Asosiy bo’shliqni atrofida anatomik hosilalarha nisbatan joylashuvi. Frontal ke sma. Chapda ko’rish nervi (4) asosiy bo’shliq (G), o’ngdan (1)- orqa hujayralaridan biri g’alvirsimon(2) bo’shliqni. 1-O’ng ko’ruv nerni, 3- ponasimon bo’shliq (D- o’ng, G-chap): 5- III- juft nerv, 6- ko’z venasi, 7- ko’ruv nervi, 8- yuqori jag’ nervi, 9- to’siq, 10- yuqori devor.
BURUN VA BURUN YONDOSH BO”SHLIQLARINI FIZIOLOGIYASIBurun bo’shlig’i asosiy va ikkilamchi faoliyatlarni bajaradi. Burunning asosiy faliyatlariga nafas olish, himoya va hid bilish kirsa, ikkilamchi faoliyatlarga- mimika, ko’z yoshni o’tkazish, kosmetik (chiroy), rezonans va aksa urish faoliyatlari kiradi.
BURUN VA BURUN YONDOSH BO’SHLIQLARINI TEKSHIRISH USULLARI. ANAMNEZ.Bemorni eng muhum kompleks tekshiruvlaridan biri, bu bemorni so’rabsurushtirish ya’ni anamnezini yig’ishdir. Buning uchun bemorlardan so’rab surushtirish ma’lum bir reja asosida olib boriladi: 1) Shikoyatlarga oydinlik kiritish va ular haqida manbalar to’plash. 2) Shikoyatlarni batafsil tekshirish. 3) Xozurda kechayotgan kasallik haqida gipotezani shakillantirish 4) Organ va sistemalarni xolatini baholash, bemorni psixonevrologik holatini va kasbga ta’luqligini baholash.
KO’RUV Burun va burun yondosh kasalliklarida yuz sohani ko’zdan kechirish, shu sohada kasallikka oid visual belgilarni topishdan iborat. Bunda yuzning umumiy konfigurasiyasiga, teri va teri qoplamlarining holatiga (giperemiya, oqishlik), yuzning simmetrikligiga, og’iz burchagiga, ko’z yoriq lariga e’tibor beriladi. Tashqi ko’rinish, burun piramidasini holati va shaklini ko’rinishi, deformasiyalar sabablari shifokorga ayrim kasalliklar haqida ma’lumoy berishi mumkin. Masalan tashqi burun deformasiyalati orttirilgan( travmalar, zahm) yoki tug’ma bo’lishi mumkin. Undan tashqari yuzning holati, mimikadagi holati, ruhiy holati yoki nevrologik disfunksiyalarga (mimika assimetriyasi, mimik mushaklar atoniyasi, ptoz yoki lagoftalm, ko’z yoshni oqishi, ogiz burchagini yoyilishi va h) ahamiyat berish kerak bo’ladi.