LOR a’zolarini ko’zdan kechirish umumiy prinsiplar asosida olib boriladi. 1. Tekshiriluvchi shuddiy o’tirishi kerakki, yorig’lik manbai va asbob uskunalar o’ngda joylashishi kerak 2. Shifokor tekshiriluvchining qarama-qarshisiga o’tiradi. Tekshiriluvchining oyoqlari tashqarida joylashgan bo’ladi. 3. Yorig’lik manbai tekshiriluvchining o’ng qulog’idan 10 sm uzoqlikda joylashgan bo’lishi kerak. 4. Peshona reflektorini taqish qoidalari: Peshona reflektorini peshona mahkamlagichi orqali mahkamlanadi. Reflektor ko’zgusining teshigi chap ko’zga to’g’irlanadi (rasm) Reflektor tekshirilishi kerak bo’lgan sohadan 25-30 sm uzoqlikda bo’lishi kerak (ko’zguning fokus masofasi) . Reflektor yordamida ko’zgudan tarqayotgan yorug’likni bemor burniga tushuriladi. Keyin o’ng ko’z yumib ko’riladi, chap ko’z bilan yorig’lik ko’ra olish kerak. O’ng ko’z ochiladi va ko’rish davom etiladi.
PALPASIYA. 1. Manual palpasiyada yuz terisini tempiraturasini, suyak va yyumshoq to’qimani harakatchanligi, to’qimalar konsistensiyalari, patalogik hosilalarning kattaligi va qay tomonga yo’nalganligini aniqlash mumkin. Palpasiyada yuz sohasidagi kista va abssesslarda flyuktuasiya belgilarini, yoki yog’ochsimon qattiqlikdagi flegmona belgilarini, undan tashqari yuzning trigeminal og’riq nuqtalarini aniqlash imkoni bo’ladi. Biroz siqish yo’li bilan yiringli oqmani abssess ichidan chiqishini aniqlasa bo’ladi. Lekin siqish yengil, og’riqsiz va abssess kapsulasini butunligini buzmasdan amalga oshirish kerak bo’ladi. Undan tashqari regional limfa tugunlari palpasiya qilinadi. Ularning kattaligi, miqdori, harakatchanligi (harakatchan), konsistensiyasi (yyumshoq, qattiq), palpasiyada og’riq bormi yoki yog’ligi aniqlanadi.
2. Instrumental palpasiyada avval terini (shilliq qavat artilmaydi) spirtli eritma bilan artiladi, so’ng steril metalli asbob bilan amalga oshiriladi. Bu tekshiruvni amalga oshirish uchun maxsus zondlar, kanyulalar, ignalar, troarkarlar va hakaozlar kerak bo’ladi. Masalan: teri oqmalarini, jarohatlangan kanallarni va boshqa yo’llarni zondlashda kichik har xil kattalikdagi tugmali zondlardan foydalaniladi.