Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Huquqiy madaniyat madaniyatning bir turi sifatida


səhifə78/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Huquqiy madaniyat madaniyatning bir turi sifatida.
Uning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi o‘rni 
Prezident I.Karimov huquqiy madaniyat to‘g‘risida shunday deydi: 
«Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng 
muhim yo‘nalishlaridan biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni 
mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga 
qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallash-
tirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat 
asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va 
madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib 
qolmoqda».
1
Yana fikrini davom ettirib shunday deydi: «Jamiyatning 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ȼɢɡ ɤɟɥɚɠɚɝɢɦɢɡɧɢ ʆɡ ԕɭɥɢɦɢɡ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɚɦɢɡ. Ɍ.7. – Ɍ., 1999. 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2010. 
– Ȼ.15-16. 


 233
demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga 
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, odamlarning 
huquqiy ongi va huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqdir. Yuksak 
huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy 
tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir»
1
.
Ko‘rinyaptiki, huquqiy madaniyat bugungi kunning dolzarb muam-
molardan biri bo‘lib qolmoqda. Huquqiy madaniyat deganda jamiyatning 
qonunchilik darajasi, mavjud qonunlardan xalqning xabardorligi darajasi, 
xalqning huquq normalariga rioya qilishi va huquq normalarini 
bajarmagan shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lishi tushuniladi. 
Huquqiy madaniyat shartli ravishda jamiyat va shaxs huquqiy 
madaniyatiga ajratiladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati huquqiy 
ongning, qonuniylikning, qonunlarni takomillashtirish va huquqiy 
tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq 
sohasida yaratgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy 
madaniyatning bir turi sifatida quriladi. Jamiyatning huquqiy madaniyati 
shaxs erkinligi va xavfsizligi, inson huquqlarini ta’minlash, uning 
huquqiy himoya etilishi va ijtimoiy faolligini kafolatlash uchun zamin 
bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning huquqiy madaniyati jamiyatning huquqiy 
madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Bu faoliyat huquq sohasida 
jamiyat taraqqiyotiga va uning madaniyatiga mos keladi, natijada shaxs 
va jamiyatning doimiy huquqiy boyishi sodir bo‘ladi. Shubhasiz, 
shaxsning yuksak huquqiy madaniyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umu-
minsoniy qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuq-
larining muhim natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy 
davlatning ajralmas qismi. 
Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari kuyidagi elementlardan 
tashkil topadi: 
– yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq; 
huquqiy munosabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy 
munosabatlar tizimi; 
– huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ul-
lanuvchi davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muas-
sasalar; 
– huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks 
ettiruvchi tizim; 
1
O‘sha manba. – Ɍ., 2010. – Ȼ.27. 


 234
– huquqiy xatti-harakat. 
Huquqiy madaniyat quyidagilarni belgilaydi: 
– aholi huquqiy ongining rivojlanish darajasini; 
– huquqiy faoliyat darajasining o‘sishini; 
– barcha shakldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mustahkam-
lanishini. 
Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat quyidagicha tavsiflanadi: 
– jamiyat va davlat tomonidan inson huquqlari va erkinliklarining 
oliy qadriyat sifatida tan olinishi; 
– fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini himoya qilish mexa-
nizmini bilishi, shu bilan bir vaqtda, boshqa fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini hurmat qilishi; 
– fuqarolarning huquqiy xatti-harakat qilishga jalb qilinishi; 
– fuqarolarning konstitutsiya va boshqa muhim qonunlarni bilishi; 
– fuqarolarning huquq sohasidagi jarayonlardan keng doirada 
xabardorligi; 
– sudga ijobiy munosabatda bo‘lishi. 
Yuqori darajadagi huquqiy madaniyatga erishish quyidagilarni talab 
qiladi: 
– kuchli huquqiy ta’limning mavjudligi; 
– huquqshunoslarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida huquq 
fanidan sifatli o‘qitishni tashkil qilish; 
– huquqqa oid masalalarni hal etishda jamoatchilik ishtirokini 
ta’minlash; 
– qonun ijodkorligi jarayonida yuqori darajadagi kasbiy mahorat va 
sifatga e’tibor qaratish; 
– huquq ijodkorligi jarayonida demokratik va yuridik tartibga rioya 
qilish; 
– rivojlangan va takomillashgan davlat apparatining mavjudligi; 
– davlat apparati tizimida va xalq orasida sudning yuqori darajadagi 
obro‘ga egaligi; 
– sud hokimiyati mustaqilligining kafolati mavjudligi; 
– odil sudlovning demokratikligi, sudda ishlarni ko‘rib chiqishda 
inson huquq va erkinliklarining asosiy diqqat e’tiborda bo‘lishi. 
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyat, 
mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishni 
talab qiladi. Shuning uchun huquqiy davlatning muhim belgisi – huquqiy 
madaniyatdir. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun keng 


 235
ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu esa fuqaro-
larning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishni nazarda 
tutadi. Jamiyatda kishilar qanchalik yuqori madaniyatli bo‘lsa, huquq 
normalarini bilsa, qonunlarni yuridik adabiyotlarni o‘qib, ularga amal 
qilsa, huquq buzilishi ham shunchalik kam bo‘ladi. Shuning uchun 
O‘zbekiston Respublikasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga 
katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, 1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jamiyatda huquqiy 
madaniyatini yuksaltirish milliy dasturi» qabul qilindi. Unda mamlakat 
miqyosida aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirish va huquqiy 
savodxonligini oshirish, huquqiy tarbiyani yaxshilash, ommabop yuridik 
adabiyotlarni ko‘paytirish, xalqning yuridik sohadagi bilimlarini 
oshirishga katta e’tibor qaratilib, jamiyat huquqiy ongi va madaniyatini 
rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, huquqiy madaniyati bir qancha 
funksiyalarni bajaradi. Huquqiy madaniyatning regulyativ (tartibga 
solish), normativ, sotsiologik, kommunikativ (aloqalar o‘rnatish), 
prognostik funksiyalari shular jumlasidandir.
III xodimlari doimo fuqarolar bilan ishlaganliklari sababli yuksak 
huquqiy madaniyatga ega bo‘lishlari lozim. Bu ulardan hamisha huquqni 
yaxshi bilishlarini, bu bilimlarni amaliy faoliyatlarida namoyon 
qilishlarini, fuqarolarga qonun talablarini tushuntira olishlarini taqozo 
qiladi. Shuning uchun III xodimlari doimo uz bilimlarini o‘stirib 
borishlarini, uz ustida ishlab yurishlarini, qonunlar o‘zgarishlari, yangi 
qonunlar qabul qilinishidan xabardor bo‘lishlarini talab qiladi. Yuksak 
huquqiy madaniyatga ega xodim jamiyatimiz taraqqiyotidan darak beradi 
va uni mamlakatimiz fuqarolari hurmat qiladi.
4-bob.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin