Ʉɚɧɤɟ ȼ.Ⱥ. Ɏɢɥɨɫɨɮɢɹ ɞɥɹ ɸɪɢɫɬɨɜ. – Ɇ., 2011.
212
(ingl. descriptive – tasvirlash(opisatelno‘y) degan ma’noni anglatadi)
fanlar yozib oluvchi yoki semantik fanlar deyiladi.
Aksiologik (grek. axios – qimmatli va logos – ta’limot) fanlar
qadriyatlar va insonlar normalari bilan ish olib boradi. Bu fanlarni
ko‘pincha amaliy fanlar yoki ba’zilar masalan inglizlar axloqiy fanlar
deyishadi.
Tabiatshunoslik fanlari ko‘pincha aniq fanlar deb ham ataladi.
Odatda aniq fanlar deganda matematika, fizika, va boshqalar tushuniladi.
Chunki aniq fanlar deyilishiga sabab ular mantiqiy kategoriyalarga ega.
Masalan, katetlar kvadratining yig‘indisi gepatenuza kvadratiga teng
bo‘laveradi. Yoki jismni tezlanishi ta’sir qilayotgan kuchga to‘g‘ri
proporsional, uning massasiga teskari proporsionaldir.
Falsafani ham aniq fanlar qatoriga qo‘shish mumkin. Chunki u ham
o‘z mantiqiy kategoriyalariga ega, asoslardan natijalarni keltirib
chiqarish bilan xulosalarni shakllantiradi. Aniq fanlar o‘z predmetlarini
mohiyatini chuqur tahlil qiladi, bu ularning kuchli tomoni hisoblanadi.
Ularning kuchsiz tomoni ular oxir oqibatda modellarga tayanib qolishadi
(aytaylik fizik, matematik model). Masalan, biz qandaydir bir hodisani
modelini yaratsak, o‘shandan natijalarni keltirib chiqaraveramiz. Albatta,
biz modelni aniq yaratishimizga bog‘liq. Modellar aks ettirilayotgan
hodisani soddalashtiradi. Har qanday soddalashtirish nimanidir
yo‘qotishga olib boradi. Keyinchalik shu yo‘qotilgan ahamiyatsiz narsa
juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Aniq fanlar: matematika, fizika murakkab tarkibga ega. Ular turli
darajadagi izlanishlarga ega. Gumanitar fanlarda izlanishlar darajalari
kamroq.
Bundan tashqari aniq fanlar terminlarga aniq ta’rif berilgandan keyin
foydalanishni tavsiya qiladi. Gumanitar fanlar esa termin aniq ta’rifga
ega bo‘lmasa-da, lekin nima haqda gap borayotganligi ko‘pchilikka
umumiy tarzda tushunarli bo‘lsa, undan foydalanaveradi. Gumanitar
fanlarda aniq ta’riflarni yo‘qligi uning kuchsizligi emas, balki kuchli
tomonini aks ettirilishidir. Masalan, qattiq yoki gaz holatidagi predmetlar
haqida gap borsa, biz ular nima ekanligini aniq tasavvur qilamiz. Agar
adabiyot tarixi haqida gapirishganimizda biz klassitsizm qayerda
tugaydi, romantizm qayerda boshlanadi, buni aniq tasavvur qila
olmaymiz. Ular bir-biriga tabiiy holda o‘tadi, shuning uchun ular haqida
tushunchalar ham har xildir.
Fan tarixida shunday hodisalar bo‘lganki, bir hodisani bir vaqtda bir-
necha olim bir-biridan bexabar holda o‘rganishi mumkin. Buning
213
natijasida bir narsa bir-necha olim tomonidan bir vaqtda kashf qilinishi
mumkin. Masalan, noevklid geometriyasi. U bir vaqtda uchta olim
tomonidan kashf qilingan. Dastlab uni nemis olimi Gauss ochgan, lekin
uni e’lon qilib, chop etmagan. Keyin uni rus olimi Lobachevskiy ochgan
va uni e’lon qilgan, u Gauss ishlaridan bexabar bo‘lgan. Lobachevskiy
bilan bir vaqtda shu yo‘nalishda venger matematigi Bolyai ham ish olib
borgan. Lekin Bolyai o‘z ishlarini Lobachevskiydan olti oy keyin e’lon
qilgan va chop ettirgan. Xuddi shunday voqea «Neptun» planetasini
ochilishida ham kuzatilgan. Yosh (25 yoshlarda) ingliz olimi Djon
Adams 1841-yil «Neptun» planetasi borligini aniqlagan, keyin uni
aniqroq bilmaguncha e’lon qilmagan. Bu haqda Dj.Adams o‘rtog‘i
Chalmsga aytgan. 1846-yilda fransuz olimi Leverye bu planetani kashf
qilganligini e’lon qilgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki hozirgi zamon texnikasi kapitalizm va
amaliy fanlarni birlashishi natijasida vujudga kelgan. Ammo har qanday
texnika ham ilmiy hisoblanmaydi. Masalan, Xitoyda bizning eramiz-
gacha texnika rivojlansa-da, fizika fani mavjudligidan bexabar edi.
Fan inson bilish faoliyatining asosiy shakllaridan biridir. Hozirgi.
kunda fanning ahamiyati o‘sib boryapti va bizni o‘rab turgan voqelikning
tarkibiy bir qismiga aylanmoqda. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti
I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida shunday
yozadi: «Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni
amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g‘oyat
muhim ahamiyatga ega.
Respublika fani qudratli intellektual salohiyatni yaratgan. U
hayotimizning ko‘pgina sohalarida amalda qo‘llanmoqda. Vatanimizning
milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun
asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Tarixan O‘zbekiston Respublikasida
shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo‘sag‘asida o‘zining
rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar, imkoniyatlari
bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan
ilgarilab ketgan.
Fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go‘zal binosiga
bundan ko‘p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Bilimlar
xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda
mashhur. Bular buyuk matematik va astronomlar al-Xorazmiy,
Farg‘oniy, Javhariy, Marvaziy, Ulug‘bek; faylasuf va ilohiyotchi-
214
huquqshunoslar Forobiy, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy,
Marg‘inoniy, Nasafiy; qomusiy olimlar Beruniy, Ibn-Sino; tilshunos –
shoirlar Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Zamahshariy, Alisher Navoiy;
tarixchilar Bobur Mirzo, Abulg‘ozi Bahodirxon, Ogohiy va boshqa
ko‘pgina zotlardir.
Hozirgi zamon fani bundan 100-150 yil oldingi fandan har
tomonlama farq qiladi. Uning xarakteri va jamiyat bilan munosabati
butunlay o‘zgardi.
Hozirgi zamon fanining inson va jamiyat hayotining turli sohalariga
qanday ta’sir qilishini u amalga oshiradigan uchta asosiy funksiyasida
kuzatish mumkin.
Bu ijtimoiy funksiyalar quyidagilar:
a) madaniy – dunyoqarashlik;
b) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuch ekanligi;
v) ijtimoiy kuch ekanligi.
Feodal jamiyatning yemirila boshlashi bilan fanning dunyoqarashga
ta’siri sezila boshladi. Shu davrda Fan ijtimoiy institut sifatida shakllana
boshladi. Bu davrda ijtimoiy hayotning barcha tomonlarida din, diniy
dunyoqarash hukmron edi. Bu davrda fan va din o‘rtasida kuchli kurash
borar edi. N.Kopernik amalga oshirgan kashfiyotdan keyin fanning
dunyoqarashga ta’siri kuchaydi va ilmiy bilimlar insonlar dunyoqa-
rashida salmoqli o‘rin egallay boshladi. N.Kopernikning geliosentrik
nazariyasini qabul qilish oson emasdi, chunki oldingi dogmalardan voz
kechish zarur edi. O‘sha davrdagi dramatik hodisalar – D.Brunoning
gulxanda yondirilishi, Galileyning tavba qilishga majbur qilinishi,
CH.Darvin ta’limotidan noroziliklar, – esdan chiqishi uchun va fanning
dunyoqarash shakllanishidagi ta’siri kuchayishi uchun vaqt zarur edi.
Shu tariqa fanning madaniy – dunyoqarashlik funksiyasi kuchaya bordi.
Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi funksiyasi
bugungi kunda nafaqat sezilarli bo‘lib qoldi, balki birinchi darajali
bo‘lmoqda. Hozirgi zamon ilmiy texnik taraqqiyotining ko‘lami ijtimoiy
hayotning barcha tomonlarida o‘sib boryapti.
Fan ijtimoiy institut sifatida shakllanib borishida «fan – texnika –
ishlab chiqarish»ni birlashtirish imkoniyatlari vujudga keldi. Bu zarurat
o‘ziga muvofiq tafakkurni shakllantirdi. Texnika rivoji ham fan bilan
bog‘liqdir. Texnika rivojida vujudga keladigan muammolar fanning
izlanish predmetiga aylana borgan. Bu jarayon ba’zan yangi fanlarni ham
vujudga keltiradi. Masalan, gidravlika, termodinamika.
215
XIX asr o‘rtalarigacha fan yutuqlari kamdan-kam hollarda sanoatga,
qishloq xo‘jaligiga tatbiq etilgan. Empirik bilimlarning rivojlanib borishi
fanning ishlab chiqarishga kuchli ta’sirini sezish imkonini berdi.
Fanning ishlab chiqarish kuchiga aylanishida fan yutuqlaridan
foydalanish kanallarini vujudga keltirish lozim. Unga xizmat qiladigan
fanlarni yaratish lozim. Masalan, amaliy matematika, amaliy fizika va
hokazo. Ilmiy izlanishlarni, ilmiy-texnik axborotlar tizimini va boshqa-
larni yaratish zarur.
Bugungi kunda fanning ijtimoiy kuch sifatida funksiyasi yanada
rivojlanib bormoqda. Fan ijtimoiy taraqqiyotga bevosita ta’sir qilib
ijtimoiy kuchga aylanyapti. Bugungi kundagi ijtimoiy va iqtisodiy
rivojlanishdagi katta reja va dasturlarda ilmiy izlanish natijalari va
usullaridan samarali foydalanilmoqda. Ushbu reja va dasturlarni amalga
oshirish ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlarni o‘zaro munosabatini taqozo
qiladi.
Hozirgi zamon global muammolarini hal qilishda fanning ijtimoiy
kuch sifatidagi roli katta ahamiyatga ega. Masalan: ekologik muammoni
hal qilish. Ilmiy texnik taraqqiyot ekologik tanazzulning sabablaridan
biridir. Inson va jamiyat hayotiga zararli atmosfera, suv, yerning vujudga
kelishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga fan ekologik tanazzuldan
chiqishning, zararsiz texnologiyalar yaratish imkoniyatiga ega. Fan
global muammolar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan. Fan global
muammolarni vujudga kelish sabablarini, undan qutilish yo‘llarini yoki
bartaraf etish yo‘llarini ochib beradi.
Fanning asosiy funksiyalari sifatida M.A.Axmedova, V.S.Xan
rahbarligi ostida chiqqan «Falsafa asoslari» kitobida quyidagilar
keltirilgan:
a) ilmiy bilimlardan ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish yo‘lida
foydalanish (fanning texnologik funksiyasi);
b) ilmiy bilimlardan fanni o‘zini rivojlantirish yo‘lida foydalanish;
v) ilmiy bilimlarni inson rivojlanishi yo‘lida foydalanish;
g) fandan turli xil tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda
foydalanish.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |