Yusupjanov Muhammad ning Otoloringologiya, stomatologiya


Peshona bo’shlig’i (sinus frontalis) bir juft bo’ladi, gohida bir tomon



Yüklə 493,05 Kb.
səhifə3/11
tarix18.04.2023
ölçüsü493,05 Kb.
#99811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muhammad Yusupjanov

Peshona bo’shlig’i (sinus frontalis) bir juft bo’ladi, gohida bir tomon rivojlanmasligi yoki ikki tomonlama ham rivojlanmasligi mumkin. O’rtacha uning hajmi 4,7 sm³ ga teng. Agar kalla suyagini kesib ko’rsak peshona bo’shlig’ini uchburchak shakilda ekanligiga amin bo’linadi. Bo’shliqning 4ta devori mavjud.

1. Pastki (ko’z) devori orbitaning yuqori devoriga to’g’ri keladi. Gohida g’alvirsimon kattaklar bilan chegaradosh bo’lishi mumkin. Bu bo’shliqda yiringli yallig’lanishli jarayon bo’lsa ko’zga asorat berishi mumkin. Bo’shliqni pastki devorining to’siqqa yaqinroq joyida peshona bo’shlig’ining kanali joylashgan, bu kanal orqali burun bo’shlig’i bilan bog’langan bo’ladi. Kanalning uzunligi 10-15 mm va eniga 1-4 mm bo’ladi. Bu kanal yarim oysimon yoriqning oldingi yuqori qismiga ochiladi.

2. Oldingi (yuz) devori anchagina qalin hisoblanadi (5-8 mm). Bu devorda ko’z usti chuqurligi (incisura supraorbitalis) bo’lib, undan ko’z nervi chiqadi. Bu devorda peshona bo’shlig’ini teshib trepanopunksiya mualajasini o’tkazish mumkin. Bu devor qalin bo’lganligi sababli, bu muolajani o’tkazish qiyinchilik tug’diradi.

3. Medial (to’siq) devori bo’shliqni qo’shni bo’shliqdan ajratib turadi. Gohida bu to’siq o’rta chiziqdan o’ngga yoki chapga surilgan bo’lishi mumkin. Gohida bu to’siq umuman bo’lmasligi mumkin. Gohida esa bu to’siq orasida teshik bolishi mumkin. 4. Orqa (miya) devori eng ahamiyatlisi bo’lib, oldingi miya chuqurchasi bilan chegaralanib turada. Bu devorning suyagi yupqa bo’lishiga qaramasdan zich bo’lib, baquvvat hisoblanadi

G’alvirsimon labirint (labirinthus ethmoidalis) yupqa suyak devorli hujayralardan tashkil topgan. Bularning miqdori 2-15 tagatsha bo’lib, o’rtatsha 6-8 ta. Galvirsimon suyak burun bo’shlig’ini va ko’z kosasini hosil qilishda qatnashadi. Suyak shakli juda murakkab. Unda asosan 3 ta qism tafovut qilinadi.

1) Perpendikulyar plastinka 2) Gorizantal g’alvirsimon (elaksimon) plastinka 3) G’alvirsimon labirint 1). Perpendikulyar plastinkani bir qismi, kalla suyagida yotivchi gorizantal plastinka ustida joylashib xo’roz tojini eslatadi (critsa galli). Xo’roz toji peshona bo’shlig’i orqa devori uchun kuchli tayanch vazifasini o’taydi. Uning pastki qismi dimog’ suyagi bilan, orqadan ponasimon suyak bilan, oldindan peshona suyagi va burun to’sig’ tog’ayi bilan birikib turadi. Perpindikulyar plastinkani bir qismi, gorizantal plastinkadan pastda yotib burun bo’shlig’ini yuqori qismini ikkiga bo’lishda ishtirok etadi


Yüklə 493,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin