Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


səhifə74/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

2-§. Hozirgi zamon fani yutuqlari 
Oldingi ikki asrda juda katta miqdorda bilimlar yig‘ildi. Bu 
bilimlarni fan oldin umumlashtirdi, tizimlashtirdi va yangi vazifalarni 
yechishga kirishdi. Ya’ni u bilimlarni amaliyotga tatbiq qila boshladi. 


 216
Amaliyot ham fanga ta’sir qila boshladi. Buning natijasida termodina-
mika vujudga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qishloq 
xo‘jaligidagi muammolarni yechishga organik ximiya fani kirishdi. 
Uning yordamida yangi dori-darmonlar, bo‘yoqlar yaratildi. Ximiyaviy 
texnologiya elementlari ishlab chiqarishga tatbiq qilina boshladi.
Elektrodinamikaning vujudga kelishi yangi davrni boshlab berdi. 
Elektr, magnit va yorug‘lik hodisalarining chuqur o‘rganilishi elektrotex-
nikani rivojlantirib yubordi va yangi elektr mashinalari va aloqa 
vositalari ishlab chiqildi. 
XX asr 50-60 yillariga kelib tabiatshunoslik, texnik va ijtimoiy 
fanlar juda rivojlanib ketdi. Asr boshlarida fizika, ximiya, biologiya 
fanlari keskin rivojlandi. Bunga XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi 
yangiliklar sezilarli turtki berdi. A.Eynshteynning umumiy nisbiylik 
nazariyasini va maxsus nisbiylik nazariyasini ochishi yangi texnika va 
texnologiyani vujudga keltirdi. 60-70 yillarga kelib insonni o‘rganuvchi 
fanlar – gen injeneriyasi, biotexnologiya, biomeditsina rivojlandi. Ushbu 
fanlarni rivojlanishi olimlarning ijtimoiy mas’uliyatini ham oshirdi. 
Chunki gen injeneriyasini rivojlanishi salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. 1975-yilda ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan olimlar insonni 
o‘rganishda moratoriy e’lon qilishdi. Buning natijasida molekular 
genetika rivojlandi. Endi olimlar yangi organizmda o‘zlari xohlagan 
xususiyatlarni rivojlantirish imkoniyati tug‘ildi. Oldin ishlab chiqarish 
murakkab bo‘lgan dorilar – insulin, inson o‘sishi uchun zarur bo‘lgan 
garmon, antibiotiklarni xohlagancha yaratish mumkin bo‘ldi. Sovuqqa, 
qurg‘oqchilikka, har xil kasalliklarga, parazitlarga qarshi tura oladigan 
qishloq xo‘jalik ekinlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan azot ola biladigan 
o‘simliklar yaratildi. Azot ishlab chiqarish esa juda qimmatlidir. 
XX asr informatsion asr hisoblanadi. Informatsion texnologiya 
vujudga keldi. Informatsion texnologiyaning mohiyati shundaki ma’lum 
bir apparatlarni o‘zaro ulab ishlab chiqarishni boshqarishi mumkin. Bu 
texnologiyaning asosini EHM – kompyuterlar tashkil qiladi. 
Kompyuterlarda axborotlar qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi. Ular 
maxsus dasturlar asosida ishlaydi. Informatsion texnologiya ishlab 
chiqarishni to‘la avtomatlashtirishi mumkin. Inson mehnatini robotlar 
amalga oshiradi. Informatsiya uzatuvchi qurilmalar yordamida kosmik 
kemalar, yangi samolyotlar, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish 
boshqariladi. Bunday qurilmalardan ta’lim va tarbiya jarayonida ham 
foydalanishyapti. Albatta buni o‘ta murakkab informatsion texnologiya 
yordamida amalga oshiriladi. 


 217
G‘arb davlatlarida, AQSHda mehnatkashlarning asosiy ko‘pchiligi 
xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat qilishadi (AQSHda – 80%dan, 
Germaniyada – 70%dan ortig‘i). Katta ko‘lamda o‘zaro bog‘langan 
bilimlar banki tashkil qilindi. Bunday banklarga mamlakatning har 
qanday nuqtasidan juda qisqa vaqt mobaynida qonunlar bog‘lanish 
imkonini beradi. AQSHda 100 mlndan ortiq aholi shaxsiy kompyuteriga 
ega. 
XXI asr arafasida Internet vujudga keldi. Internet ilmiy bilimlarni 
keng tarqalishi, almashinishi uchun yaxshi imkoniyatlar yaratdi. 
1960-yillarda kosmik texnika, texnologiya rivojlana boshladi. 2000-
yilgacha fazo intensiv ravishda o‘zlashtirila boshlandi. Orbital kosmik 
stansiyalar paydo bo‘ldi. Kosmik stansiyalarda ko‘pgina ilmiy izlanishlar 
olib borildi. Aytaylik yerni, quyoshni, boshqa planetalarni o‘rganish 
bo‘yicha, yangi sintetik materiallar yaratish bo‘yicha. Buning natijasida 
insonlar xohlagan xususiyatlarini oldindan rejalashtirib materiallarga 
o‘tkazib yangi materiallar yaratildi. 
Ammo fan yutuqlaridan tinchlik maqsadlarida va urush maqsad-
larida ham foydalanish mumkin. S.I.Vavilovning fikricha, «Fan-juda 
ham kuchli, ikki tomoni ham o‘tkir qirralidir. Kimning qo‘lida bo‘lishiga 
qarab undan tinchlik yoki yomonlik maqsadida ishlatilishi mumkin». 
Tabiatshunoslik fanlarining bir tomonlama rivojlanishi termoyadro 
urushi xavfini vujudga keltirdi. Bu haqda Julio-Kyuri shunday yozadi: 
«fan insoniyatga qanchalik foyda keltirganligini olimlar bilishadi, agar 
yer yuzida tinchlik hukmron bo‘lsa fan qanday yutuqlarga erishishini 
ham bilishadi. Ular kimdir bizni fan atom va vodorod bombasidan 
o‘limga olib keldi deyishini xohlashmaydi. Olimlar fan aybdor 
emasligini bilishadi. Fan yutuqlaridan g‘araz maqsadlarda foydalangan 
inson aybdor». Fan yutuqlaridan hamisha dastlab mamlakat manfaatla-
ridan kelib chiqqan holda harbiy maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, 
A.Eynshteyn atom yadro energiyasidan foydalanish, inson ongi-miya 
xususiyatlarini o‘rganishidan foydalanib zombilarni yaratilishi, oldingi 
davrlarda Al-ximiklar tashkilotining faoliyati. Fan yutuqlarining hayotga 
tatbiq etilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshadi: «fan – texnika – 
ishlab chiqarish». Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish ba’zan 
qisqa davrni, ba’zan esa uzoq davrni qamrab oladi. Masalan, 
Cherepanovning suvni, havoni tozalovchi qurilmasi, yaqinda AQSHda 
yaratilgan yangi tez uchar samolyot Yer yuzini 4.5 soatda aylanib o‘tadi. 
Ishlab chiqarishga 2016-yilda kirishiladi. 


 218
Nobel mukofoti laureati J.Alfyorovni yarim o‘tkazgichlarini 70-
yillarda ochganini ham keltirish mumkin. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki hozirgi vaqtda fan bilan shug‘ulla-
nadigan shaharlar paydo bo‘layapti. Oldin ham bo‘lgan. Masalan: 
Arkanzas, Los-Alamos va boshqalar. Hozirgi vaqtda RFda shunday 
shaharlar yaratish haqida 1997-yil 7-noyabrda farmon qabul qilingan. 
Hozir RFda 60 dan ziyod shunday shahar bor, ularni 29 tasi Pod-
Moskovyeda, qolganlari Ural va Sibirda. 
Yaponiyada mavjud bo‘lgan, faqat fan bilan shug‘ullanadigan 
shahar Sukubu deb ataladi. U yerda dunyoning turli joylaridan olimlar 
kelib ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi. 
Fan yutuqlari III faoliyatiga ham ta’sir qilyapti. IIIda fan yutuqlari-
dan ham foydalanilayapti. Aytaylik yarim o‘tkazgichlardan yaratilgan 
aloqa vositalari IIIga keng kirib keldi, yangi radioaloqa vositalari 
faoliyatida katta samara beryapti. 
Fan yutuqlari asosida yaratilgan yangi avtomobillardan, yangi 
suratga olish, ovoz yozib apparatlaridan foydalanilayapti. O‘q o‘tkaz-
maydigan materiallardan avtomobillarda, xodimlarni himoyalashda 
qo‘llanilyapti. Ximiya fani yutuqlaridan ximiyaviy moddalarni aniqlash-
da foydalanilyapti. 
Kompyuterlar Ichki iglar idoralariga to‘la kirib kelyapti. Kompyu-
terlarni kirib kelishi xodimlarni mas’uliyatini oshirib, vazifalarini 
o‘zgartiryapti. Kompyuterlarda ko‘pgina ishlarni masalan: jinoyatchini 
foto robotini yaratish va boshqalar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy fanlar-
da amalga oshayotgan demokratizatsiya va insonparvarlik jarayonlari III 
faoliyati insonparvarlik bilan singdirilyapti. 
Ichki ishlar idoralari faoliyati fan yutuqlarini tez fursatda amaliyotga 
tatbiq qilishni talab qiladi. Bu holat IIIning xususiyati bilan bog‘liq. 
Jinoyatni oldini olish, jinoyatni ochish buni talab qiladi. Aks holda 
jamiyatdagi ijtimoiy psixologik muhit murakkablashib ketadi. 
Kundan-kunga jinoyatlar murakkablashib bormoqda, uni ochish ham 
ko‘p mushkulliklarni vujudga keltiradi, vaqt esa kutmaydi. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin