falsafiy fan sifatidagi huquq falsafasida (tabiat falsafasi, din 
falsafasi, axloq falsafasi va shu kabi maxsus falsafiy fanlar bilan 
birgalikda) bilish bilan bog‘liq qiziqish va tadqiqot e’tibori asosan 
ishning falsafiy jihatiga, huquqning alohida sohasida falsafa 
konsepsiyasini aniqlashda bilish imkoniyatlarini va evristik salohiyatni 
namoyish qilishga qaratilgan. Bunda mazkur obyekt (huquq)ning 
xususiyatlariga tatbiqan tegishli konsepsiyani mazmunli aniqlashtirishga, 
uni anglab olishga, ushbu konsepsiyani uning metodologiyasi, gnoseolo-
giyasi va aksiologiyasi oqimida tushunarli izohlash va o‘zlashtirishga 
jiddiy ahamiyat beriladi. Huquqshunoslik (yurisprudensiya) nuqtai 
nazaridan ishlab chiqilgan huquq falsafasi konsepsiyalarida esa, ular 
qanchalik farq qilishiga qaramay, odatda, tadqiqotning huquqiy 
motivlari, yo‘nalishlari va mo‘ljallari ustunlik qiladi. Uning falsafiy 
ixtisosi falsafiy asosga ega emas, balki falsafiy anglashda uni huquqiy 
soha ehtiyoji taqozo qiladigan olam, inson to‘g‘risidagi, ijtimoiy turmush 
shakllari va normalari, bilishning yo‘llari va metodlari, qadriyatlar tizimi 
to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot tizimida huquq va huquqiy tafakkurning 
mazmuni, o‘rni va ahamiyati kabi falsafiy dunyoqarash nuqtai nazaridan, 
muammolarga ustun darajadagi qiziqish shu tufaylidir. Yuridik fanda 


 222
falsafiy-huquqiy muammolarga, garchi yetarli darajada bo‘lmasa ham, 
an’anaviy ravishda katta e’tibor beriladi. Huquq falsafasi 
huquqshunoslikning falsafa va boshqa bir qancha gumanitar fanlar bilan 
fanlararo aloqalari jihatidan ham, yuridik fanlar tizimining o‘zidagi 
aloqalar jihatidan ham bir qancha muhim metodologik, gnoseologik va 
aksiologik tusdagi umumilmiy funksiyalarni bajarishga da’vat etilgan. 
3-bob. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin