Yusupjanov Muhammad ning Otoloringologiya, stomatologiya



Yüklə 493,05 Kb.
səhifə8/11
tarix18.04.2023
ölçüsü493,05 Kb.
#99811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muhammad Yusupjanov

4. Aksial proeksiya (iyak- vertical, verteksosubmental) (2.22 rasm) Bajariladigan rentgenografiyada bemor boshini orqaga tashlagan holda, ensasi bilan kasetaga chalqanchasiga yotqiziladi. Bunday holat iyak sohasi gorizontal tekislikda joylashib, rentgen nurlari qalaonsimon bezning yuqori kesmasi tomon to’g’ri vertical yo’nalishda o’tadi. Bu proeksiyada ponasimon bo’shliqlar aniq ko’rinadi. Miya asosini ko’p hosilalarini aniqlashda qo’l keladi

BURUN KASALLIKLARI TASHQI BURUNNING TUG’MA NUQSONLARI nisbatan kam uchraydi va homila dav-ridagi turli buzilishlar, shikastlar yoki kasalliklar natijasida (sil, zaxm, noma, xavfsiz va xavfli o’s-171 malar) yuzaga kеladi. Tashqi burunning tug’ma nuqsonlarini B.V. Shеvrigin tasnifi (1996) bo’yi-cha quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: - agеnеziya – burunni to’liq rivojlanmay qolishi; - gipogеnеziya – burunni qisman rivojlanmay qolishi; - gipеrgеnеziya – burunni haddan tashqari rivojlanishi; - distopiya – burunni noto’g’ri joylashishi; - disgеnеziya – burunni noto’g’ri rivojlanishi; - pеrsistеnsiya – tug’ilgandan so’ng burunda embrional tuzilmalarni saqlanib qolishi.

Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlari turli shikastlardan so’ng yuzaga kеladi. Ular burun yumshoq to’qimalari, suyak va tog’aylarining shikaslanish darajasiga, turiga, zarb kuchiga va yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha burun suyaklari va burun to’sig’ining suyak va tog’ayla-rining shikastlanishi uchraydi. Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlariga burun qiyshiqligi (sko-lioz), burun bukiri (lordoz), burun cho’qqisi tog’aylarining buzilishi (qo’y yoki qush burun) cho’-zilishi yoki burunni cho’kishi kabi nuqsonlar kiradi. Davolash. Tashqi burun nuqsonlari faqat jarrohlik usulida davolanadi. Davolashda nuqson-ning shakli, hajmi va boshqa a’zo nuqsoni borligi e’tiborga olinadi. Turli plastik jarrohlik amallari kosmеtik jihatdan yaxshi natija bеrishi mumkin. Shikastdan so’nggi burun nuqsonlari 24 soat davo-mida autoplastika yordamida davolanadi. Yuzaki nuqsonlarni bartaraf etishda mahalliy to’qima yoki Tirsh usuli, yirik nuqsonlarda - yuz to’qimasi yoki Filatov usuli qo’llaniladi. Burun usti oq-masi va kistasida oqma yo’llari yoki kista dеvorlari to’liq olib tashlanishi lozim, aks holda oqma qaytalanishi mumkin


Yüklə 493,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin