Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


QADRIYATLAR FALSAFASI. ICHKI ISHLAR IDORALARI


səhifə79/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

QADRIYATLAR FALSAFASI. ICHKI ISHLAR IDORALARI 
XODIMLARINING SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA 
QADRIYATLARNING AHAMIYATI 
1-§. «Qadriyat» kategoriyasi, uning mohiyati va turlari 
Jamiyatning rivojlanishida asrlar davomida xalq tomonidan 
yaratilgan qadriyatlardan oqilona foydalanishning ahamiyati ulkandir. 
Uning ahamiyati Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 
ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Mustaqillik tufayli milliy 
qadriyatlarimizga e’tibor va qiziqish kuchaydi. Endilikda o‘zbek 


 236
xalqining bir necha ming yillik tarixiga oid ko‘pgina kitoblar davlat tili 
maqomi berilgan o‘zbek tilida chop etilmoqda, Muqanna, Temur Malik, 
Manguberdi singari milliy qahramonlarimiz nomi yanada ulug‘landi. 
Xalqimizning asrlardan asrlarga meros bo‘lib kelayotgan milliy 
qadriyatlari uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ularning o‘tmishi 3 
ming yildan ortiq davrni o‘zida mujassamlashtirgan Markaziy Osiyo 
sivilizatsiyasini yaratdi. Bizning milliy qadriyatlarimiz shu 
sivilizatsiyaga xos jihatlar: tug‘ilgan makon va ona yurtga ehtirom, 
avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, muomilada mulozamat
hayo, andisha kabilarning ustuvorligi bilan ham tavsiflanadi.
«Qadriyat» iborasi o‘z ma’nosida mamlakatimiz mustaqillikka 
erishganidan so‘ng keng qo‘llanila boshlandi» – deb ta’kidlaydilar 
yuridik fanlar doktori, professor X.T.Odilqoriyev va yuridik fanlar 
nomzodi SH.U.Yakubov (Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – 
T., 2010. – B.117).
Qadriyatlar o‘zi nima degan savolga javob berishda turli xil qarash 
va tushunishlar mavjuddir. Masalan, 1970-yilda Moskvada nashr 
qilingan 5 tomli «Filosofskaya ensiklopediya» to‘plamining 5-tomida 
ta’riflanishicha, «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, 
birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qiymatini, ikkinchidan, 
ijtimoiy ongning normativ belgilovchi – baholovchi jihati (subyektiv 
qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. Shunga ko‘ra obyektiv 
(ashyoviy) va subyektiv (ong) qadriyatlari bir-biridan farqlanadi»
1
.
Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari 
(bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi), mehnat 
mahsullarining iste’mol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda 
mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning 
progressiv va reaksion ahamiyati; hozirgi zamon kishilarining boyligi 
sifatida namoyon bo‘luvchi moziyning madaniy merosi; ilmiy haqiqatning 
foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati; kishilarning ifodalanuvchi axloqiy 
yaxshilik va yomonlik; tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda san’at 
asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi; diniy ibodat buyumlari va boshqa 
ashyoviy qadriyatlarga kiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur ta’rifda «qadriyat» tushunchasiga kishilar 
tomonidan yo ijobiy, yo salbiy baholanadigan, ularning moddiy va 
ma’naviy hayotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha narsa va 
hodisalar kiritilgan. 
1
Ɏɢɥɨɫɨɮɫɤɚɹ ɷɧɰɢɤɥɨɩɟɞɢɹ. – Ɇ., 1970. – ɋ.462 


 237
O‘zbek Sovet ensiklopediyasida «qadriyat – voqelikni muayyan 
hodisalarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish 
uchun qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, ularning mazmuni va 
xarakteriga ko‘ra progressiv va reaksion turlarga ajratish mumkin» 
deyilgan
1
.
Yoki «Falsafa» qomusiy lug‘atida «qadriyat – voqelikdagi 
muayyan» hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-
ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik 
va aksiologik tushuncha» deb ta’riflanadi
2
.
Qadriyatlar haqida keltirilgan turlicha ta’riflarni Respublikamizning 
J.Tulenov, Q.Nazarov, Q.Xonazarov, X.Shayxova, T.Abdullayev, 
G.Tulenova kabi bir qator yirik olimlari ishlarida ko‘rishimiz mumkin. 
Shu o‘rinda o‘zbek falsafiy maktabi rivojiga katta hissa qo‘shgan yirik 
olimlardan biri J.Tulenovning «Qadriyatlar falsafasi» kitobida mazkur 
masala bo‘yicha berilgan bir qator tahlillarni misol o‘rnida keltirishimiz 
mumkin. Mazkur manbada
3
misol tariqasida, rus olimi V.P.Tugarinov-
ning quyidagi ta’rifi keltiriladi:-»qadriyatlar muayyan jamiyat yoki 
sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal 
ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki 
hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab 
kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va 
ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar o‘z 
tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad 
yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar. Qadriyatlar 
ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan 
mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa 
chiqaradi… qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining 
mohiyatidadir, madaniy qadriyatlaridir»
4
.
Bu ta’rifda V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini 
farqlashni taklif qiladi. Qadriyat real yoki orzudagi hodisadir, baho esa 
shu hodisaga bildirilgan munosabatdir. U yoki bu narsani qadriyatlarga 
mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana 
shu munosabatga – ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. 
1
ȸɡɛɟɤ ɋɨɜɟɬ ɗɧɰɢɤɥɨɩɟɞɢɹɫɢ. Ɍ.14. – Ɍ., 1980. – Ȼ.7. 
2
Ɏɚɥɫɚɮɚ: Ԕɨɦɭɫɢɣ ɥɭԑɚɬ. – Ɍ., 2004. – Ȼ.476. 
3

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin