Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


FANNING FALSAFIY TAHLILI. HUQUQ FALSAFASI – FAN


səhifə72/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

FANNING FALSAFIY TAHLILI. HUQUQ FALSAFASI – FAN 
1-§. Fanning vujudga kelishi va shakllanishi. Fan obyektiv 
reallikning in’ikos shaklidir 
Fan ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o‘zining ilmiy tushuncha, uslublari 
va metodologiyasiga ega bo‘lgan, olamni bilish va o‘zlashtirishning 
maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. 
Fan – bu olam haqida obyektiv bilimlar ishlab chiqarishga qaratilgan 
yuksak darajada tashkil topgan va maxsus faoliyatdir. Fan ijtimoiy ong 
shakllaridan biridir. Fan olam haqidagi bilimlar tizimi. Fan yangi 
bilimlarni egallashdagi inson faoliyati. Fan jamiyat, davlatni tashkil 
qilish shakl (institut)laridan biri hisoblanadi. 
Sharqda hamisha bilimlar oliy qadriyat sifatida qabul qilingan. XII 
asrda yashab ijod etgan mutafakkir Ahmad Yugnakiy fan va bilim haqida 
shunday deydi: «Olim odamlarga yaqinroq bo‘lgin. Bilimlar senga keng 
yo‘lni ochib beradi, bilimlarga intilgin, baxt yo‘lini izlagin. Olim odam 
dinordan qadrli, bilimsiz odam mevadan arzon. Endi o‘zing sinab ko‘r, 
o‘ylab ko‘r, bilimdan ham afzalroq narsa bormi ekan. Bilim olimni 
ulug‘laydi, bilimsizlik insonni obro‘sizlantiradi». 
Fanning paydo bo‘lishi haqida turli yondashuvlar mavjud. Masalan, 
fan jamiyat paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yoki fan 
jamiyat paydo bo‘lgandan keyin ma’lum bir vaqt o‘tishi natijasida paydo 
bo‘lgan degan fikrlar. Pozitivizm namoyandasi G.Spenser (1820-1903) 
«Fanning paydo bo‘lishi» nomli asarida fan jamiyat bilan bir vaqtda 
paydo bo‘lgan degan fikrni inkor etadi. U kundalik va ilmiy bilim bir-biri 
bilan mutanosibdir deb e’tirof etadi. Fan hayoti – inson hayotining bir 
qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Fanning XVII asrda rivojlanishi insonni turmush tarzini o‘zgartirib 
yubordi. Ingliz mutafakkiri B.Rassel ta’kidlaganidek Yangi dunyoni 


 210
avvalgi asrlardan farqlantiradigan narsalarning deyarli barchasi XVII asr 
fani yutuqlari natijasidir. Bu albatta birinchi navbatda amaliy fanlarga 
bog‘liq edi. 
Fanning mohiyatini, inson va jamiyat hayotidagi o‘rnini bilishda 
uning quyidagi xususiyatlarini e’tiborga olish muhimdir: 
– inson faoliyatining o‘ziga xos turi; 
– alohida ijtimoiy institut sifatida fan ilmiy bilimlar yig‘indisi; 
– insoniyatning ma’naviy salohiyati, olam, tabiat, jamiyat va inson 
to‘g‘risidagi tasavvur va qarashlarni shakllantiradi; 
– olamni o‘zlashtirish va o‘zgartirish vositasi hisoblanadi.
Fan o‘z oldiga ilmiy bilimlar yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Ilmiy 
faoliyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyatidan keskin farq 
qiladi. Kishilar mehnat faoliyati, siyosat, ma’naviyat, din va hokazo 
sohalardagi faoliyatlari jarayonida ham bilim orttiradi. Lekin ilmiy 
bilimlar izchilligi, tizimliligi va haqiqiyligi bilan ajralib turadi. 
Fanlar klassifikatsiyasi.
Antik davr falsafasidan bilamizki, qadimgi davrda yakkayu-yagona 
falsafa fani mavjud bo‘lgan, u o‘zida barcha fanlarni qamrab olgan. 
Miloddan oldingi III asrdan boshlab falsafadan matematika va meditsina 
ajralib chiqa boshlagan. Qadimgi yunon falsafasi tabiat falsafasi 
(naturfalsafa) sifatida rivojlanishda davom etgan. Fanlar tasnifi haqidagi 
birinchi ta’limotlar Demokrit, Platon va Aristotel asarlarida ishlab chiqilgan. 
Platon fanlar tasnifi masalasini hal qila turib, birinchi o‘ringa dialektikani 
kuyadi. Uning fikricha, dialektika fizika va etikani qamrab olgan. Bu davrda 
Aristotel nisbatan chuqur ishlab chiqqan mutafakkir Aristotel hisoblanadi. 
Aristotel fanlar tasnifi masalasiga asosan «Metafizika», «Topika» va 
«Nikomax etikasi» asarlarida batafsil to‘xtalgan. 
Forobiy ham uz zamonasidagi fanlarni klassifikatsiya qilgan. Uning 
tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» 
asarida batafsil yoritilgan. Kitobda o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan 30 dan ortiq 
fanning ta’rifi, ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Barcha fanlar 5 guruhga 
ajratiladi: 1) til haqidagi ilm (7 bo‘lim – grammatika, orfografiya, she’riyat); 
2) mantiq va uning bo‘laklari; 3) matematika (arifmetika, geometriya, optika, 
astronomiya, muzika, og‘irliklar haqidagi ilm, mexanika); 4) tabiatshunoslik 
va metafizika (8 bo‘lim – bashorat qilish, tibbiyot, alkimyo); 5) shahar 
haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika, pedagogika). 
Fanlarning bu tasnifi o‘z davrida ilmiy bilimlarni ma’lum tizimga 
solishning mukammal shakli bo‘lib, bilimlarning keyingi rivoji uchun katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. 


 211
Shu narsa diqqatga sazovorki, Forobiy tabiiy va ijtimoiy fanlarni 
vazifasidan kelib chiqib to‘g‘ri farqlagan. Uning talqinicha, matematika, 
tabiatshunoslik, metafizika fanlari inson aqlini bilimlar bilan boyitish uchun 
xizmat qilsa, grammatika, mantiq, she’riyat kabi ilmlar fanlardan to‘g‘ri 
foydalanishni, bilimlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirish, ya’ni aqliy tarbiya 
uchun xizmat qilgan. Siyosat, axloq, ta’lim-tarbiyaga oid bilimlar esa 
kishilarning jamoalarga birlashuvini, ijtimoiy hayotga tegishli qoidalarni 
o‘rgatadi. 
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ham fanlarni tasniflagan. Fanlar 
tasnifiga bag‘ishlangan uning asari «Mafatih al-ulum» deb ataladi, ya’ni 
«Fanlar kaliti». Muallif asarda o‘sha davrdagi fanlarni tartiblashtirish va 
tasniflashni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Asar ikkita qismdan iborat. 
Birinchi qismi shariat fanlari, u bilan bog‘liq bo‘lgan arab fanlari, 
ikkinchi qismi esa yunon fanlaridir. Shunday qilib, al-Xorazmiy fanlarni 
shariat va arablarga bog‘liq bo‘lmagan fanlarga bo‘lgan. Shariat fanlari – 
musulmon huquqi, kalom, tarix, arab tili grammatikasi va boshqalarni, 
arablarga bog‘liq bo‘lmagan fanlar – falsafa, mantiq, tibbiyot, arifmetika, 
geometriya, astronomiya, ximiya va boshqalarni qamrab olgan.
Dastlab fan fundamental va amaliy fanlarga bo‘lingan. Fundamental 
fanlarga bog‘liq holda texnika va texnologiya rivojlandi.
Ilmiy bilimlar hosil qilish usullariga qarab, fanlar eksperimental va 
fundamental fanlarga ajraladi. Ular o‘rganish obyektiga ko‘ra – tabiiy, 
ijtimoiy – gumanitar va texnik fanlarga bo‘linadi.
Boshqacha bo‘lish ham mavjud: tabiatshunoslik va ruh haqidagi 
fanlar. Tabiatshunoslik fanlari: fizika, kimyo, biologiya, geologiya va 
boshqalar, ya’ni tabiatni o‘rganadigan fanlar. Ruh haqidagi fanlar: 
psixologiya, antropologiya, sotsiologiya, ekologiya kabilar.
Hozirgi davrda fanlarni tiplarga ham bo‘lishyapti, uni asosan uch 
tipini ko‘rsatishyapti: formal, deskriptiv va aksiologik.
1
Formal fanlarga 
matematika, mantiq; deskriptiv fanlarga fizika, ximiya, geologiya, 
biologiya; aksiologik fanlarga politologiya, sotsiologiya, tarix, psixolo-
giya, yurisprudensiya, tibbiy, texnik, qishloq xo‘jalik, ekologik fanlar 
kiradi.
Formal fanlar formal ko‘rinishga ega bo‘lgan fanlardir. Formal 
fanlar hamisha formallashgan ko‘rinishga ega bo‘lavermaydi, lekin 
mantiq va matematika doimo formallashgan ko‘rinishga egadir. Formal 
fanlar deskriptiv va aksiologik fanlardan hamisha farq qiladi. Deskriptiv 
1

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin